Milliy kurash turlarining rivojlanish tarixi


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va torshiriqlar



Download 306,48 Kb.
bet3/4
Sana12.12.2022
Hajmi306,48 Kb.
#883886
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy kurash turlari

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va torshiriqlar
Qadimgi dunyoda sport kurashning paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy davrlarini tavsiflab bering.
Qadimgi Yunonistonnning buyuk arboblari - Olimpiya o’yinlari g’oliblarini ayting.
Sportcha kurash bo’yicha birinchi kitoblar qachon paydo bo’lgan?
O’zbekistonda rivojlanayotgan har xil kurash turlarining paydo bo’lish tarixi to’g’risida gapirib bering.
Kurash turlari bo’yicha respublikamizning yetakchi sportchilari va trenerlarini aytib bering.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan kurash turlarini ayting. Musobaqalarda ayollar ishtirok etadigan sportcha kurash turini ayting.


Hozirgi kunda ko’rchilik mutaxassislar o’rtasidagi tortishuvlarga sabab – Yunon-rim kurashini adashib yunon-rum kurashi deb atalishida. Tarixiy va badiy adabiyotlarga nazar tashlansa qadimgi Yunonistondagi Olimpiya O’yinlari (eradan oldingi 776 yillar) o’tkazilib, unda kurash turi bo’yicha musobaqalar xam o’tkazilgan (eradan oldingi 708 yillar). O’sha davrda bellashuvlar har hil qoidalar bo’yicha, har bir qishloq yoki shaharchada o’zlarining qoidalari bilan bellashuvlar olib borilgan. Mazkur qoidalardan birida barcha texnik harakatlar va ushlashlar tananing bel qismidan yuqoridan ekanligi ko’rchilikga qo’l kelgani yunonlardagi bellashuv turini yaratdi. Eradan oldingi IV asrlarga kelib ayni mana shu kurash turi Rimliklarga xam yoqqanligi sababli Rim shaxrida ko’ngil ochar tomoshalar qatoridan joy olgan (L.Kun 1982, F.Kerimov 2001, J.Eshnazarov 2008).
XVIII-XIX asrlarda Evropada, ayniqsa, Frantsiyada kurash bilan qiziqish qayta tiklana boshladi. Aholi o’rtasida kurashga bo’lgan qiziqishning uyg’onishi ko’p sonli professional kurashchilarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Ular tsirklarda va yarmarkalarda o’z san’atlarini namoyish qilardilar. Muvaffaqiyatlar shunga yordam berdiki, shaharlarda alohida kurashchilar guruhlari paydo bo’la boshladi. Natijada professional kurashchilar o’rtasida shaxsiy birinchiliklar va Frantsiya shaharlari, keyinchalik esa jahon chempionatlari o’tkazila boshlandi.
Chemrionatlarning yaxshi tashkil etilishi, ularning keng targ’ib qilinishi professional kurashga katta muvaffaqiyat keltirdi.
Asta-sekin frantsuzlar kurashi boshqa Evropa davlatlariga kirib bordi. Kurash keng ommaviylikka erishib borishi va geografik jihatdan tarqalishi bilan bir vaqtda texnik tomondan ham boyib bordi.
Qo’pol kurashchilarning bellashuvlari tomoshabinlar mehrini qozona olmadi, texnika, chaqqonlik va go’zallik yanada qadrlandi.
XIX asr o’rtasida Parijda birinchi ixtisoslashgan kurash maydonlari ochildi, shuning uchun 1848 yil Frantsiyada professional kurash rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi. Bu yerga turli davlatlardan - Germaniya, Turkiya, Italiya, Rossiya, Shvetsiyadan turli turnirlar va chempionatlarda qatnashish uchun kurashchilar kelganlar. Shu tariqa bu sport turi xalqaro maydonda tanildi. Bu kurash turi Evropaning hamma davlatlarida “frantsuzcha kurash” nomi bilan keng tarqaldi. Kurashning Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rimda rivojlanganligini hisobga olgan holda frantsuzcha kurashga “Yunon-rim” kurashi nomi berildi. U sobiq Sovet hukumati davrida “klassik” kurash deb atab kelingan. Lekin sobiq Sovet mamlakatidan tashqarida Yunon-rim kurashi nomi bilan musobaqalar o’tkazilgan.
Olimpiya o’yinlari tiklanishi bilan 1896 yildagi Olimpiya o’yinlari dasturiga kurash ham kiritildi. 1898 yildan boshlab Evropa chempionati, 1904 yildan esa jahon chempionatlari o’tkazib kelinadi.
1912 yilda havaskorlar o’rtasida kurash musobaqalarini kuzatish va o’tkazish bo’yicha Xalqaro qo’mita tuzildi.
1921 yilda mazkur qo’mita Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasiga (FILA) aylantirildi. U hozirda ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. FILA jahondagi eng yirik va ta’sir doirasi katta sport tashkiloti hisoblanadi. Hozirgi paytda u yuzdan ortiq sportcha kurash bo’yicha milliy federatsiyalarni birlashtirgan.
Yunon-rim kurashi O’zbekistonga XX asrning boshida kirib kelib, 30yillarda keng tarqaldi. 1941-1945 yillardagi urush sababli 40-yillarda rivojlanish susayib, 50-yillarda qayta rivojlanish 60-yillardagi birinchi natijalarni qo’lga kiritilgan. Yuriy Zelenin Evropa chempioni unvonini qo’lga kiritdi. 1972 yili Myunxendagi Olimpiada O’yinlarida Toshkent shahri polvoni Rustem Kazakov 57 kilogramm vazn toifasida oltin medalga sazovor bo’ldi. Rustem Kazakov ikki karra Jaxon chempioni unvoniga ham erishgan. 70-yillar ohirida Vasiliy Anikin
Evropa chempioni va Jahon Kubogi sohibi bo’ldi. 80-yillarda Toshkent polvoni
Komil Fatkullin uch karra Jahon chempionatining kumush medal sohibi va
“Do’stlik-84” O’yinlari g’olibi bo’ldi. Yoshlar o’rtasida Farg’onalik polvon Isa Ilyasov Jahon chempioni bo’ldi.
O’zbekiston 1991 yilda Mustaqillikga erishgandan keyin jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratdi. 1992 yilda birinchi “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risida qonun e’lon qilindi, 2000 yilda mazkur qonunning yangi tahriri va 2015 yilda yanada takomillashgan qonun loyhasi ko’rilmoqda. Mazkur qonunning takomillashib borishi albatta jismoniy tarbiya va sportning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risida qonun va qonun osti xujjatlar ta’sirida yurtdoshlarimiz alohida jamoa sifatida Olimpiada O’yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo O’yinlari va chempionatlariga, nufuzli xalqaro musobaqalarga qatnashib munosib o’rinlarni egallagan.
90-yillarda Samarqand polvoni Navruz Usmanov yoshlar o’rtasida Jahon chempionligini qo’lga kiritdi.
1996 yilda AQSHning Atlanta shahrida mustaqil jamoa sifatida O’zbekiston jamoasi birinchi marta Olimpiada O’yinlariga qatnashdi. Atlanta shahridagi Olimpiada O’yinlarida 52 kilogramm vazn toifasida Shamsiddin Xudoyberdiev (16 o’rin), 62 kilogramm vazn toifasida Baxodir Qurbonov (16 o’rin), 68 kilogramm vazn toifasida Grigoriy Rulyaev (6 o’rin), 130 kilogramm vazn toifasida Shermuxammad Qo’ziev (10 o’rin) qatnashdilar.
2000 yilda Avstraliyaning Sidney shaxrida o’tkazilgan Olimpiada O’yinlariga 52 kilogramm vazn toifasida Shamsiddin Xudoyberdiev (10 o’rin), 57 kilogramm vazn toifasida Dilshod Arirov (4 o’rin), 62 kilogramm vazn toifasida Baxodir Qurbonov (12 o’rin) qatnashdilar.
2004 yilda Gretsiyaning Afina shaxrida o’tkazilgan Olimpiada O’yinlariga 57 kilogramm vazn toifasida Dilshod Aripov (7 o’rin), 74 kilogramm vazn toifasida Aleksandr Dokturashvili (1 o’rin), 97 kilogramm vazn toifasida David Soldadze (7 o’rin) qatnashdilar.
2008 yilda Xitoyning Pekin shaxrida o’tkazilgan Olimpiada O’yinlariga 55 kilogramm vazn toifasida Ildar Xafizov (5 o’rin), 96 kilogramm vazn toifasida David Soldadze (14 o’rin) qatnashdilar.
2012 yilda Ulug’ Britaniyaning London shaxrida o’tkazilgan Olimpiada O’yinlariga 55 kilogramm vazn toifasida Elmurod Tasmuratov, 120 kilogramm vazn toifasida Mo’min Abdullaev (doping nazorat natijasi ijobiy sababli o’rin yo’q).
2001 yilda Gretsiyaning Afina shaxrida o’tkazilgan Jahon chempionatida 57 kilogramm vazn toifasida Dilshod Aripov birinchi Jahon chempioni unvoniga erishdi.
2004 yilda Gretsiyaning Afina shaxrida o’tkazilgan Olimpiada O’yinlarida 74 kilogramm vazn toifasida Aleksandr Doktorashvili Olimpiada chempioni unvoniga erishdi.
2014 yilda Toshkentda o’tkazilgan Jahon chempionatida Elmurat Tasmuratov bronza medali soxibi, 2015 yildagi Osiyo chempionatida Yunon-rim kurashi bo’yicha ilk bor qatorasiga uchinchi marta (2013-2015 y.y.) chempionlikni qo’lga kiritdi. Ko’plab xalraro nufuzli musobaqalar g’olib va sovrindori E.Tasmuratov yana ancha g’alabalari bilan bizni xursand qiladi degan umiddamiz. Xalqaro toifadagi sport ustasi Rustem Assakalov xam birnecha bor Osiyo chempioni va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni ko’rsatib kelmoqda. 2015 yilning Osiyo chempioni R.Assakalovga xam yuqori natijalar ko’rsatadi deb ishonch bildiramiz. O’zbek kurash maktabi tarbiyalanuvchilari xalqaro maydonda katta yutuqlarga erishganlar. Rustam Kazakov 1972 yildagi Olimpiya O’yinlari va 1969 yildagi jahon chempionatida g’alaba qozongan. Kamil Fatkulin jahon chempionatlarining ko’p marta sovrindori bo’lgan.

Download 306,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish