Toshkent qo’zg’oloni.
1892 yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rusmustamlakchilarini talvasaga solgan va tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqeasi»sifatida kirgan qo’zg’olon bo’ldi. Iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi.Shaharma’muriyati shoshilinch choralar ko’rdi. Vabo kasali bilan o’lganlarni shaharichkarisidagi 12 ta qabristonga ko’mish man etildi, shahar tashqarisida 4 ta yangiqabriston ochiladi, deb e’lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi.Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo’q qilinar ekan, degan mish-mishlar tarqaldi.Toshkent shahar ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan to’g’ri bo’lgan bu tadbirlarhaqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosimqonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqatbittasi ochildi.Boshqa kasallik bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi qabristonlargako’mish ishlarini rasmiylashtirish ham cho’zilib ketdi, suiiste’molliklar kuchaydi.Odamlar noiloj o’likni eski qabristonlarga olib borib ko’mishga majbur bo’ldi. Politsiya
bundaylarni topib hibsga ola boshladi. Qabristonni ochib, o’lganlarning ruhi haqoratqilindi.
Shaharning eng taniqli kishilaridan hisoblangan Azizyor Eshon, Abulqosim xo’ja,bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa kishilar boshchiligidagi mingga yaqin kishi 24iyunda shahar boshlig’i mahkamasi tomon yo’l oldilar. Ularga hokim to’ra-shaharboshlig’i polkovnik S.R.Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to’qnashkelishdi. Qamchisini o’ynatib kelgan oqsoqol xalqning so’zlarini, arz-dodini tinglash
o’rniga unga dag’dag’a qila boshladi. Halq uning boshiga toshlar yog’dirdi.Mashhur«Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi.Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochibyashirindi.Polkovnik Putintsev esa o’zining sodiq qulini panohiga olib, xalqnitinchitishga urindi.Xalq undan oqsoqolni berishini talab qildi.Putintsev ham muzokarao’rniga kuch ishlatishni afzal ko’rib, to’pponchasini g’ilofidan chiqarib, dag’dag’aga o’tdi.
Sabr kosasi to’lgan xalq, uzoq o’ylab o’tirmay, hokimga hujum boshladi, Putintsev vauning mirshablarini do’pposladilar, haloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildilar.Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o’qqa tutildi. Noiloj qolgan
olomon Anhor suviga o’zini tashlaydi,ko’p kishi halok bo’ladi va yaralanadi.O’lganlar va yaradorlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan.Chunki xalqning o’zi jasadlarni va yaradorlarni o’zlari bilan olib ketishgan.Keyingi kunlari Anhordan topilgan mayitlar soni 80 taga etgan. Qo’lga olingan
60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindilar.Mustamlakachilarning zo’ravonligi xalqning ozodlik harakatini to’xtatibqololmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |