“YANGIYO`L DAROMAD BIZNES” keng tarmoqli sho`ba
korxona
O`zbekiston nogironlar jamiyatining Toshkent viloyati Yangiyo`l tuman
bo`linmasi tasarrufidagi sho`ba korxonasi hisoblanadi.
“Sho`ba korxona” o`zini-o`zi mablag` bilan taminlash va o`z harajatlarini o`zi
qoplash asosida faoliyat ko`rsatadi.
“Sho`ba korxona” o`zining mol-mulkiga ega huquqiy shaxs hisoblanadi.
“Sho`ba korxona” nogironlar uchun yangi ish o`rinlarini yaratish va
jamiyatning moddiy texnik bazasini kuchaytirish maqsadida mustaqil ho`jalik
faoliyatini olib boradi.
“Sho`ba korxona” o`z mustaqil balansiga, “Ta`sischi” tomonidan tasdiqlangan
ushbu “Nizom”ga, muhirga, o`z belgisiga, milliy bank hisob raqamiga hamda
faoliyati uchun kerak bo`ladigan boshqa hujjatlarga ega bo`lishi mumkin.
“Sho`ba korxona” o`z ish faoliyatini O`zbekiston
Respublikasining amaldagi
qonunlari,
“Sho`ba korxona” “Nizom”i hamda maskur “Nizom”ga
amal qilib
ish yuritadi.
“Sho`ba korxona” qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat to`yxatida
o`tganidan sung, huquqiy shaxs maqomiga ega bo`ladi va bundan kelib chiqqan
huquqlaridan foydalanadi hamda o`z zimmasiga olgan majburiyatlari doirasida
javobgar bo`ladi.
“Sho`ba korxona” o`z ish faoliyatida umum-insoniy qadriyatlar, o`zaro hurmat
izzat, insonparvarlik, rahimdillik, inson qadr
qimmatini kamsitilishiga va
tamagirlikka yo`l qo`ymaslik, nogironlarni ijtimoiy huquqlarini qadrlash,
ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, qobilyatiga qarab ish bilan taminlash ,
jamiyatning ijtimoiy madaniy hayotiga jalb qilish asosida ish olib boriladi.
“Sho`ba korxona” “Ta`sischi”ning yig`ilishqaroriga binoan buyrug`i
asosida
tashkil topadi
“Sho`ba korxona” “Ta`sischi” faoliyati uchun o`z navbatida “Ta`sischi”ham
“Sho`ba korxonasi” faoliyati uchun javobgar emas.
“Sho`ba korxona” nogironlarni ish bilan taminlash va o`z faoliyatini
kengaytirish maqsadida o`zining ishlab chiqarish shaxobchalarini ochish
huquqiga ega.
“Sho`ba korxona”ning yuridik manzilgohi: Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani
Shoraxmedov ko`chasi 39-uy.
“Sho`ba korxona”ning asosiy vazifasi nogironlarni ish bilan taminlash
nogironlarga ish o`rinlarini yaratish, hogironlarni ijtimoiy reabilatsiya qilishda
ko`maklashish, “Ta`sischi”ning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash
moliyaviy bazasini shakllantirish ko`maklashish.
Ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Sho`ba korxona”si
quyidagi faoliyat turlari bilan shug`ulllanish huquqiga ega:
-
qimmatbaho qog`ozlarni sotib olish va sotish
-
keng turdagi milliy va yevropa umumiy ovqatlanish( choyhona, kafe,
bar, oshhona va to`yhonalar) tashkil etish va hizmatlarini ko`rsatish,
shahobchalarini ochish;
-
ma`danli ichimlik suv va meva sharbatlari tayyorlash, idishlarga
quyish
va sotish
-
turizm xizmatlarini tashkillashtirish, hizmat ko`rsatish
-
import va eksport faoliyatini olib borish;
-
sartaroshhona va boshqa maishiy xizmat shahobchalarini tashkil qilish va
ochish.
“Sho`ba korxona” maxsus ruyxatnoma talab etiladigan faoliyat turlarini
tegishli ro`yxatnoma yoki litsenziya olingandan so`ng yuritiladi.
“Sho`ba korxona” ishlab chiqargan mahsulotlari va xizmatlari narxini o`zi
mustaqil ravishda belgilaydi.
“Sho`ba korxona” amaldagi qonunlarda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlar
bilan shug`ullanishi ham mumkin
“Sho`ba korxona” o`zining mol-mulkiga o`zi
mustaqil egalik qiladi, undan
foydalanadi, uni boshqaradi va o`z ixtiyori bilan amalda qonunchilikka
muvofiq tasarruf etadi.
“Sho`ba korxona”ning mol-mulki balansda aks etirilgan asosiy vositalar va
aylanma mablag`lardan iborat.
“Sho`ba korxona”ning mol-mulki quyidagi manbalardan tashkil topadi:
--“Ta`sischi” ulush sifatida kiritgan moddiy aktivlar va pul mablag`lari;
--Moliyaviy hujalik hamda tadbirkorlik
faoliyatidan kelib tushgan
mablag`lar;
--Qimmatli qog`ozlar bo`yicha daromadlar ( devidentlar);
--Tashkilotlar va fuqarolardan kelib tuashgan beg`araz va hayriya
mablag`lari
--Mahalliy va xorijiy tashkilotlardan erilgan mol-mulk va mablag`lar,
Grantlar;
--Amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan
daromadlar;
--Mahsulotlar ishlar xizmatlarini amalga oshirishda tushgan hamda
faoliyatning boshqa turlaridan tushgan mablag`lar, daromadlar;
“Sho`ba korxona” bir yilda bir marotaba
asosiy vositalar va aylanma
mablag`larning maqsadli sarflanganligi haqida “Ta`sischi”ga va boshqa
tegishli organlarga belgilangan tartibda ma`lumot va hisobot berib borish
shart va bunga “Sho`ba korxona” Rahbari shahsan javobgardir.