Milliy matolarni raqamlashtirish va kompyuter dasturidan kiyimlarni loyihalashda foydalanish



Download 0,75 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi0,75 Mb.
#281325
Bog'liq
tezis (atlas bo'yicha)


MILLIY MATOLARNI RAQAMLASHTIRISH VA KOMPYUTER DASTURIDAN KIYIMLARNI LOYIHALASHDA FOYDALANISH

Soliyev Dilshod Azamat o’g’li

Magistr


Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya. Ushbu maqola kompyuter texnologiyalari orqali o’zbek milliy matolarini raqamlashtirish va kiyim dizaynini loyihalashda milliy matolardan foydalanish raqamli texnika usullarini tadqiq qilishga bag’ishlangan. Bunday tadqiqotlarning natijalari kiyim dizaynida milliylikni keng joriy etish, yangi milliy brendlarni kashf etishda, kiyim dizayn loyihalarida raqamlashtirilgan milliy matolardan foydalanishda qo’llanishi mumkin.

Tayanch so’zlar: raqamli dizayn, milliy matolar, 3D modellashtirish, SAPR, loyihalash.

Ma’lumki o’zbek atlaslari dunyoga mashhur va milliy matolarning hilma-hil turlari mavjud. Asrlar osha o’zbek milliy matolari rivojlanib kelmoqda, hozirgi globallashuv, texnologiya asrida milliy matolarni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish, yangi qirralarini kashf etish, zamon talablariga mos turlarini ishlab chiqish eng dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi shiddatli globallashuv va texnologiya asrida qo’l bilan bajariladigan ishlar o’rnini texnikalar, sun’iy ong bilan harakatlanuvchi robotlar egallab bormoqda, aniqrog’i har bir sohada avtomatlashtirish ishlari jadallashmoqda. Shu nuqtai nazardan milliy matolarni raqamlashtirish, kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalangan holda yangi turlarini loyihalash, hamda kiyim dizayn loyihalarida raqamlashtirilgan milliy matolardan foydalanish, natijada ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni tayyorlashda samaradorlikka, vaqtdan unumli foydalanishda, ish unumdorligiga, iqtisodiy ko’rsatkichlariga, mahsulotning sifatiga, dizayniga ijobiy hissa qo’shadi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishining yangligi shundan iboratki, vektor usulda raqamlashtirilgan milliy matolarni kiyim dizayn loyihalaridan tashqari, yaqin bo’lgan soha loyihalarida ham ishlatish imkoniyati bor, masalan, kompyuter animatsiya dasturlari orqali ishlanadigan kinolar, kliplar, multfilmlar, reklamar, hamda grafik dizayn sohasi bannerlar, turli-xil taklifnomalar, suratlar va ijodiy ishlarda qo’llash mumkin va buning natijasida har bir ishlar sifatiga ijobiy hissa qo’sha oladi. Shundan kelib chiqib, milliy matolarni raqamlashtirish va modellashtirish o’zbek milliy kiyimlarini ishlab chiqishda va dizaynini loyihalashda har tomonlama samaradorlikka erishishdan, hamda yangi milliy moda dizayn qirralarini kashf etishdan iborat. Milliy matolarni modellashtirishda kompyuter dasturlaridan Adobe Illustrator, Corel Draw, MarvelousDesigner dasturlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kiyim dizayni uchun milliy matolardan foydalangan holda, kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish ustida tadqiqot ishlari olib borildi hamda kiyim dizayn loyihasini ishlab chiqishda raqamli dasturlarning o’rni, ishlatilishi, loyihaga ketgan vaqtlar tahlil qilindi va ayollarga mo’ljallangan tadbirlar uchun kiyiladigan ko’ylak dizayniga matolarni raqamli dasturlar orqali loyihalandi.

B unda, milliy matolar Adobe Illustrator nomli kompyuter dasturida raqamlashtirildi. Ushbu dasturda matoning kontur chiziqlari, matodagi har bir shakl elementlariga ranglarni tanlash, o’zgartirish, qalin yoki ingichkalashtirish, kattalashtirish, kichraytirish imkoniyatlari mavjud. Adobe Illustrator dasturida bajarilgan matoni kompyuter xotirasiga saqlashda png. formatda saqlab olindi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, milliy matoni raqamlashtirish ishlari, milliy naqshlar ishlariga nisbatan ko’p vaqt oldi, buning asosiy sababi esa milliy matoning tuzilishi, undagi turli hil shakllarni mavjudligi, ranglarning hilma-hilligi, matodagi kichik detallarning ko’p ekanligidir. Shu sababli oq va qora rangdan iborat bo’lgan milliy matoni dasturda raqamlashtirish ishlarining birinchi bosqich ishida har bir chiziqlarni matodagi shakllarga mos ravishda joylashtirildi (1-rasm), keyingi bosqishda fonga rang berish, chiziqlarga rang berish, har bir shakllarni to’gri joylashtirish ishlari olib borildi (2-rasm). Undan keyingi jarayonda raqamlashtirilgan matoni ishni kompyuter xotirasiga saqlashda png. usulda saqlandi va MarvelousDesigner dasturida kiyim dizayn loyihasiga joriy etildi (3-rasm). Hozirgi paytda milliy matolarni raqamlashtirish va modellashtirish ishlari davom etmoqda, o’zbek milliy matolarining barcha turlari, shuningdek tarixiy va zamonaviy milliy matolarni raqamlashtirish rejaga kiritilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. N.Sodiqova „O’zbek milliy kiyimlari“ G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent 2006

  2. X.X.Komilova, U.A.Vohidova „Loyihalash“ Toshkent 2017

  3. Sh.I.Razzoqov, Sh.S.Yo’ldoshev, U.M.Ibragimov “Kompyuter grafikasi”, Toshkent “Noshir” 2013

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish