6. Guruh va jamoadagi ruxiy muhit
Ijtimoiy psixologik muhit deganda, o`sha guruhning a`zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o`zaro munosabatlaridan iborat bo`lgan emotsional - intellektual holatni tushunamiz. Bu o`rindagi asosiy omil a`zolarning o`zaro munosabatlaridir. Ma`lumki, o`zaro munosabatlar ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir - birlarini yoktirish – yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Professional faoliyatni bajarish jarayonida birinchi tipli munosabatlar ustun bo`lib, ikkinchilarining xarakterlari birinchisidan kelib chiqadi. Do`stlar to`plangan davradagi muhit esa bevosita simpatiyalarga tayanadi. Jamiyatdagi barcha nizolar, muammolarning echish usullaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish va shunga ko`ra jamiyatdagi o`zgarishlarni amalga oshirishdir
17-Mavzu: Guruh bosimi Konformlik turlari
Reja:
1. Konformlik hodisasiga yaqindan nazar 2. Konformlikka ta’sir ko’rsatuchi omillar
Ash konformlik eksperimenti Solomon Ash tomonidan 1950-yillar mobaynida o’tkazilgan bir qator psixologik mazmundagi eksperimentlar edi. Ushbu eksperimentlar kishining shaxsiy fikrlari guruh ta’siriga qanchalik darajada bog’liqligini namoyish etdi. Ash shunga amin bo’ldiki, kishilar guruh a’zolariga yon bosish maqsadida voqelikni osongina inkor etishlari va notog’ri javobni berishlari mumkin.
Konformlik hodisasiga yaqindan nazar
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, kishilarning atrofdagilar fikriga qo’shilish ehtimolligi o’zlari o’ylaganidan ko’ra ancha yuqori. Quyidagi vaziyatda o’zingizni bir tasavvur qilib ko’ring: siz psixologik eksperimentda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tdingiz va bu eksperimentda sizdan ko’rish qobiliyatini aniqlovchi(vizual) testni topshirishingiz so’raldi. Xonada o’tirgan boshqa ishtirokchilar bilan bir qatorda sizga ham to’g’ri chiziq ko’rsatildi va keyin turli xil uzunlikdagi to’g’ri chiziqlar ichidan ko’rsatilgan namunadagi to’g’ri chiziqqa mos keluvchi shunday chiziqni tanlash so’raladi. Eksperiment o’tkazuvchi alohida-alohida har bir ishtirokchidan mos keluvchi to’g’ri chiziqni tanlashni so’raydi. Ba’zi vaziyatlarda guruhning har bir a’zosi to’g’ri chiziqni xatosiz tanlaydi, biroq ba’zida boshqa ishtirokchilar bir ovozdan boshqa chiziq aslida mos kelishini ta’kidlashadi.
Eksperimentator sizdan to’g’ri chiziqlardan qay birini tanlashingizni so’rasa, qanday yo’l tutasiz? Bu holatda dastlabki javobingizga tayanasizmi yoki guruh fikrini inobatga olasizmi?
Psixologik termin sifatida, konformlik deganda kishining o’zi tegishli bo’lgan ijtimoiy guruhning gapirilmaydigan qonun-qoidalari yoki xulq-atvoriga ergashishga moyilligi nazarda tutiladi. Tadqiqotchilarni kishilar qanchalik darajada ijtimoiy normalarga amal qiladi yoki aksincha, undan bosh tortadi degan savollar uzoq vaqtlardan buyon qiziqtirib kelgan. Ash kishilar garchi ularning javobi noto’g’rligini bilishsa-da, qanday qilib guruh tomonidan berilgan bosim ularni bu guruh fikrlariga yon bosishiga olib kelishi mumkinligini kuzatishga qiziqdi. Ash eksperimentining maqsadi nimadan iborat edi, deysizmi? Eksperimentning maqsadi guruh ichida ro’y beradigan konformlik hodisasi ta’sirini ko’rsatishdan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |