Kichik va xususiy korxonalarda mehnatni tashkil etishning mohiyati.
Mamlakatimizda qisqa vaqt ichida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni yuritish uchun zarur bo’lgan huquqiy – meyoriy asos yaratildi. «kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish», «Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari to’g'risida», «Xususiy korxona to’g’risida»gi va shu kabi boshqa O’zbekiston Respublikasi qonunlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib, uni qo’llab-quvvatlash hamda himoyalashga kafolat beradi.
Iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili sifatida tadbirkorlik, ayniqsa, kichik va xususiy biznes shakillarining faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatga olishni yengllashtirish, yuqori likvidli mahsulotlar, xom-ashyo va materiallarni ochiq birja savdolarida sotishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sertifikatlashga doir qarorlar ushbu yo’nalishda keng imkoniyatlar ochib beradi.
Ushbu yutiqlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik huquqiy, moliyaviy va moddiy texnikaviy qo'llab-quvvatlash hamda axborot va malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta hajimdagi chora
– tadbirlar natijasidir.
Tadbirkorlik uchun chet el amaliyotida mavjud bo'lgani kabi xisobot topshirishning samarali tartib qoidalari va mexanizmlari joriy etiladi. Tadbirkorlar soliq xizmati organlarini moliyaviy xisobot, soliq va daromadlar to'g'risidagi dekloratsiyalar bo’yicha hisob kitobni pochta va elektron vositalari orqali ham topshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Hisobotlarini topshirish muddati bir oydan bir chorakga qadar uzaytiriladi. Bu esa tadbirkorlaning vaqt va mablag'larini tejalishiga sharoit yaratadi.
Malakatimizda tadbirkorlikning rivoji ko’p jihatdan mazkur sohaning sohibi bo’lgan ishbilarmonlarga ya’ni ularning say harakatlariga bog'liq. Tadbirkor jamiyat rivojlanishini harakatiga keltiruvchi ilg'or kuch sifatida o'z bilimi, qobiliyati omilqorligi va ijodkorligi bilan ajralib turishi lozim. Demak, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish ishtiyoqida bo'lgan har bir shaxs, ayniqsa bu sohaga endi kirib kelayotgan yoshlar davlatimiz rahbari olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar siyosatida tadbirkorlikning tutgan o'rni, uning maqsad va vazifalari, mazmuni va mohiyati to'liq anglashi, davlat tomonidan yaratilgan tashkiliy, huquqiy hamda iqtisodiy shart-sharoitni aniq bilishi hamda ulardan keng foydalanishi, qolaversa, mamlakatimizda o'z xususiy biznesni joyiga qo’ygan tadbirkorlar, ishbilarmonlar tomonidan to’plangan boy tajribani o'rganish bu sohaga samarali faoliyat yuritishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Bularning hammasi shubhasiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni mamlakat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili sifatida yana yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishga xizmat qiladi. Quyidagi 1.2.1. jadvalda O'zbekistonda tashkil etilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |