Muxokama uchun savollar:
1. Guruh turlari
2. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar
3. Jamoadagi moslik
4.Guruh normalarining shaxs individual xususiyatlariga ta’siri
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro'yxati:
1. Mayers D.G. Social psychology. 11 edition. - McGraw-Hill Education,2012
2 G‘oziev E.G‘ . Ijtimoiy psixologiya.-Toshkent, 2010.
3. Karimova V.M. Sotsial psixologiya. - Toshkent, 2012.
Mavzu yuzasidan internet tarmog'i bo'yicha veb-saytlar ro'yxati:
1. http://www.book.ru
2. Материалы по психологии, http://www.psychology-online.net
3.Психологическая библиотека «Самопознание и саморазвитие».
http://nsviib.kiev.ua/
4.Сайт «Психология на русском языке»:
http7/www. nsvcholo2v.ru/Library
5. «Мир психологии»: http://psvchologv.net.ru/articles
6. link.springer.com
14-15 Mavzu: Guruhlararo munosabatlar (4soat)
Reja:
1. Guruhda shaxslararo munosabatlar.
2. Shaxs va shaxslararo munosabatda ijtimoiylashuvning o’rni
3. Guruh va jamoadagi guruhiy muhit
Tayanch tushunchalar: Shaxslararo munosabatlar, ijtimoiylashuv, sotsializatsiya, guruhiy muhit
Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda shaxslar o'rtasida kechadigan munosabatlarni o'rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo'lgan altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya tushunchalarini kiritish mumkin. Bugungi kunda bu tushunchalarning mohiyatini ochishga harakat qilish ijtimoiy psixologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning barchasini qiziqtirayotganligi bejiz emas, albatta. Chunki bu tushunchalar aynan shaxs va jamiyat munosabatlariga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning
asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir.
Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida
psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
«Ijtimoiylashuv» atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog
F.G. Keddings insonlarga nisbatan qollagan. U o‘zining «Ijtimoiylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoiylashuv individ tabiati
yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi. Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoiylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud boiib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |