1.2.MILLIY TIKLANISH VA MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH.
Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy taqyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga hos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingran g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga iborat uzviy, tabiiy jarayon deb.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa,milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi.
Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari jasoriyatlari tarixiy xotiramizni jonlantirib ,yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, finiy dunyo qarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xo’ja Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va bosha ko’plab buyuk ajdodarimiz milliy madaniyatimizni rivojtirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon siviliasiya taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.
Tarixiy tajriba, an’analarining meros bo’lib o’tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan.
Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo’lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo’lgan davlatchilik an’analarini avanlab qabul qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |