MAVZU: MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI
REJA:
1.Markaziy Osiyoning ilk arxeologik manzilgohlari.
2.O‘zbekiston diyori ilk ajdodlarimiz makon topgan zamin.
3.Qadimgi So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm, Choch va Farg‘onaning antik
davri arxeologiyasi.
4.Xulosa.
1.Markaziy Osiyoning ilk arxeologik manzilgohlari
Markaziy Osiyo arxeologiyasi haqida so‘z borar ekan, biz ushbu
ma’ruzalarimizda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mamlakatlarini ko‘zda tutish va
tushunish maqsadga muvofiqdir. Ayni vaqtda bu bepoyon keng vohalarni o‘z
tarkibiga qamrab olgan mintaqalarda 50 dan ziyod ilk paleolit yodgorliklari va
topilma joylari qalamga olingan bo‘lib, ularning aksariyatida arxeologik
tadqiqotlar bajarilgan va olib borilinmoqda. Natijada, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston,
xususan, uning janubiy mintaqalarida kamida 1 million yillardan buyon inson
jamoalari yashab, o‘z davriga nisbatan muayyan va xos madaniyat yaratib
kelganliklari haqida ilmiy xulosalar yaratilgan. Bu davr yodgorliklari orasida
arxeologik topilmalarga serob va qiziqarli manzilgohlardan: Turkmanistondagi
Yangadja, Tojikistondagi Qizilqala, Ko‘kpiyoz, Qayroqqum, Loxuti, Kuldara,
Kaykitov, Qoratog‘ kabi; Qirg‘izistondagi Xo‘jagur, Onorcha, Qayrag‘och,
Uchqo‘rg‘on, Selung‘ur, Polmon; O‘zbekistondagi Kulbuloq (ilk qatlamlari),
Qizil-Qum; Qozog‘istondagi Qoratov va boshqa ko‘pgina joylardan topilib
tekshirilgan yodgorliklarni kiritish mumkin va ular bergan arxeologik manbalari
bilan ham qiziqarlidir. Bu topilmalarning yoshini aniqlashda fanning turli sohalari
ishtirokida tahlillar o‘tkazilgan va natijalariga nisbatan sanalangan. Ayniqsa, bu
yodgorliklarning sanasini aniqlashda, avvalambor, o‘z davrida tosh qurollarni
tayyorlashda qo‘llanilgan texnikaviy uslub jihatlari, geologik qatlamning saqlanish
darajasi, tayyorlangan qurollarning tashqi va umumiy morfologik xususiyatlari
hisobga olingan holda, umumiy xulosalarga kelingan. Zaruriyat tufayli artefakt va
boshqa manbalarni kimyoviy tahlillar qilish mumkin bo‘ldi. Ammo, bu eslatilgan
joylardan topilgan va toshdan yasalgan ashyoviy buyumlarning barchasi ham
ilmiy asarlarda to‘la-to‘kis yoritilgan emas. Bu ashyolar turli joylarda xilma-xil er
qatlamlaridan topilishidan qatiy nazar, ularning ahamiyati cheksiz katta bo‘lib,
Vatanimiz zaminida insoniyat yaratgan madaniyatning naqadar kuhna ildizlaridan
guvohlik beradi. Zotan, bu dalillar O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonning
bepoyon o‘lkalarida muster davridan ancha avval inson jamoalari madaniyat
yaratib kelganligini isbotlaydi. Zikr etilgan joylardan topilgan mehnat qurollari,
odatda, ularning aksariyati qayroq toshlardan yasalgan qo‘l cho‘qmorlari va
shunga yaqin o‘xshash chopuvchi va kesuvchi mehnat uskunalardan iborat bo‘lib,
turmushda esa, ulardan universal tarzda foydalanilgan. Bunday qurollarning
ayrimlari qayroqtoshning sinig‘i yoki yirik uchirmalari asosida tayyorlanib, bir
necha yirik va dag‘al kertish usuli bilan o‘tkirlangan, hamda shu bilan
to‘lqinsimon tig‘ hosil qilingan. Ibtidoiy odamlar, xususan, o‘z qurollarini shunday
texnologik asosda tayyorlaganlar. To‘g‘ri, bunday qurollar nafaqat qayroq
toshlardan, balki sifatli chaqmoqtoshlardan ham yasalingan, ammo, bu davr
uchun odatda qayroq qurollar xarakterlidir. CHuqmorlar esa, qo‘lda tutish uchun
ancha moslashtirilgan, halaqit beruvchi qirralari yo‘nib tashlangan bo‘lib, qo‘pol
uchirmalar asosida, odatda, o‘ng qo‘l bilan mehnat qilish ko‘zda tutilgan. Dastlabki
qurollar tosh uchrindi parchalaridan ham yasalgan bo‘lib, kerakli narsalarni
chopish, kesishga mo‘ljallangan. Keyinchalik esa, ish jarayonida o‘tmas bo‘lib
qolgan tig‘lari maydaroq kertma usulida qayta o‘tkirlangan va foydalanilgan.
O‘rta Osiyo va xususan, Janubiy Qozog‘istonda topilgan bunday tipdagi qurollar
Yevropaning shell va ashell davrlariga to‘g‘ri keladi, desak xato emas. Endi, zikr
etilgan hududlarning ilk paleolit davri yodgorliklari haqida qisqacha va umumiy
tarzda to‘xtalib o‘tamiz. Turkmaniston hududi paleolitshunoslikda Markaziy
Osiyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan kamroq o‘rganilgan mamlakat.
Xususan, bu keng dargohni o‘rganishda 1947 yildan e’tiboran taniqli arxeolog
A.P.Okladnikov va so‘ngi yillarda esa, uning shogirdlari qiziqarli tadqiqotlarni
bajardilar. SHulardan eng e’tiborlilaridan Turkmanistonning janubidagi Kopetdog
etaklaridan qo‘lga kiritilgan topilmalar qiziqarlidir. Xususan, ilk paleolit davrlariga
oid YAngadja va Koratengir makonlari serob manbalar berdi. SHulardan ayrim,
xarakterlilarini eslab o‘tamiz. YAngadja topilmasi, - Krasnovodsk yarim orolidagi
Krasnovodsk- Ashgabod temir yulining 41-km.dagi YAngadja va Qoratangir
stansiyalari o‘rtasidagi joydan topilgan bo‘lib, bu erdan dastavval A.P.Okladnikov
mikok turidagi 2 ta qo‘l cho‘kmori va bir necha chaqmoqtosh uchirindi hamda
dag‘al paraqalarni topgan edi. Topilmalar o‘z davrining geologik qatlamlarida
saqlanmagan bo‘lsa-da, ular morfologik va toshni qayta ishlash usuli texnikasi
jihatidan muster davrigacha bo‘lgan kishilar qurollari ekanligi tan olingan.
Markaziy Kepetdog - topilmalari orasida Tomchisuv bulog‘i yaqinida joylashgan
makon va bu erdan yig‘ib olingan mehnat qurollari xilma-xilligi bilan qiziqarlidir.
Bu erdan topilgan 20 dan ortiq ilk paleolit ashyolarini V.A.Ranov so‘ngi ashel
davri bilan sanalagan. Mehnat qurollari orasida qirg‘ich va chopqich qurollar
mavjudligi ham e’tirof qilinadi. Yangadja va Qoratengir oralig‘idagi joylardan 2 ta
qo‘l cho‘qmori va boshqa ashyolar topilgan. Ayniqsa, Bekarslontog‘ makoni
bergan ashyolar ham so‘nggi ashel davri bilan sanalib, mehnat qurollarining
dag‘alligi ham bu haqda guvohlik beradi. Umuman qaralganda, Janubiy
Turkmanistonning Kopetdog’ mintaqasidan topilgan ilk paleolit ashyolari
sanasining 200-150 ming yillikni o‘z ichiga olishi e’tirof qilinadi. So‘ngi yillarda
Turkmanistonda yosh arxeologlar keng ko‘lamda tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli
olib bormoqda va bir necha joylardan paleolit makonlarini topib, o‘rganishmokda.
Arxeologik jihatdan Markaziy Osiyoda Tojikiston zamini bir muncha yaxshi
o‘rganilgan. Bu sohada atoqli olim A.P.Okladnikov hamda V.A.Ranovlar jiddiy
unumli tadqiqot ishlarini bajarib, mamlakat tarixini o‘rganishda misli ko‘rilmagan
yutuqlarga erishdilar.