referens-ellipsoid – geometrik to‘g‘ri figurani hisoblash zarur(1-rasm). - Yer shaklining xarakteristikalarini, shuningdek, uning gravitatsion maydonini aniqlash uchun esa og‘irlik kuchini o‘lchash usullaridan va Yerning sun‘iy yo‘ldoshlaridan foydalanilmoqda, Yerning o‘lchamlari, shakli va gravitatsion maydoni haqida olingan ma‘lumotlar astronomiya, geodeziya, kartografiya va boshqa fan sohalarini rivojlantirishda, Yerning sun‘iy 83 yo‘ldoshlarini, kosmik kemalarni uchirishda juda qo‘l keladi. Yerning real figurasiga eng geometrik yaqinlashishni aylanish ellipsoidi beradi, u ellipsning kichik o‘qi atrofida aylanishida hosil bo‘ladigan geometrik jismdir (2-rasm). ellipsoid siqiqligi sayyorani qutblardagi siqiqligini modellashtiradi. Rasmdan ko‘rish mumkinki, geoid va Yer ellipsoidining meridional kesishishi ancha mos kelmaydi.
- Rossiyada F.N.Krasovskiyning 1940 yilda hisoblangan referens-ellipsoidi qabul qilingan. Uning parametrlari quyidagicha: katta yarim o‘q (a) – 6 378 245 m; kichik yarim o‘q (b) – 6 356 863 m; siqiqlik α = (a – b)/a – 1 : 298,3.
- 2-rasm. Yer ellipsoidi va geoidning meridional kesishuvi
- Turli ellipsoidlar asosida tuzilgan kartalarda birmuncha farq qiluvchi koordinatalar sistemasi olinadi, bu noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Biroq yagona xalqaro ellipsoidni qabul qilish uchun koordinatalarni qayta hisoblash hamda 84 barcha kartalarni qaytadan tuzish talab etiladi, bu uzoq va, asosiysi, juda qimmat turuvchi ish hisoblanadi.
- Mos kelmaslik asosan yirik masshtabli kartalarda ular bo‘yicha obyektlar koordinatalarini aniqlashda sezilarli bo‘ladi. Biroq geograflar tomonidan ko‘p ishlatiladigan o‘rta va mayda masshtabli kartalarda bunday tafovutlar unchalik sezilarli bo‘lmaydi. Buning ustiga, ba‘zan ellipsoid o‘rniga shar olinadi va bunda Yerning o‘rtacha radiusi sifatida R = 6367,6 km qabul qilinadi. Ellipsoidni sharga almashtirganda xatoliklar juda kam bo‘lib, ko‘pchilik geografik kartalarda sezilmaydi.
- Eng kam xatoliklarga erishish uchun ikkilamchi proyeksiyalash usuli
- qo‘llaniladi: avval ellipsoid sharda, keyin esa shar tekislikda proyeksiyalanadi.
- Teng maydonli tasvirda Krasovskiy ellipsoidi yuzasining maydoni shar yuzasi maydoniga teng bo‘lishi kerak bo‘lganda, uning radiusi R = 6 371 116 m ga teng bo‘lishi kerak. Proyeksiyalashni soddalashtirish uchun ellipsoidni sharda tasvirlashning boshqa usullari ham ishlatiladi(3-rasm)
- Kartani matematik asosi – kartani matematik elementlari majmuidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va karta o‘rtasidagi matematik aloqani belgilaydilar. Proeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka va razgrafka sistemasi kartaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi elementlar Yer yuzasini tekislikda (qog‘ozda) tasvirlashda karkas (qobirg‘a) vazifasini bajaradilar. Boshqacha aytsak kartani matematik asos elementlari – Yer yuzasini tekislikda ma‘lum matematik qonun va qoida asosida to‘g‘ri va aniq tasvirlash imkonini beradi. Masshtab kartografik modelni (ya‘ni kartani) fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Kartada o‘lchash mumkin bo‘lgan aniqlik, karta mazmunini mukammalliligi, binobarin kartografik tasvirni aniqligi bevosita uning masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. Karta masshtabini yirik yoki maydaligi uni maqsadiga qarab belgilanadi
- Kartani geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to‘g‘ri bo‘lishi kartaning matematik asosiga bog‘liq. Hamma kartalar kartografik proektsiyalar asosida tuziladi va Yer ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog‘ozga tushirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
- Ba‘zan kartaning maxfiyligi ham e‘tiborga olinadi. Karta elementlardan biri kartaning legendasi (shartli belgilar sistemasi) kartaning mazmunini o‘qish uchun asosiy qurol bo‘lib hisoblanadi(4-rasm). Legenda kartadagi tasvirlanilayotgan voqea va hodisalarning hammasini o‘z ichiga olishi kerak. Kartaning legendasi aniq, mantiqli hamda qisqa bo‘lishi zarur. To‘g‘ri tuzilgan legenda kartadan to‘g‘ri va oson foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning (redaktorlarning) familiyalari, nashr qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot manzilgohi (adresi), chop qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga kiradi.
- Joyda o‘rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan va planli koordinatasi yoki absolyut balandligi aniqlangan nuqtaga
Do'stlaringiz bilan baham: |