Ishning maqsadi: To’qimachilik tolalarining alanga ta’sirida bir-biridan farqlanishini o’rgatish.
Topshiriqlar: 1.Oranoleptik usul-tolalarning tashqi ko’rinishi va yondirish usuli bilan aniqlash.
2.Mikroskopik usul yordamida o’rganish.
3.Kimyoviy usul yordamida o’rganish.
3-LABORATORIYa IShI TO’QIMAChILIK IPLARINING XUSUSIYaTINI I USTER® TESTER 8-S800, STATIMAT-C, TW-3, HM-3 ASBOBLARIDA O’RGANISh Ishning maqsadi: Iplarning tasnifi va turlarini o’rganish. Paxta tolasidan olingan iplarning xususiyatlari (chiziqiy zichligi, mustahkamligi, uzayishi, eshilishi, nuqsonlari)ni zamonaviy usullarda aniqlash.
Topshiriqlar: 1.Qo’yida keltirilgan iboralarning ta’rif va qoidalari o’rganilib yozilsin:
-yigirilgan ip;
-iplarning turlari;
-iplarning chiziqiy zichligi;
-iplarning mustahkamligi;
-iplarning solishtirma uzilish kuchi;
-iplarning uzilishdagi uzayishi;
-iplarning namligi;
-iplarning eshilishi;
-iplarning notekisligi;
-iplarning nuqsonlari.
2.Olingan ip namunalarining xususiyatlari (chiziqiy zichligi, mustahkamligi, uzayishi, eshilishi, nuqsonlari) aniqlansin, natijalari tegishli standart me’yorlari bilan taqqoslansin va olingan sinov natijalari jadvalda mujassasmlashtirilsin.
3.Bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar yozilsin.
Iplarning chiziqiy zichligi Ipning chiziqiy zichligi yoki yo’g’onligi «teks» birligida 1000 metr ipning grammda o’lchanadigan massasi bilan aniqlanadi.
(teks)
bu erda: m-ip namunasining massasi, g;
L-ip namunasining uzunligi, km.
Iplarning chiziqiy zichligi bo’yicha quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
1.Nominal chiziqiy zichlik.
2.Haqiqiy chiziqiy zichlik.
3.Konditsion chiziqiy zichlik.
Nominal chiziqiy zichlik-ishlab chiqarish uchun berilgan topshiriq bo’lib, yo’g’onlilik «Tn» bilan belgilanadi.
Haqiqiy chiziqiy zichlik-sinash yo’li bilan aniqlanib, formula yordamida bilan hisoblanadi.
Konditsion chiziqiy zichlik iplarning namligini hisobga olgan holda qo’yidagi formula bilan aniqlanadi.
bu erda: h - haqiqiy chiziqiy zichlik sinov yo’li bilan aniqlanadi;
-konditsion namlik, ip turiga nisbatan spravochnikdan olinadi;
-haqiqiy namlik (foizda), sinash yo’li bilan aniqlanib, ayrim iplar uchun prof. Myuller formulasi bilan aniqlanadi.
bu erda: -koeffitsientlar bo’lib, ip turiga bog’liq. Masalan, paxta ipi uchun ; jun uchun ; zig’ir uchun ga teng; -laboratoriya xonasidagi psixrometr ko’rsatkichi.
Bu formuladan foydalanish uchun ip namunasi laboratoriyadagi ko’rsatkichida 20-24 soat turishi kerak, ya’ni iplardagi namlik atrof-muhit ko’rsatkichi bilan muvozanat holatga kelish kerak.
Odatda nominal va konditsion chiziqiy zichliklar orasida farq bo’ladi. Bu farq quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
yoki
Konditsion namligi 2 foizdan kam bo’lgan ayrim sintetik iplarning chiziqiy zichligi bo’yicha farqini quyidagi ifoda bilan hisoblasa bo’ladi.
yoki
Iplarning chiziqiy zichlik bo’yicha kvadratik notekisligi (foizda) quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
bu erda: -o’rtacha kvadratik og’ish; -o’rta arifmetik miqdor.
O’rta arifmetik miqdor ( ) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bu erda: -dastlabki sinov natijalarining yig’indisi; n- sinovlar soni.
O’rtacha kvadratik og’ish miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Agar sinovlar soni 30 dan ko’p bo’lsa, yig’ma ko’rsatkichlarni ( Mo’r,,S) qo’shish yoki ko’paytirish usuli bilan aniqlash tavsiya etiladi.