Milliy tiklanish



Download 30,01 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi30,01 Kb.
#312

O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi O’zbekistonning izchil va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishiga - milliy tiklanish va rivojlanishning iqtisodiy asoslarini yaratish va rivojlantirish, mamlakat salohiyatini oshirish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish va pirovardida, aholining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan yahlit iqtisodiy strategiya sifatida qaraydi. 
          Partiya tomonidan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, rivojlangan bozor infratuzilmasini shakllantirish, erkin tadbirkorlik va ishbilarmon kishilarning salohiyatini yuzaga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish, davlatni iqtisodiy rivojlantirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim yo’nalishi sifatida qaraladi. 
          Partiya quyidagilarga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va amalga oshirilishiga faol ko’maklashishni o’zining iqtisodiy sohadagi asosiy vazifalari deb hisoblaydi:
- iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, ushbu jarayon yo’lidagi to’siqlarga barham berish;
- byudjet-soliq siyosatini doimiy ravishda takomillashtirish, moliyaviy vositalarning rag'batlantiruvchi rolini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
- mikroiqtisodiy darajadan to makroiqtisodiy darajagacha harajatlar samaradorligini oshirish;
- ichki bozorni sifatli va zarur mahsulotlar bilan to’ldirish, iqtisodiy faoliyatning ilg'or shakllariga asoslangan zamonaviy korxonalarni rivojlantirish yo’li bilan milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini mustahkamlashga yo’naltirilgan industrial siyosatni takomillashtirish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada qo’llab-quvvatlash;
- inflyatsiya jarayonlari bilan kurashishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirish;
- chet ellik xususiy va yuridik shaxslar uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash;
- jahon iqtisodiy hamjamiyati bilan integratsiyalashuvni chuqurlashtirish;
- iqtisodiyot sohasidagi har qanday huquqbuzarliklarga qarshi ayovsiz kurashish. 
          Partiya, shuningdek horijiy investitsiyailarni jalb qilish, qo’shma korxonalar tashkil etish, ilg'or tehnologiyalarni joriy etish asosida sanoat korxonalarini va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini doimiy ravishda modernizatsiyalash orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish chora-tadbirlarining amalga oshirilishiga ko’maklashishni ham o’zining iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalari deb hisoblaydi. 
          Partiya mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi sifatida agrar tarmoqni izchil rivojlantirish tarafdoridir. Mazkur sohada bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish doirasida partiya quyidagilarni amalga oshiradi:
- odamlarda yerni asrab-avaylash ko’nikmasini shaklantirishga ko’maklashish;
- qishloq xo’jaligida tabiiy va moddiy resurslardan tejamkorlik va oqilona foydalanishni kafolatlovchi huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishda faol ishtirok etish;
- qishloqda mulkchilikning yangi shakllari, shu jumladan fermerlik xo’jaliklarini jadal rivojlantirish siyosatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
- qishloq xo’jaligi sub’yektlariga xizmatlar ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish, ushbu yo’nalishdagi faoliyat doirasini kengaytirish (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xarid qilish va ularni saqlash, agrar sohasi sub’yektlariga tashkiliy-iqtisodiy yordam ko’rsatish, qishloq xo’jaligida ilmiy-texnikaviy va texnologik servisni rivojlantirish va h.k.) tarafdori bo’lish;
- agrar sektorning yanada sanoatlashuviga, qishloq va shaharning ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarini yaqinlashtirish jarayonini tezlashtirishga ko’maklashish. 
          Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish ham mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishning muhim ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Shu munosabat bilan partiya kichik va o’rta biznes sub’yektlariga huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirish va yanada soddalashtirish, ularning tadbirkorlikning ushbu turi yanada rivojlanishini ta’minlovchi rag'batlantiruvchi rolini kuchaytirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi tarafdoridir. Partiya amaldagi qonun hujjatlariga asoslanib, buning uchun barcha zarur huquqiy mexanizmlardan foydalangan holda kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi kamchiliklarni aniqlash va ularga barham berish borasidagi izchil ishlarni chuqurlashtirish zarur deb hisoblaydi.
Download 30,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish