Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi


II Bob. “Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi peyzajning o‘rni



Download 64,91 Kb.
bet4/6
Sana29.12.2021
Hajmi64,91 Kb.
#77154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishim oxirgisi - копия

II Bob. “Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi peyzajning o‘rni

Mark Tven yozuvchi sifatida ulkan yutuqlarga erishdi. Uning ziyrak donishmandligi va satirik uslubi ko‘plab tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek u ko‘plab artistlar va sanoatchilarning ham yaqin kishisiga aylangandi. Mark Tven yozgan maqola va hikoyalaridan o‘z turmushini tebratsa bo‘ladigan darajada pul olsa-da, ko‘pincha moddiy yetishmovchilikdan azob chekardi. U Genri Rojersning ko‘magi yordamida ko‘plab moliyaviy muammolarini hal qilardi. U o‘z davrining ,,Eng buyuk ingliz yumoristi’’ deya maqtalar edi. U.Folkner uni “Sarguzasht janrining otasi’’ deb atagandi.9

“Tom Soyerning sarguzashtlari”asari yozuvchi ijodining ikkinchi davrida yaratilgan roman-ertak hisoblanadi. Bu roman yozuvchi ijodida yangi davr boshlanganligini ko‘rsatadi. Mark Tven unda Amerika burjua jamiyati voqeligiga emas, balki o‘tmishga o‘zining yoshlik hayotiga, bolalarning “sof, poetik’’ dunyosiga murojaat etadi. Shunday bo‘lsa ham, Tom Soyer haqidagi bu roman o‘z zamonasidan qolish degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha, bu asar Mark Tven realistik mahoratining rivojlanishida ma’lum bir bosqich hisoblanadi. Bolalar hayoti haqidagi bu kitobni yoshlar ham, kattalar ham qiziqib o‘qiydilar,chunki unda insonning ichki dunyosi psixologik jihatdan asoslangan holda real bo‘yoqlarda beriladi.

Romanda kulgili lavhalar jiddiy voqealar bilan aralash davom etadi . Gek Fin bilan Mark Tvennning o‘zi ushbu romanni o‘zining dastlabki, mustaqil ravishda yozilgan bolalar poeziyasi sifatida e’tirof etadi. (…Bu shunchaki madhiya edi’’). Jon Golsuorsining ta’kidlashicha bu roman, “Yoshlik haqidagi dilbar epos”.10 Roman uning boshqa asarlaridan o‘zining haqiqatni bolalar nigohida aks ettirish nuqtayi nazaridan o‘ziga xos baholanadi. Tom Soyer va Gek Fin qiziqarli ammo murakkab sharoitda yashaydilar. Ular duch kelgan ko‘plab ziddiyatli vaziyatlarda nafaqat Tom yashayotgan muhitning balki, butun bir jamiyatning ham illatlari, kamchiliklari namoyon bo‘ladi. Mark Tven deyarli butun asarda qo‘llagan yumoristik detallar qaltis muammmolarga nozik yondoshish imkonini bergan. Yozuvchi bola psixologiyasi yordamida uning atrofidagi kishilarga, voqealarga munosabatini ifodalash maqsadida foydalangan. Qahramonlar duch keladigan vaziyatlarning deyarli har birida komik unsurlarning mavjudligi romanga o‘ziga xos joziba baxsh etgan. Mark Tven bamisoli rassomdek harakat qiladi, so‘zlab bermaydi, balki ko‘rsatib, aniqroq qilib aytganda peyzaj orqali ochib beradi. Shu o‘rinda uning realist yozuvchi ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Sodir bo‘layotgan barcha hodisalar va jarayonlarda uning haqqoniy tarzda yondashishi uni realist tipidagi yozuvchi deyishga asos bo‘ladi.Tom Soyerda ham Gekki Finda ham u bolalarga xos xarakterlarni singdirish bilan birga ularning g‘o‘rliklari ortidan kelgan tashvishlarni ham u realistik metoddan yiroqlashmagan holda tasvirlab beradi. Chunki ushbu metodning bosh xislati Belinskiy aytganidek, ,,Hayotni butun yalang‘ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash”.11 Mark Tven esa ushbu tamoyildan butun asar davomida og’ishmadi. Yetim Tom boshidan kechirgan mashaqqatlar butun detallari bilan namoyish etildi.

Asardagi obrazlar tizimi tahlili qilinar ekan, Tom Soyer va Gekki Fin asosiy o’rinlarni egallaganlarini ko’rish mumkin. Butun ziddiyatli voqealar ham asosan mana shu ikki obraz atrofida ro’y beradi. Shuni ta’kilab o’tish kerakki, Tom Soyer amalga oshirgan ishlarda Gek Finning ham o’rni beqiyosdir.Agarda u obraz sifatida asarga kiritilmaganida Tomning ba’zi harakatlari realistik tasvir bo’yoqlarida namoyon bo’lishiga to’siq bo’lishi mumkin edi. Gek Fin obrazi yozuvchi tomonidan quyidagicha chiziladi:

,,Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Tom shaharda hammaga mashhur bo‘lgan bir aroqxo‘rning o‘g‘li - Geklberi Fin degan bola bilan uchrashdi. Shahardagi hamma bolalarning onalari Geklberrini chin ko‘ngildan yomon ko‘rar edilar, lekin shu bilan birga undan juda qo‘rqar edilar, chunki u juda yalqov, yaramas, ahloqsiz bola bo‘lib , hech qanday tartib va qonunlarga bo‘ysunmas edi. Yana shuning uchun qo‘rqar edilarki, bolalarning hammasi ham undan o‘zlarini olib qochmas, garchi ta’qiq qilingan bo‘lsada , u bilan o‘ynashni, birga bo‘lishni sevar edilar. Tom ,,yaxshi xonadonlardan” chiqqan boladek, kun bo‘yi hech bir ishni qilmay yuradigan bu bolaga qiziqib qarar edi. Bu chuvrindi bola bilan o‘ynash Tomga ham qattiq man qilingan edi. Albatta, Tom ham bu bola bilan biroz o‘ynab olish yo‘lida har bir to‘g‘ri kelgan paytdan foydalanib qolishga tirishar edi.” 12

Geklberrining umumiy tasviri shundan darak beradiki, garchi u o’yin ahloqiy jihatdan anchagina me’yordan chetlashib turadigan bola bo‘lsada, bolalar u bilan o‘ynashni xush ko‘radilar. Shunday qilib Gek Fin obrazi asarda o‘ziga xos o‘ringa ega.

Asardagi Polli xola obrazida ham o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Tomning tarbiyasini zimmasiga olgan ushbu ayol Tomga nisbatan to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga ishonch hosil qilsa-da, ba’zida o‘zining qattiqqo‘lligidan o‘zi norozi bo‘lib turardi. Tomning sho‘xliklari natijasida uni kaltaklash darajasiga yetgan Polli xolaning kechinmalari quyidagicha tasvirlanadi. “Men uni sho‘x o‘stirganim uchun gunohkorman axir, buning uchun biz har ikkimiz ham jazolanajakmiz. Uning miyasi har xil yomon o‘ylar bilan band ekanligini bilganim bilan nima qila olar edim? Axir, u rahmatlik singlimning o‘g‘lida shuning uchun kaltaklashga qo‘lim bormaydi! Har doim men uning ta’zirini bermay qochirib yuborganimda, vijdonan azoblanamanki, uni aytib berolmayman, agar uni jazolasam achinganimdan ko‘nglim pora-pora bo‘ladi. Tomning kelajagiga o‘zini ma’suliyatli deb hisoblagan Polli xola Tomning taqdiri tufayli chekadigan iztiroblarini vaqti-vaqti bilan ko‘rsatib qo‘yardi. Polli xola obrazida rahmdillik va mehribonlik xususiyatlari birlashib ketgandiki, bu asarda turli vaziyatlarda Tomning og‘ir damlarida yupanishini ta‘minlaydigan manbaa vazifasini bajarib berdi. Polli xola obrazining tugal tasvirini chizib beradigan tasvir quyidagicha yakunlanadi: “Kitobda to‘g‘ri aytilgan odamzotning umri g‘am–g‘ussa bilan to‘la. Xo‘p, mayli! U bugun saboqdan qochib, maktabga bormadi: tushki ovqat vaqtida kechgacha tentirab yuradi, ertaga esa unga jazo berishga – uni qiyin bir ishga o‘tkazib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Yakshanba kunlari, bolalarning hammasi bayram qilib o‘ynab yurgan vaqtlarida, uni ishlashga majbur qilish- rahmsizlik bo‘lar, lekin boshqa iloji yo‘q: uning yomon ko‘rgan narsasi –ish. Axir, men qachon bo‘lsa ham unga nisbatan o‘z vazifamni ado qilishim zarurku, aks holda bu tirmizak butunlay buzilib ketadi.”13 (13-bet) Polli xolaning Tomga nisbatan munosabati shu tarzda qaror topgandi. Mark Tven obrazlar tizimini yaratar ekan unda qatnashayotgan shaxslarni realizm an’analariga tayangan holda yaratishga urindi. Polli xola obrazi o‘quvchida rahmdillik va mehribonlik timsoli sifatida taassurot uyg‘otadi. Shuning uchun ushbu obrazni realistik obraz turiga kiritish mumkin. “Xarakter xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan tarzda umumlashtirib va aniqlashtirib, tipik sharoitda haqqoniylashtirib yaratiladigan obrazlarga realistik obrazlar deyiladi.”14

Polli xolaga xos ko‘plab jihatlar roman boshida tasvirlanadi. Keyinchalik asarning qolgan qismlarida ham bu obraz ezgulik va mehribonlik jihatlarini saqlab qolganligini ko‘rish mumkin.

Jo Harper - Tomning “sirdosh do‘sti” va birga o‘ynaydigan o‘rtog‘i. Jo haqiqattan Tomning chin o‘rtoqlaridan biri. Mark Tven Tom va Jo o‘rtasidagi munosabatni quyidagicha ifodalaydi: “two souls with but a single thought.”15

Sid - Tomning xolasining o‘g‘li. U har doim Tomni hijolatli vaziyatlarga tushirishdan zavqlanadi. U ahloqiy jihatdan Tomning teskarisi hisoblanadi.

Meri - Tomning roman boshida yaxshi ko‘rib qolgan qizi. Tomning u haqida qilgan orzulari uning beg‘ubor qalb ekanligidan yana bir marta dalolat beradi. Roman uning Merini ko‘rgandagi holati quyidagicha tasvirlanadi: “Agar u qiz ichimdagi tuyg‘ularimni bilsa, meni ayarmidi, yig‘larmidi va bo‘ynimga osilib olib meni yupatarmidi? Yoki takabbur odamlar menga qaramaganlaridek, u ham qayrilib qaramasmidi?”16(25-bet)

Tomning ushbu g‘amgin holatining sabablaridan biri uning yetimligida edi. U ota-onasidan topishi mumkin bo‘lgan yupanchni boshqalardan qidirishga majbur bo‘ladi. Meri garchi Tomning hayotiga sezilarli ta’sir qilmasa-da, o‘ziga xos o‘ringa ega obraz hisoblanadi.

Janob Dobbins - maktab o‘qituvchisi. Janob Dobbins asarda anchagina g‘amgin xarakter egasi sifatida namoyon bo‘ladi: uning shifokor bo‘lish orzusi amalga oshmaganidan ichkilikka mukkasidan ketadi.

Emi Lorens-Tomning sobiq seviklisi. Tom uni Bekki Tetchet shaharchaga kelganidan so‘ng tashlab ketadi.

Asar voqealari rivojlanishini ta‘minlaydigan Tom va Gekning asosiy dushmani hisoblanadigan obraz hindi Jon hisoblanadi. Hindi Jon – asarda yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi shaxs sifatida ishtirok etgan. Hindi Jon avval Janob Robinson, keyin beva Duglasdan qasos olish hodisasini izohlar ekan, biz uning shaxsiy tarixiga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi.

Asrdagi obrazlarga e’tibor beradigan bo’lsak, har bir obrazning jamiyatning ma’lum bir bo’lagining ishtirokchilari qatnashayotganliklarining guvohi bo’lamiz. Tom obrazida yetim bola ko’rishi mumkin bo’lga barcha qiyinchiliklar aks etadi. Ushbu obraz birinchi navbatda beg’ubor bolalik orzulari va istaklarining amalga oshirishda jamiyatning reaksion kuchlariga duch kelgan holatidagi qahramon bola xususiyatlarini ifodalab bergan. Yozuvchi jamiyatda ildiz otgan illatlarning, yechimini topishini kutib yotgan muammollarni ko’tarinb chiqqanligi ham sekin oydinlashib boraveradi. Gekki Fin obrazi Tom rejalashtirgan ishlarni yuzaga chiqarishdagi asosiy qahramon hisoblanadi.

Romandagi ba’zi obrazlarda romantiklik xususiyatini qo‘shish asarga o‘ziga xos joziba baxsh etgan. Bu ayniqsa Tom obrazida yorqin ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi Tomni hattoki yoshi katta odamlar duch kelsa o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan vaziyatlarga ro‘baro qilib uning o‘z yoshiga nisbatan kattaroq ekanligini anglatmoqchi bo‘lgan o‘rinlarni berar ekan, ayni bir paytda u hali beg‘ubor ekanligini, hayotning chirkin ranglarini yuqtirmaganligini ham ajoyib usulda tasvirlab o‘tadi.

Roman psixologizmi bosh qahramon Tomning atrofidagi voqealarga munosabati asosida, Gek Fin bilan birga boshidan kechirgan sarguzashtlari asosida qurilgan. Tom va uning do‘sti duch kelgan deyarli har bir o‘rinda ruhiyatning turli tovlanishlarini ko‘rish mumkin. Tomning devorni oqlash bilan bog‘loq sarguzashti Tomning ruhiyatini ochishga xizmat qilgan. Tom o‘z-o‘ziga: “Bu hayot deganlari u qadar ma’nosiz va arzimaydigan narsa deb bo‘lmaydi”, - derdi. Odamlarning xulqi va atvoriga qarab buyuk qonuniyatni ochganini o‘zi ham bilmay qoldi: masalan, biror odam yoki biror bola biror narsaning egasi bo‘lmoqni orzu qilsa, u odam bu narsaning egasi bo‘lmoqlikni orzu qilsa, u odam bu narsaga mumkin qadar qiyinlik bilan erishsin.” Tomning tabiatida garchi erinchoqlik belgilari sezilgan bo‘lsa-da , u ishni boshlashi bilanoq uning yoniga ko‘plab bolalar o‘z xohishlari bilan kela boshlaydilar. Bolalarga devorni ohaklash sirli bo‘lib tuyulganidan ularning har biri o‘zlarini sinab ko‘radilar.

Tomning ruhiy holatlar ifodasi yozuvchining eng ko‘p e‘tiborini tortgan narsa hisoblanadi. Asar boshlanishidanoq Tomga xos xususiyatlar berila boshlanadi. Uning xayoliga ba’zida aql doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlar kelar, bu narsadan uning o‘zi zavq olardi. Xususan, asarning uchinchi bobida Tomning Polli xoladan eshitgan dakkisidan keyingi holati quyidagicha chiziladi: “U o‘z xayolida qattiq kasal bo‘lib o‘lim oldida yotgandek, xolasi ham kelib undan bir og‘iz kechirim so‘rashini kutgandek, o‘zi esa , bunga e’tibor qilmay,yuzini devor tomonga o‘girib olib, jon bergandek bo‘lar edi. Shunday bo‘lsa, xolasi qanday ahvolda qolar edi? U yana o‘zicha xayol surar: go‘yo u suvga cho‘kkan ,uning o‘ligini suvdan topib olganlar, jingalak sochlari butunlay ho‘l, ma’sum qo‘llari ko‘ksiga qovushtirilgan holda, yuragi abadiy urmay qo‘ygan. Shunda xolasi uning o‘ligi ustiga o‘zini tashlab , ko‘z yoshlarini duv-duv to‘kib yig‘lar va Xudodan o‘z bolasini qaytarib berishini so‘rar, agar qaytarib bersa uni hech xafa qilmaslikka so‘z berar edi.” 17(27-bet) Mark Tven Tomning ushbu vaziyatdagi tasvirini berar ekan bola ruhiyatidagi bu qadar keng xayolotning parvoziga diqqatni qaratadi. Ota – onasi bor , ona mehrini tuyadigan farzandda odatda bu kabi fikrlarning bo‘lishi kamdan-kam hodisa . Yozuvchi esa aynan bir narsani, ota-onasi yo‘q bolaning xayolari haqida so‘zlamoqchi bo‘ladi. Bunda aynan uning ruhiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlarni tasvirlash u haqida batafsil axborotga erishishga yordam beradi. Psixologik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, inson o‘zining tushkun va xafa holatidan lazzatlanish moyilligiga ega bo‘ladi. Bu so‘nib borayotgan e‘tiborni qaratishning usullaridan biri hisoblanib, ko‘pincha tabiiy ravishda sodir bo‘ladi. Yozuvchi yuqorida ta’kidlangan o’rinda holatning shu jihatiga e’tiborini yo‘naltirgani seziladi. O‘sha tasvir o‘rnidan bir necha qatordan so‘ng yozuvchi quyidagi gapni qo‘shadi: “O‘z xafagarchiligini qadrlash u uchun shunchalik lazzatli ediki, u o‘z yonida bo‘layotgan shodlik va kulgularga chidab turolmas edi. Shuning uchun ham u Meri degan qizning yosh qarindoshi eshikdan o‘ynab-sakrab, ashula aytib kirgan vaqtda, xafagarchilikdan qovog‘i solingan holda hovlidan chiqib ketdi. U o‘rtoqlaridan uzoqroqda, yuragidek keng g‘am va anduhlarga to‘la kimsasiz yerlarda tentirab yurdi.” Ushbu psixologik usul odatda katta yoshli kishilar xatti-harakatlarida kuzatiladi va bu holat ayni paytda biroz iroda va sabr talab etadi. Chunki, o‘z-o‘ziga rahmi kelishi kishini haqiqattan tushkunlikka tushirib qo‘yishi mumkin. Tomda ayni shu holat sodir bo‘ldi, u miyasiga kelib qolgan fikrdan ta’sirlanib yig‘lab yuboradi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek psixologik tahlil qahramonning ruhiyatini ochib berishda juda muhim hisoblanadi. Bola psixologiyasi yordamida butun jamiyatga haqqoniy munosabat qaror topishini biz aynan “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romanida ko‘rishimiz mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadikim, Tomdagi sho‘xliklar uni also yovuz ishlar qilish tomon eltmaydi. Undagi jo‘shqinlik uning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishda bir vosita hisoblanadi, xolos.

Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romani Amerika adabiyotida o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Bu birinchidan romanning ertak an’analariga xos tarzda yaratilganligi bo‘lsa, ikkinchisi uning realizm va romantizm unsurlaridan bir xil darajada foydalanganligida namoyon bo‘ladi.

Asardagi kinoyaviy detallarning berilishi jamiyatdagi mavjud kamchiliklarni ko‘rsatib berish uchun qo‘llanilganligi romanda oydinlashib boraveradi. Bu esa asarning o‘ziga xos dolzarb muammolarni olib chiqqanligini anglatadi. Romandagi yumoristik ruh uning badiiy qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Agar yumoristik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak romandagi har bir o‘rin o‘zining kugili xususiyatlariga ega. Yumoristika esa har qanday jiddiy va dolzarb muammoni ifodalashning eng havfsiz va samarali usullaridan hisoblanadi. Yozuvchining hajvga moyilligi uning shu yo‘nalishdagi qator ijod namunalarini yaratishga undagandi. Yozuvchi hayotligi vaqtida antiimperialistik ruhda yozilgan ko‘plab hajviyalarini bostira olmaydi. Uning o‘z so‘zlari bilan aytganda, Amerika burjua jamiyatida so‘z erkinligi yo‘q. “So‘z erkinligi faqat o‘liklarga berilgan huquqdir”. Darhaqiqat, yozuvchi xolislikning , to‘g‘ri so‘zlikning tarafdori ekanligi uchun u aksariyat hollarda jamiyatning yuqori sinf vakillari tomonidan tanqidga uchradi. Ammo yozuvchi o‘z yo‘lidan og‘ishmasdan bir umr haqiqat uchun xizmat qildi. Mark Tvenning ushbu romanida ham kinoyaviy o‘rinlarning jamiyatning zaif nuqtalariga qaratilganligi so‘zimizga dalil bo‘la oladi. “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romanining tarbiyaviy ahamiyati katta. U bolalarni do‘stlik, adolat, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

The Adventures Of Tom Sawyer”

Summary


I am a person whose favourite time-pass is reading and one of the books I enjoyed reading and still enjoy reading is “The Adventures Of Tom Sawyer”

Tom Sawyer When most people think of The Adventures of Tom Sawyer, a picture of a boy whitewashing a fence pops into their head. Tom Sawyer is one of the most well known books in the world.The Adventures of Tom Sawyer is based largely on it’s author, Mark Twain, and his childhood.

Twain’s boyhood in Hannibal, Missouri gave him the background for Tom Sawyer. The town of Hannibal was transformed into the town of St. Petersburg. Characters were also taken from Twain’s life, and written into the book. Many character’s were based of the Hannibal townspeople.

For The Adventures of Tom Sawyer, Twain called up the childhood memories that his conversations with Livy had helped refresh. The story took place before the Civil War in the Mississippi River town of St. Petersburg, a fictional version of Hannibal, Missouri. The title character was an imaginative, mischievous 12-year-old boy, largely based on Twain's vision of himself as a child. The novel traces Tom's efforts to win the heart of a pretty classmate, Becky Thatcher, and Tom's various adventures with his friend Huckleberry Finn, the son of the town drunk.

Although St. Petersburg and Hannibal bore some resemblance, Twain painted a portrait of his childhood home that was far more idyllic than it actually was. Now in his forties, Twain returned to the world of his youth with nostalgia, presenting it as a simpler place and time. This longing for an earlier and simpler era struck a chord with Twain's contemporaries. Following the Civil War, the United States went through a wrenching economic and social transformation, as large numbers of Americans moved from farms to factories and from rural settings to urban centers. Dizzied by rapid change, readers were comforted by looking backward to a time when, at least in their imaginations, everything in life seemed easier.

Twain was contemptuous of children's literature, which in the nineteenth century more often focused on teaching children moral lessons than offering them a good story. Reflecting this bias, he insisted to his friend and supporter William Dean Howells that Tom Sawyer was not a book for children: "It is not a boy's book, at all. It will only be read by adults. It was only written for adults." Both Howells and Livy, however, suggested that he was missing its potential to delight young readers. At their urging, he edited out profanity and some disturbing images to make it more acceptable for children. Even so, his publisher marketed it as a book for adults, as Twain wanted. To Twain's disappointment, Tom Sawyer did not sell well initially, although it has since become one of his most read books worldwide.

Twain, in the preface of The Adventures of Tom Sawyer, wrote:…Most of the adventures recorded in this book actually occurred; one or two were experiences of my youth, the rest those of boys who were schoolmates of mine. Huck Finn is drawn from life. Tom Sawyer, also, but no from an individual – he is a combination of the characteristics of three boys whom I knew….

The main character is Thomas Sawyer, a twelve year old boy, whose parents are dead. Tom lives with his aunt, Polly. Tom is busy either making trouble or thinking up new schemes. Another character is Huckelberry Finn, hated by all mothers and loved by all children. Tom is friends with Huck and they share many adventures together. Becky Thatcher, the daughter of a judge, who likes Tom but sometimes fights with him. Injun Joe is an indian who kills someone named Dr. Robinson and makes everyone believe that the real killer is a man named Muff Potter. Mr. Potter, a nice man, helps Tom and Huck to fish and fly kites. D. This story takes place in St. Petersburg, Missouri, in the mid-1800″s. E. The main problem in this story is the many ways which Tom tries to avoid Injun Joe because as a witness to the murder of Dr. Robinson, Injun Joe is trying to kill Tom. Poor Tom also has to deal with being punished on a Saturday when he could be out playing. The last problem is how Becky and Tom will escape from a cave.



I love this book. What about you? I don’t know how many of you have read this book,but let me tell you will losing a great opportunity to read one of the best books in the world by not reading it.


Download 64,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish