Rezultat poiska (izlash natijalari) nomli darchaning chap tarafidagi Siz nimani
topishni xoxlaysiz? bo‘limida axtarayotgan ob‘ektingizni tanlang. Masalan:
Fayl papki (Fayllar va
papkalar) satrini tanlang.
Ekranda qidirishni bitta yoki barcha alomatlar bo‘yicha amalga oshirish bo‘limi paydo
bo‘ladi. U yerga
faylning to‘la nomini yoki uning bir qismini;
fayldagi biror so‘z yoki jumlani;
qidiriladigan disk(lar) nomini;
oxirgi o‘zgartirilgan sanasi yoki diapazonini;
taxminiy o‘lchamini
va boshqa kriteriylardan bir yoki bir nechtasini kiriting.
Oxirida
Nayti klavishasida sichqonchani bitta bosing. Izlash natijasi darchaning o‘ng tarafida
ko‘rinadi.
Topilgan fayllar ro‘yxatidan kerakli faylni ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani
ikki marta bosish kerak.