MAVZU. OSVALD SHPENGLERNING TARIX FALSAFASI (4 SOAT).
REJA:
1.
O.Shpenglerning hayoti, faoliyati.
2.
Tarix falsafasi. Tarixning davriyligi.
3.
Madaniyat va sivilizatsiY.
4.
Ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasi.
Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gari yaqinidagi mо‘jazgina Blankerburg
shahrida tuG‘iladi. Uning otasi Berngard Shpengler pochtada xizmatchi bо‘lib ishlaydi.
Onasining ismi Paulina Shpenglerdir. 1887 yilda Shpenglerlar oilasi Zost shahriga kо‘chib
о‘tishadi. Shpengler bu yerda gimnaziyaga о‘qishga kiradi. 4 yil о‘tgach ularning oilasi yana
Gari shahriga kо‘chib о‘tishadi. Shpengler Latinadagi о‘quv bilim yurtida о‘qiydi. Bu о‘quv
bilim yurti о‘z asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German Farnke nomida edi. Bu yerda
qadimiy tillar chuqur о‘rgatilar edi. Nitsshe о‘qigan Shulfort gimnaziyasidan hech qanday
39
kamchiligi yо‘q edi. 1899 yilda Shpengler Garidagi universitetga о‘qishga kiradi. Bu yerda
matematika va tabiiy fanlar bilan chuqur shug‘ullanadi. 1901 yilda Shpenglerning otasi vafot
etadi, shundan sо‘ng u о‘qishni Myunxen va Berlinda davom ettiradi. 1904 yilda Shpengler
Garida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning mavzusi “Geraklit falsafasining
metafizik G‘oyasi” deb ataladi. Shpengler imtihon topshirib, gimnaziyada tabiiy fanlardan,
matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega bо‘ladi. U 1908 yildan 1911
yilgacha Gamburgdagi Genrix Gers gimnaziyasida dars beradi. 1910 yilda onasi vafot etganidan
sо‘ng Shpenglerga meros qoladi. Shundan sо‘ng u zerikarli о‘qituvchilik faoliyatini tashlab,
yozuvchilik bilan shuG‘ullanadi.
Shpengler Myunxenga kо‘chib о‘tadi. Bu yerda u hech kim bilan muloqotga kirishmay,
о‘zining mashhur asari “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” ning qoralama variantini yozadi.
Shpenglerning moddiy sharoitining oG‘irlashishi, hamda urushning boshlanishi bu kitobning
nashrini orqaga surib yuboradi. Nihoyat, 1918 yilda bu asarning birinchi jildi nashr qilinadi,
shuning о‘zi muallifga katta shon-shuhrat keltiradi. 1919 yilda “Prusschilik va sotsializm” nomli
uncha katta bо‘lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” asarining
2-jildi nashrdan chiqadi.
1920 yillarning boshlarida Shpengler kо‘p mashhur oilalar bilan dо‘stlashadi. Ular bilan
bо‘lgan muloqot uning qarashlariga ham ta’sir qiladi. Shpengler Nitsshe Arxivi prezidiumiga
saylanadi. Bu davrda u о‘tkir siyosiy mavzularda ma’ruzalar qiladi. 1925 yilda Shpengler
siyosatdan qat’iy ravishda uzoqlashadi. U о‘z diqqatini ilmiy faoliyatga qaratadi. Shpengler
falsafaning metafizik masalalari tо‘G‘risida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. Bu maqolalar
1966 yilda “Birlamchi savollar” nomli tо‘plamda nashr qilinadi.
Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, tarix masalalari bilan ham shuG‘ullanadi. Bu
faoliyat uni yangi dunyo tarixini ishlab chiqishiga olib keladi. Uning g‘oyalari bir necha
maqolalarida о‘z aksini topadi: “Amerika madaniyati”, “Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi
ahamiyati”, “Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavhalar”.
1930 yillarda Germaniyada siyosiy vaziyat keskinlashadi. Shpengler yana siyosiy hayotga
yaqinlashadi. U Gamburgdagi “Vatanparvar jamiyat”ida “Germaniya havf-xatar ostida” nomli
ma’ruzasi bilan qatnashadi. Uch yil о‘tgach, Shpengler о‘zining oxirgi “Hal qiluvchi davrlar”
nomli asarining 1-qismini yozadi. 1931 yilda uning “Inson va texnika” kitobi nashr qilinadi.
Shpenglerning “Hal qiluvchi davrlar” kitobidan sо‘ng unga qarshi natsional-sotsialistlar
tomonidan harakat boshlanadi; matbuotda uning asarlarini boshi man etiladi, unga ishonchsizlik
(non grat) e’lon qilinadi. Shpengler 1936 yil 8 mayda yurak xurujidan vafot etadi.
Shpenglerning markaziy mavzusi - bu tarix, lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Har
bir madaniyat aylanma harakatga ega, ya’ni tug‘iladi, ravnaq topadi va о‘ladi. Ovrо‘po
madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni о‘z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga о‘xshaydi.
Har bir madaniyat о‘z qobig‘iga joylashgan, boshqa madaniyatga о‘z yutuqlarini bera olmaydi.
Shpengler о‘zining tarixiy konsepsiyasini yaratganda kо‘pgina falsafiy masalalarni
kо‘taradi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy muammolar ham о‘ziga xos ravishda madaniyat
tushunchasi orqali о‘z yechimini topgan.
“Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” asari nashr etilishi bilan muallifga katta shuhrat olib
keladi. U nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta
qiziqish uyg‘otdi.
Tarix falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayanadi. Huddi ana shu uslub unga katta
muvaffaqiyat olib keldi.
“Ovrо‘pa quyoshining sо‘nishi” asarida Shpengler e’tiborini ovrо‘po madaniyati taqdirini
ochib berishga qaratgan. Asarning boshlanishida u “hali hech kimning miyasiga tarixni
tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi. U о‘zining tarixiy ta’limotini о‘zigacha
bо‘lgan ta’limotlarga qarshi qо‘yadi. Lekin ayrim g‘oyalarini Nitsshe va Getedan olganligini tan
oladi.
40
Asosiy tushuncha Shpengler uchun “hayot” dir. Lekin “xayot” Dilteydek ruhiy-ma’naviy
hayot ma’nosida emas, balki biologik “tiriklik, yashovchanlik” ma’nosida ishlatiladi. Huddi ana
shu “biologik yashovchanlikda” u insoniyat madaniy hayotining birinchi asosini kо‘radi.
Shpengler tabiat haqidagi fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qо‘yadi. Tabiat va tarix
faqatgina subyektning ongidagina, kechinmalaridagina о‘z voqeligini oladi. Mustaqil reallik
sifatida ular mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, ya’ni “subyektsiz obyekt mumkin emas”.
Subyekt bu “umuman ongdir”; dunyo asosida “men” yotadi, ana shu “men” orqali u о‘zini
namoyon qiladi. “Men” - bu yakka ong emas, balki xalq, madaniyat, insoniyat va turli
kechinmalar. Shpenglerning asosiy g‘oyasi - bu tarix alohida, yashirin madaniyatlarning
almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi va tarixiy taraqqiyotni ham inkor
qiladi.
Shpengler fikricha, g‘arb odami uchun tarix butunlay о‘zgacha kо‘rinishga ega. Tarixning
markazi “dunyo tarixining” bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qiladi. Shu
manazara, Shpengler ta’kidicha, mohiyatan, bizning uyG‘oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda
g‘arb ruhi о‘zini anglaydi. Shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi.
Qadimiy inson uchun, tarixga bunday nazar solish begona, qadimiy va Sharq insoni
bunday holatni boshidan kechirgan bо‘lsa ham, lekin uni butunlay boshqacha kо‘rinishda qabul
qilgan. Demak, “dunyo tarixi” faqat biz uchun mavjuddir. “Shunday qilib, - deydi Shpengler, -
hamma odam uchun bir hil tarixiy faoliyat mumkin emas. Demak, bu alohida ruhning erkin
fantaziyasidir. Bu yuz yilliklar ichra tо‘da sifatida insoniyat oqimi, million yillar ichra sanoqsiz
quyosh tizimlarining yaratilishi, Nil, Ganga va Egey daryolari sohillaridagi allaqachon о‘lib,
yо‘q bо‘lib ketgan rivojlangan mamlakatlar tarixi - faust ruhi mahsulidir”.
Shpengler yozadiki: “Qancha odam va madaniyat bо‘lsa, shuncha dunyo mavjud. Har bir
alohida inson uchun yagona mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har
bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan
kechinmadir”.
Shunday qilib, “о‘zida mavjud” real, obyektiv dunyo yо‘qdir. Faqat subyektiv, individual
dunyo haqidagi tasavvur mavjud. Insonlar, madaniyatlar о‘zgarsa, dunyo ham о‘zgaradi. Har bir
inson ayrim holda boshqa insonlar bilan birgalikda о‘zining ruhiyati aks etgan shaxsiy dunyosini
yaratadi. Shuning uchun ham Shpengler uchun “ilmiy bilish - bu о‘z-о‘zini anglashdir”.
Ilmiy bilish Shpengler uchun tashqi dunyoni mushohada etish yoki in’ikos qilish emas.
Bilish bu о‘zligini tashqariga chiqarish, о‘zligini namoyon qilish, ichki ruhiyatini tashqariga,
tashqi olamga chiqarishdir: “tabiat - bu ich-ichigacha shaxslashgan kechinmalar, iztiroblardir”.
Shunday qilib, Shpenglerning bilish nazariyasi relyativizmga borib taqaladi. Uning uchun
obyektiv dunyo tо‘g‘risida bilim umuman yо‘q, jumladan obyektiv haqiqat ham mavjud emas.
Shunday ekan, haqiqiy donishmand uchun mutloq tо‘g‘ri yoki mutloq notо‘g‘ri nuqtai-nazar
yо‘q. Hamma narsa nisbiy hususiyatga ega, о‘zgaruvchan va о‘tkinchidir.
Inson koinotda atomdir, ya’ni bir zarrachadir, biroq koinot inson tafakkurining mahsulidir.
“Ana shu inson tafakkurining buyuk sirlaridan biridir. Bu qarama-qarshilikni shundayligicha
qabul qilishga majburmiz”.
Jon va dunyo ikki qutblilik tafakkurimiz mohiyatini tashkil qiladi, huddi magnetizmning
mohiyati ikki qutbni bir-biriga tortishishida namoyon bо‘lganidek. Shpengler uchun “hayot” - bu
“tarix”. Shpengler tarixni fandan butunlay ajratadi. Tarix - bu bilim emas, balki hissiyotlar,
kechinmalar. Uning uchun tabiat va tarix qutbiy qarama-qarshiliklardir, ya’ni tiriklik-о‘liklik,
sokinlik-harakat, borlik va yо‘qlik. Tarix - bu tirik borliqdir. Tabiat tafakkur mahsulidir. Tarix
intuitsiya, mushohada mahsulidir.
Fan va mantiq hayotni о‘ldiradi. Fan borliqni tushuntirib berish uchun emas, balki
moslashish uchun kerak, ya’ni amaliy texnik ahamiyatga ega. Bilish “hokimiyatga intilishning”
qurolidir.
Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun tarixni bilish
uslubi bu о‘xshashliklardir (analogiya). Shunday qilib, tarixiy hodisalarni tahlil qilganda
41
ularning ichki qonuniyatlarini, mantiqiy bog‘liqliklarini qidirmasdan, balki о‘xshashlikni,
paralellarni topishga harakat qilish kerak, ana shu asosda tarixni yaratish kerak.
Shpenglerning bu fikrlari uni “hayot falsafasi” namoyandalariga yaqinlashtiradi, lekin shu
bilan bir qatorda farqi ham bordir, ya’ni tabiat bilan tarixning ziddiyati ularning obyektlarida
emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. “Tabiat va tarix, - deb yozadi Shpengler, - mana shu
ikki qarama-qarshi uslub, о‘zicha borliqni tartibga solishga urinadi. Agar har bir vujudga
kelayotgan jarayonni, mavjudlik nuqtai-nazaridan kо‘radigan bо‘lsak, borliq tabiatga aylanadi;
imkoniy vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) bо‘ysindirsak - bu tarix bо‘ladi”, - deydi
Shpengler. Jumladan, tafakkur ishga solinsa, uning о‘lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni
tushuntirishga harakat qiladi. Ichki kechinmalarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat
qilsak - kо‘z о‘ngimizda tarix namoyon bо‘ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish
oqibatidir. Tarix esa, mushohada, intuitsiya natijasidir.
Shunday qilib, Shpengler fikricha, fan va mantiq hayotni sо‘ndiradi. Ularni faqat
qiyinchilikka moslashish sifatidagina qо‘llash mumkin. Boshqa vaziyatda ular insonga hech
narsa bera olmaydi.
Shpengler tarixiy qonuniyatlar va ijtimoiy ravnaq g‘oyalariga qarshi chiqadi. U uzluksiz
jamiyat taraqqiyotini aylanma harakat g‘oyasi bilan, qonuniyatni taqdir g‘oyasi bilan
almashtiradi.
Insoniyat, Shpengler fikricha, zoologik birlikdir. Uning uchun insoniyatning yagona tarixi
yо‘q, faqat alohida yashirin madaniyat bor. U о‘z-о‘zidan paydo bо‘ladi, ravnaq topadi va о‘ladi.
“Har qanday madaniyat inson sifatida yashaydi, insoniyat davrlarini boshidan kechiradi. Har bir
madaniyatning bolaligi, о‘spirinligi, yetukligi va qariligi mavjud”.
Har bir madaniyatning hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni, Shpengler fikricha, his qilish
kerak. Agar kim uni his qilmasa, tarix bilan shug‘ullanmasin, “tabiatni bilishga о‘rganish
mumkin, lekin tarixchi bо‘lib tug‘ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik
darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham
ishlay olmaydi”.
Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bо‘ladi. Madaniyat ruhiyatning tashqi
kо‘rinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab о‘tadi. Bular - xitoy, bobil, misr, hind, antik,
arab, G‘arb va mayya xalqining madaniyatidir. Rus madaniyati haqida alohida e’tibor bilan
gapiradi.
Har bir madaniyat qaytarilmas, о‘ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida
о‘ziga xos ruhiyat yotadi. Masalan, antik madaniyatda - Appolon ruhiyati, arab madaniyatida -
mistik (afsungarlik) ruhiyati, G‘arb madaniyatida - faust ruhiyati yotadi.
Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini “qadimgi, о‘rta asr va yangi davr”
tarixiga ajratishlarini tanqid qiladi. Bu ajratish faqat ²arb mamlakatlariga xosligini Shpengler
sezadi va shu yerda g‘arb tarixchilarining ovrо‘pomarkazchilik tamoyilini tanqid qiladi.
Shpenglerning “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi” asari, nafaqat, tarix falsafasiga
baG‘ishlangan, unda siyosiy masalalar ham kо‘tarilgandir. U sо‘z boshida shunday yozadi; ”Bu
kitobda kelajak tarixini aniqlashga xarakat qilingan. Vazifa shundan iboratki, nihoyasiga
yetayotgan yer yuzasidagi yagona madaniyatning, ya’ni G‘arbiy Ovrо‘po madaniyatining
taqdirini о‘rganishdir”. Muammo G‘arb halokati, sivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U
kо‘hna tarixning asosiy masalalaridan biridir.
Har bir madaniyatning о‘z sivilizatsiyasi bо‘ladi. Sivilizatsiya - madaniyat taqdiridir.
Sivilizatsiya eng oxirgi, eng sun’iy holatdir. Sivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir.
Shpengler sivilizatsiya haqida gapirib, shahar tо‘G‘risida ham fikr yuritadi, ya’ni shahar о‘zlikni
yо‘qotishlik sifatida, ruhiyatning о‘lishi sifatida paydo bо‘ladi. “Madaniyat - bu ruhiyat,
sivilizatsiya esa tafakkurdir”, - deb yozadi Shpengler. G‘arbda madaniyatdan sivilizatsiyaga
о‘tish qadimda IV asrda sodir bо‘lgan. Shahar - sivilizatsiyaning oqibati. Madaniyatli insonda
quvvat inson ichiga yо‘naltirilgan, sivilizatsiya in’ikosida esa quvvat tashqariga yо‘naltirilgan.
Hayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli insonlarda imkoniyat cheksiz kengdir.
42
Shpengler qat’iy ravishda umumdunyo tarixini inkor qiladi. U shunday yozadi: “Insoniyat
men uchun zoologik birlikdir. Men G‘arbiy Ovrо‘po faylasuflarining fikrlarida insoniyat
ravnaqi, maqsadi va yо‘llarini kо‘rmayapman”. Tarixni an’anaviy tarzda qadimgi, о‘rta va yangi
davrga bо‘lishni Shpengler juda tor doiradagi provinsializmga kiritadi. Uning uchun yagona
insoniyat tarixi yо‘q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan paydo
bо‘ladi, rivojlanadi va halok bо‘ladi, misoli dalada о‘sgan gul taqdirini boshidan kechiradi.
О‘simliklar, hayvonot olamida о‘xshash morfologik organizmlar bо‘lgani kabi, tarixda ham
shunday organizmlar mavjud. Bu tarix morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va
bosqichlarni belgilaydi. “Har qanday madaniyat, - deb yozadi Shpengler, - insondek hayot
kechiradi. Ularning о‘z bolaligi, о‘smirligi, о‘rta yoshi va qariligi bо‘ladi”.
Har bir madaniyat hayotini nima boshqaradi? Shunday yо‘lni bosib о‘tishga nima majbur
qiladi? - degan savolga Shpengler taqdir, deb javob beradi. Mening fikrimning markazini taqdir
g‘oyasi tashkil qiladi. О‘tib ketganlarning taqdiri ham shunday bо‘lgan, hozirgi G‘arbiy Ovrо‘po
madaniyatini ham halokat kutmoqda”, - deb qayg‘uradi u.
Agarda, Shpengler fikricha, taqdir madaniyat hayotini boshqarsa, uning mazmunin ruh
belgilaydi. Uning ta’limoticha, “madaniyat insoniyatning abadiy-bolalik holati, ilk bor ruhiyati
katta ruhiyatga aylangan daqiqada vujudga keladi, shaklsizlikdan shaklga kirganda,
cheksizlikdan cheklilikka, muqimlikdan о‘tkinchilikka о‘tilganda madaniyat dunyoga keladi. U
qat’iy chegaralangan zaminda rivojlanadi, xuddi о‘simlik о‘z о‘rniga muqim о‘rganib
qolganidek. Madaniyat о‘z imkoniyatlarini xalqi, tili, e’tiqodi, san’ati, davlati va fani orqali
tо‘liq amalga oshirganidan sо‘ng halokatga yuz tutadi va dastlabki ruhiy stixiyasiga qaytadi.
Shpengler Appolon ruhi bilan Faust ruhi о‘rtasidagi farqni chuqur tahlil qilib chiqadi. Bu
farqni makon tushunchasi bilan bog‘laydi. Makonni his etish, Shpengler fikricha, butun borliqni
his etish bilan tengdir. Makon dastlabki asosiy simvol, belgidir, ana shu belgidan boshqalari
kelib chiqadi.
Appolon ruhiyati makonni geometrik tarzda tushunadi, ya’ni chegaralangan va cheklangan
xususiyatga ega. Appolon ruhiyati sokinlikni, tugallikni, mutanosiblikni istaydi; berilgan vaziyat,
muhit bilan qoniqadi; vujudlikka va yakuniylikka о‘z diqqat-e’tiborini jalb qiladi.
Aksincha, Faust ruhiyati esa abadiy shovqinlik, notinchlik, cheksizlikka intilish, hokimlik
irodasi bilan xaraterlanadi. Shuning uchun ham, Shpengler fikricha, makon Faust ruhiyati orqali
о‘zgacha qabul qilinadi, ya’ni makon cheksiz, chegarasiz, hech qanday tomonlarsiz, analitik
tarzda tushuniladi.
Appolon ruhiyati uchun son doimo yakuniylikni, muayyan о‘lcham birligini anglatadi.
Faust ruhiyati uchun esa - bu о‘zgaruvchanlik, muqimsizlik, doimiy jarayondir. Shuning uchun
ham Appolon ruhiyati Evklid geometriyasini, turg‘unlik holatini yaratadi, Faust ruhiyati esa
tahliliy cheksizlikni, cheksiz zarrachalarni, doimiy harakatni yaratadi.
San’at sohasida haykallar yakunlangan asar sifatida Appolon ruhiyati simvolini, belgisini
anglatadi, fuga - Faust ruhiyatli insonning belgisidir.
Shunday qilib, madaniyat muayyan xalq ruhiyatining tashqi namoyon bо‘lishidir. Bu xolat
yashash tarzining birligida namoyon bо‘ladi. “Butun borliqning tashqi kо‘rinishi bu ruh
hayotining in’ikosi, namoyon bо‘lishi va belgisidir. Dunyo tarixi morfologiyasi, albatta, eng
umumiy belgilarning paydo bо‘lishiga olib keladi”. Har qanday intuitsiya, bilish о‘z yо‘lida
belgilarga uchraydi, ana shu belgilardan biz о‘z dunyomizni quramiz.
Shpengler fikricha, insonning bilishi, har bir ma’naviy faoliyat shakllari nisbiy hususiyatga
ega. Ular faqat muayyan madaniyatga tegishlidir. Bunday xulosa ilmiy nazariyalarga ham,
axloqiy, diniy qarashlarga ham taalluqlidir.
Nafaqat tabiiy-ilmiy fanlar, balki falsafada ham umumiy muammolar va masalalar mavjud
emas. Falsafa tarixida esa hech qanday merosiylik, vorisiylik yо‘q. “Har bir madaniyatning о‘z
falsafasi bor; bu о‘ziga xos belgida namoyon bо‘ladi...”.
Shpengler fikricha, yagona falsafiy taraqqiyot yо‘li mavjud emas, shu jumladan turli
madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yо‘q. San’at asarlari, axloqiy tamoyillar
kabi falsafiy masalalarni ham faqat о‘z davri ruhiyatida aks ettiradi. "Shuning uchun ham, -
43
deydi Shpengler, - tabiat bilan ruhning ziddiyati faqatgina bizning faylasuflarimizni qiziqtiradi.
Boshqa madaniyat faylasuflari uchun bu masala qiziqish ham uyg‘otmaydi, uni anglamaydilar
ham. Har bir falsafa о‘z davrining, faqat о‘z davrining in’ikosidir. “Har bir shunday falsafa, -deb
yozadi Shpengler, - birinchi sо‘zidan to oxirgi jumlasigacha, mavhum mavzulardan о‘ziga xos
hususiyatlarigacha... tarixiy chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning uchun ham, ular
о‘tkinchidir, ular о‘z hayotiy davriyligiga, harakat tezligiga ega. Har bir davrning о‘zining
mavzusi bor, ushbu mavzu faqat shu davr uchun ahamiyatga egadir...”.
Shpengler ilmiy bilishning obyektivligini inkor qiladi. Uning ta’kidicha, ilmiy
tushunchalar, qonunlar, nazariyalar - simvollardir, ular ruhning dindan, e’tiqoddan kelib
chiqqanligini asoslashga harakat qiladi. Fan, falsafa, san’at, Shpengler fikricha, bu dunyoviy
belgilarning turli kо‘rinishdagi shakllaridir, ularning hammasi birlamchi diniy hissiyotdan kelib
chiqadi.
“Tabiatni mushohada qilish asosida, - deb yozadi Shpengler, - diniy e’tiqod yotadi...
Dindan oldin paydo bо‘lgan tabiiy bilim yо‘qdir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, katolikcha
va materialistik tabiatni bilish о‘rtasida hech qanday farq yо‘qdir: ular bir narsa tо‘g‘risida, lekin
har xil tilda gaplashadi. Hattoki, ateistik soha ham diniy asosga egadir; hozirdagi mexanika ham
xristian aqidalaridan andoza olgandir”.
Shpengler ta’limoticha, haqiqiy bilim yо‘q, lekin shu ilmni bilishimizga ishonch-
e’tiqodimiz bor. Hamma bizni tashqi dunyo tо‘g‘risidagi tasavvurimiz ilohiy (antromorf)
xususiyatga ega. Demak, fan din va mifologiya bilan tengdir.
Shpengler fikricha, aynan diniy hissiyot insonni tashqi olamga bо‘lgan munosabatini
yaqqol namoyon etadi. Uning ta’kidicha, ongning ilk shakllanishida, bolada ham, ibtidoiy
insonda ham tabiat bilan, tashqi dunyo bilan inson о‘rtasida ziddiyat vujudga keladi. "...
qachonki inson insonga aylanganda о‘zining koinotda yolg‘izligini anglaydi," - deb yozadi
Shpengler. Shunda insonda qо‘rquv hissi uyg‘onadi, о‘lim oldidagi qо‘rquv - cheksizlik oldidagi
qо‘rquvdir. О‘lim tо‘g‘risida о‘ylashning boshlanishi, yuqori ongning paydo bо‘lganligidan
dalolat beradi. Har bir din, har bir falsafa bu masala bо‘yicha о‘z yechimiga egadir... Hozirning
mazmuni ongsizlik darajasida, lekin ichki zarurat asosida - о‘lim fenomeni belgisiga asoslanadi.
Har bir belgi qо‘rquvdan kelib chiqadi. U himoyani talab qiladi”.
Dunyo oldidagi qо‘rquv insonni hayotda bir daqiqa ham tark etmaydi. Lekin shunga
qaramay, Shpengler yozadiki: “... dunyodan qо‘rqish, ijodiyotga, boshqa hislarga keng yо‘l
ochib beradi”. Dunyodan qо‘rqish unga ega bо‘lish, uni bilish ehtiyojini tug‘diradi.
Shunday yо‘l bilan belgilarning, simvollarning turli shakldagi tizimlari vujudga keladi. Shu
yо‘l bilan ilohiy kuchga sig‘inishning birinchi kо‘rinishi ruhning о‘z himoyasi shaklida namoyon
bо‘ladi. “Xudoni bilish, - deb yozadi Shpengler, - qadimgi mistika tilida о‘zni bag‘ishlashni
anglatadi, ya’ni ilohni о‘ziga moyil qilish, uni о‘ziniki qilib olishdir”.
Shunday qilib, ana shunday dastlabki, chuqur diniy kayfiyatdan fan, falsafa va san’at
vujudga kelgan, madaniyat ham rivojlangan, deydi Shpengler. Ana shularning hammasi
madaniyat ruhining muhsulidir, ruhning kо‘p variantlardagi, kо‘p shakllardagi kо‘rinishidir. Ular
о‘ziga xos ravishda namoyon bо‘ladi.
Paydo bо‘lgan madaniyatning taqdiri qanday bо‘ladi? Qanday yо‘lni bosib о‘tadi?
Shpengler fikricha, bu yо‘l uch davrdan iborat. Birinchisi eng uzundir. Bu davr tayyorlov
davridir, ya’ni xaos (tartibsizlik) ning dastlabki holati, bolalik va kuchning tо‘planishidir. Keyin,
madaniyat davri boshlanadi: bu davr muayyan madaniyatning berilgan ichki imkoniyatlarini
yuzaga chiqarish va amalga oshirishdir, sur’atli ijodiyotdir. Ana shu davrda hamma ma’naviy
qadriyatlar shakllanadi, diniy e’tiqod mustahkamlanadi, metafizik tizimlar tuziladi, san’atning
noyob sohalari, asarlari vujudga keladi.
Sо‘ngra, madaniyat о‘zining uchinchi, ohirgi davriga qadam qо‘yadi - orqaga ketish davri,
sivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda ma’naviy zayot sо‘na boshlaydi, diniy e’tiqod susayadi,
falsafiy ta’limotlar yuzaki bо‘lib qoladi, san’at ham о‘ladi. Quruq ratsionalizm va materializm
dunyoqarash asosini tashkil qiladi. Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni yengib boradi.
44
Madaniyatning yaqinda erishgan yutuqlari asta-sekin xotiradan chiqib boradi. insonlar
biologik mavjudotlarga aylanib qoladi. “Mazmunsizlik, zoologiya hukmronlik qila boshlaydi, -
deb yozadi Shpengler, - hamma narsaga befarqlik boshlanadi. Madaniy organizm tarixiy xodisa
sifatida о‘ladi. Lekin bu hamma inson о‘lib ketishini anglatmaydi, balki ular faqat biologik
mavjudot sifatida yashaydi”.
Har bir madaniyat davri, hayoti, Shpengler fikricha, 1000 yilni tashkil qiladi,
sivilizatsiyaning oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat, taqdir taqozosi
bilan bir hil davrni boshidan kechiradi.
Shpenglerning tarix falsafasining asosiy g‘oyasi shulardan iborat. Shpengler yana bir
masala ustida jiddiy tо‘xtalib о‘tadi, XX asrning katta muammosiga aylangan texnika masalasini
tahlil qilib chiqadi.
Texnika borasida fikr yuritib, Shpengler uning taraqqiyotida insoniyat uchun zarar
keltiradigan katta muammoni kо‘radi. Texnika tо‘g‘risida u “Ovrо‘po quyoshining sо‘nishi”
asarining ikkinchi jildida tо‘xtaladi. “Pul va mashina” nomli bobida ana shu masalani chuqur
tahlil qiladi. Shuningdek, 1932 yilda nashr qilingan “Inson va texnika» nomli kitobida ham
aynan shu masalaga diqqat e’tiborini qaratadi.
Texnikaning jamiyatdagi rolini va vazifasini u nimada kо‘radi? Texnika G‘arbiy Ovrо‘po
sivilizatsiyasida о‘ziga xos о‘rinni egallaydi. G‘arbiy Ovrо‘po sivilizatsiyasini halokatga olib
keladi, deydi Shpengler.
U о‘zining “Inson va texnika” kitobida shunday savol qо‘yadi: “Texnika nimani anglatadi?
Uning tarixdagi mazmuni nimadan iborat? Uning metafizik va axloqiy holati nimadan iborat?»
Shpengler ta’kidlaydiki, texnika ham dunyo, inson kabi qadimiydir. Uni juda keng mazmunda
tushunadi, chunki bu tushuncha keng ma’noni anglatadi. Masalan, diplomatiya texnikasi
tо‘G‘risida, raqs texnikasi tо‘g‘risida gapirish mumkin. “Har qaysi ma’noda ham, - deydi
Shpengler, - texnika bu hayot qadamidir, taktikasidir”. U hayot kurashining ichki shaklidir.
Birinchi navbatda texnika tabiat bilan kurashish vositasidir. Bu yerda Shpengler texnikaning
moddiy tomoniga, jismoniy tomoniga e’tibor bermaydi. U birinchi о‘ringa faoliyatni, maqsadni,
fikrni qо‘yadi. Mashina va qurollarning о‘zi ikkilamchi ahamiyatga egadir. Ular tafakkur
mahsulidir. Ular muayyan maqsadni amalga oshirishda vosita vazifasini о‘taydi. Mana shu
ma’noda texnika ovrо‘polik inson uchun tabiat ustidan hukmronlik qilish, uni о‘ziga
bо‘ysundirish uchun xizmat qiladi.
Bu yerda Shpengler Nitsshega murojat qiladi. Uningcha, hokimiyat uchun kurash,
xukmronlik irodasi, buyuklik g‘oyasi texnika orqali amalga oshadi. Shpenglerning e’tiboridan
texnika bilan jamiyat о‘rtasidagi ziddiyat chetda qolmaydi. U texnikaning mavjudligidan faqat
boshliqlar va texnikani ishlab chiqaruvchilar qoniqishi mumkin, deydi. Albatta ular kamchilikni
tashkil qiladilar. Ular aqliy, ijodiy kashfiyotchilik mehnati bilan shug‘ullanadilar. Texnikani
bevosita ishlatuvchilar esa bir xil, zerikarli, ijodiylikdan mahrum bо‘lgan faoliyat bilan
shug‘ullanadilar. Zotan, ular eng mukammal mashinalarda, asboblarda ishlasalar ham, ularning
mehnatidan xursand bо‘lmaydilar, ular о‘z faoliyatlaridan qoniqmaydilar. Shuning oqibatida
mehnat ular uchun dushmanga aylanadi, о‘z faoliyatlaridan begonalashadilar, tabiatdan ham shu
yо‘sinda begonalashib ketadilar.
Shunday qilib, Shpengler texnikaning rivojlanishini tabiatdan begonalashish g‘oyasi bilan
bog‘laydi.
Texnika taraqqiyoti, Shpengler fikricha, о‘z mantig‘iga tayanadi, ya’ni unga harakat
beruvchi hayot sur’atiga suyanadi. Bu yerda Shpengler haq. Texnikaning о‘zi mustaqil ravishda
rivojlanmaydi, balki insonlar, ijtimoiy institutlar, texnikani mukammallashtirishdan о‘zlarini
tо‘xtata olmaydilar. Bu hodisa shuning uchun sodir bо‘ladiki, texnika davrimizda insonning
ijodiy faoliyatini amalga oshirishda muhim rol о‘ynaydi. Kapitalistik jamiyatda texnika
konkurensiya vazifasini о‘taydi.
Texnikaning tо‘xtovsiz rivoji, Shpengler ta’kidicha, jiddiy oqibatlarga olib keladi: “Ijod
mahsuli о‘z ijodkoriga qarshi bо‘lib qoladi... Dunyo hukmdori mashina quliga aylanib qoladi. U
45
hammaani, hoxishidan qat’iy nazar о‘z domiga tortadi. Ana shu poygada G‘olib halokatga yuz
tutadi”.
“Demokratik” tartiblarni Shpengler qat’iy tanqid ostiga oladi, chunki bu hodisa
boshqaruvchi qatlamning cheksiz hukmronligi asosida yuz beradi. U boshqaruvchilar bilan
“bajaruvchilar” о‘rtasidagi ijtimoiy ziddiyatning kuchayishini e’tirof qiladi. Bu ziddiyat
aholining qо‘zg‘oloniga olib kelishi mumkin, deydi Shpengler. Bundan tashqari, ishlab chiqarish
jihatidan rivojlangan mamlakatlar bilan boshqa “qoloq“ mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat vujudga
keladi. Arzon ishchi kuchlari rivojlangan mamlakatlarga oqib kela boshlaydi. Bu mamlakatda
ishsizlik yuzaga keladi. “Ishsizlik esa, - deb yozadi Shpengler, - inqirozdir, halokatning boshidir,
ibtidosidir”.
Shunday qilib, ovrо‘po madaniyati boshqa qoloq xalqlarning о‘ljasiga aylanadi, buni
anglagan xalq unga qarshi kurash ochadi. Keyin nima bо‘ladi? Shpengler bu savolga shunday
javob beradi: texnika о‘z bunyodkorlari bilan birgalikda halok bо‘ladi. “Bu texnika tarixi zaruriy
ravishda о‘z poyoniga yetmoqda. Madaniyatning boshqa yirik shakllari kabi hayotini yashab
bо‘ldi. Lekin qachon va qanday yо‘l bilan halok bо‘lishini biz bilmaymiz”.
Shpengler falsafasining tarixiy taqdiri nima bilan tugadi? Uning ayrim g‘oyalaridan
ekzistensializm ham foydalandi. Jumladan, Shpenglerning yakka inson mavjudligining vaqt
oqimiga singib ketishi, begona dunyo oldidagi insonning qо‘rquvi - ana shu g‘oyalar keyinchalik
Germaniyada Xaydegger va Yaspers tomonidan rivojlantirildi.
Madaniyatning yashirinligi, xususiyligi ham sotsiologiyada alohida oqim tomonidan
rivojlantiriladi.
Madaniyatning davriy xarakterga egaligi tо‘g‘risidagi g‘oyani ingliz tarixshunosi Arnold
Toynbi (1889-1975) rivojlantirdi.
Vaqt о‘tishi bilan Shpengler falsafasiga qiziqish qaytadan tiklana boshlandi. Birinchidan,
uning har bir madaniyatning о‘ziga xos belgisi borligi tо‘g‘risidagi g‘oyasi keng tarqaldi.
Ikkinchidan, fanning madaniyat tizimida maxsus о‘rin egallamasligi tо‘g‘risidagi g‘oyasi
keng tarqaldi. XX asrning ikkinchi yarmida an sotsiologik hodisa sifatida talqin qilindi.
Fanning boshqa madaniyat hodisalari an n bir qatorda joy olganligi e’tirof qilindi.
Uchinchidan, Shpenglerning an noilmiy hususiyatlarni ham о‘z ichiga oladi, degan fikri
keyinchalik P.Feyerabend va M.Polani tomonidan rivojlantirildi.
Shunday qilib, Shpengler, texnika falsafasiga asos solgan faylasuf ham hisoblanadi. Bu
yо‘nalish sotsiologlar tomonidaan chuqur rivojlantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |