Milliy istiqlol


VAQTNI QADRLASH – MA’NAVIYAT MEZONI



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana09.10.2019
Hajmi1,76 Mb.
#23211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb


  VAQTNI QADRLASH – MA’NAVIYAT MEZONI
Hurmatli o‘quvchi, Yurtboshimiz siz-u bizga – yosh avlodga
qarata aytgan g‘oyat ibratli fikrlar bilan, keling, suhbatimizni
boshlaymiz:
«Har bir avlod tarixning o‘ziga tågishli sahifasini o‘zi
yozishi kårak»
1
.
Pråzidåntimizning bu chaqirig‘i zamirida nihoyatda katta,
zalvorli ma’no-maqsad mujassam. Avvalgi darslarimizda ta’kidla-
ganimizdåk, bizning o‘tmish mutafakkirlarimiz, ulug‘ allomalari-
miz, buyuk sarkardalarimiz tarix o‘zlari uchun ajratgan sahifalarni
oltin harflar bilan to‘ldirib, nafaqat bizga, balki butun insoniyatga
asqotadigan buyuk kashfiyotlarni – ilmiy, madaniy, ma’naviy
boyliklarni yaratishgan. Davlatchilikni tashkil etish va uni bosh-
qarish bilan bog‘liq noyob tajribalarni ham qoldirishgan. Bu
juda boy måros bilan har qancha faxrlansak, g‘urur-iftixor qilsak
arziydi, albatta. Ayni vaqtda masalaning boshqa jihati ham bor.
Bu borada Yurtboshimiz bugungi avlod, jumladan, o‘sib kålayot-
gan yoshlarimiz e’tiborini quyidagi muhim masalaga qaratadi:
«O‘tmish bilan faxrlanish kårak, iftixor qilish zarur,
låkin biz faqat shu bilangina chågaralanib qolishimiz
mumkin emas. Sababi – faqat o‘tmish obro‘si bilan yashab
bo‘lmaydi»
2
.
Dåmak, har bir avlod o‘lmas qadriyatlarni asrab-avaylash,
ularga sodiq bo‘lish bilan birga, bu qadriyatlarni yanada boyitish,
millat va mamlakat rivoji uchun zarur bo‘lgan ko‘pdan ko‘p
yumushlarni bajarish yo‘lida jonbozlik, fidokorlik ko‘rsatishi talab
etiladi. Chunki, bugungi taraqqiyot, tåzkor zamon yosh avlodimiz

Islom Karimov. Yoshlarimiz – xalqimizning ishonchi va tayanchi. –T.:
«Ma’naviyat» nashriyoti, 2006-yil, 56-båt.

O‘sha manba, 43-bet.
!

101
oldiga ham ko‘plab muammolarni, talablarni qo‘ymoqda. Mana
shu talablarga mos harakat qilish, mamlakatimiz iqtisodini, ijti-
moiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarini rivojlantirish mas’uliyati
vaqtdan, o‘tayotgan har bir kundan unumli foydalanishni dolzarb
vazifa qilib qo‘ymoqda. «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch»
kitobining «Eng buyuk jasorat» dåb nomlangan qismida Pråzi-
dåntimiz ayni masalaga doir quyidagi muhim fikrni ilgari suradi:
«Många buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish,
o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsad-
lar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish,
bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat måzoniga aylantirish
– haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, dåb aytgan bo‘lar
edim»
1
.
Akadåmik shoir G‘afur G‘ulom esa o‘zining «Vaqt» shå’rida:
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Båzamoq chog‘idir umr daftarin, –
dåb yozgan edi. «Umr daftari» dågan ibora juda katta ma’noga
ega.
Har bir avlod singari, har bir insonning ham umr daftari
bo‘ladi. Ayni daftarni «shoh satrlar» – ezgu ishlar, yaxshi-
liklar bilan båzash o‘zimizning qo‘limizdadir. Bunda fursatni
g‘animat bilmoq, vaqtni qadrlamoq nihoyatda muhim.
Xo‘sh, shoir någa vaqtga – fursatga bu qadar urg‘u båryapti,
uni «aziz onlar» dåya ta’riflayapti?
Agar ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, hozircha siz umrning qadri
va qimmatini to‘la anglab yåtishingiz qiyin. Buning iloji ham
yo‘q. Chunki, ayni pallada sizga umrning chåki-chågarasi bå-
poyondåk, hali hamma narsa oldindadåk tuyulishi tabiiy holdir.
Shunday bo‘lsa-da, vaqt måzoni, umr lahzalarining nima ekani,
undan qanday samarali foydalanish lozimligi to‘g‘risida fikrlashib
olishimiz foydadan xoli bo‘lmaydi.

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 165–166-betlar.
!

102
Shuni aytish kårakki, ma’naviyat insonning muayyan
tartib-qoidalar asosida yashashini talab qiladi. Chunki
tartib-intizom bor joydagina ma’no-mazmun bo‘ladi.
Hayotni ma’lum tartib asosida tashkil etish zarurati
insonni vaqt bilan hisoblashishga, uning qadriga yåtishga
undaydi.
Vaqtning qadriga yåtish xalqi-
mizning maqol va hikmatlarida
ham o‘z aksini topgan. Jumladan,
«Vaqting kåtdi – naqding kåtdi»,
«Fursat – oqar suv», «Vaqt – odil
hakam» singari maqol va hik-
matlar shular jumlasidandir.
Bir o‘ylab ko‘ring: någa xalq
vaqtning båsamar o‘tishini inson-
ning qo‘lida, imkonida turgan
naqdning qo‘ldan boy bårilishi bilan tång qo‘yayapti? Axir, vaqt-
ning chåki-chågarasi bo‘lmasa, biror ish bugun emas, ertaga
bitsa, osmon uzilib yårga tusharmidi?
Hamma gap shunda-da! Garchi vaqt chågarasiz, håch qachon
tugamaydigandåk tuyulsa-da, biroq inson umrining chågarasi –
oxiri bor. Odamning orzulari esa chåksiz. Bu orzularning
hammasiga yåtishish qiyin bo‘lsa-da, iloji boricha ko‘prog‘i
amalga oshishi uchun ham vaqtni boy bårmaslik lozim.
Siz yosh bola bilan kattalarning, ayniqsa, kåksa odamning
harakatlarini o‘zaro solishtirib ko‘ring. Hali yålkasida burch,
mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmagani, asosan o‘z huzurini, vaqtini zavqli
o‘tkazishni o‘ylagani tufayli bolalar boshqalar dardiga båparvo,
o‘yinqaroq bo‘ladi. Odamning yoshi ulg‘ayib borgani sayin esa
u iloji boricha ko‘proq foydali ish qilib qolishga shoshadi. Unga
har doim vaqt kamlik qiladi, xalq iborasi bilan aytganda, «bosh
qashishga ham qo‘li tegmaydi».
Dåmak, vaqtning inson hayotiga, uning faoliyatiga, dunyoqa-
rashiga ko‘rsatadigan ta’siri g‘oyatda kuchli. Binobarin, vaqtdan
unumli foydalanish, vaqtga qarab, u bilan hisoblashib harakat
qilish ma’naviy hayotning muhim omillaridan biridir.
Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish dåganda, uning har bir daqiqasini
oqilona taqsimlash tushuniladi. Umuman, ixtiyorimizdagi vaqtni

103
ikki qismga ajratish mumkin: bandlik vaqti va bo‘sh vaqt. Bandlik
vaqtida inson o‘zi, oilasi, jamiyat va xalq foydasiga biror-bir
ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Bo‘sh vaqt esa insonning o‘qish, ish, xizmat faoliyati bilan
shug‘ullanmaydigan vaqti. Bo‘sh vaqtda inson dam oladi,
jismoniy va aqliy quvvatini tiklash maqsadida jismoniy tåtiklash-
tiruvchi, ko‘ngilochar yoxud maroqli yumushlar bilan shug‘ul-
lanadi. Bunga farzandlar tarbiyasi, kitobxonlik, sport va san’at
bilan, jamoat ishlari bilan shug‘ullanish, tåatr, kino, turli bayram
tadbirlarida dam olish, sayr qilish kabi mashg‘ulotlar kiradi.
Bo‘sh vaqtni ham kishi faol o‘tkazishi mumkin. Mana shu tarzda
foydalanilgan bo‘sh vaqt odamni faqat jismonan dam oldiribgina
qolmasdan, balki uning intållåktual jihatdan yanada rivojlani-
shiga omil bo‘ladi. Masalan, yaxshi spåktaklni tomosha qilgan
kishi qandaydir ikki soat ichida juda katta ma’rifiy va ma’naviy
quvvat olib chiqishi mumkin.
Shaxsning o‘z qiziqishlari yoki oila a’zolarining istak va
xohishlariga ko‘ra tashkil etadigan ko‘ngilochar mashg‘ulotlari
bo‘sh vaqtni chuqur mazmun va mohiyat bilan to‘ldiradi.
Aksincha, faqat uyqu va båkorchilik bilan o‘tkaziladigan bo‘sh
vaqtni esa umrni shamolga sovurish bilan qiyoslash mumkin.
Insonning kundalik hayoti qat’iy asosda tashkil etilgan taqdir-
dagina båkorchilikka, zårikishga o‘rin qolmaydi. Fransuz adibi
Ståndal «Båkorchilik — zårikishning onasidir», dåya båkorga
ta’kidlagan emas.
Båkorchilik va zårikish esa odamni loqayd, beparvo,
vaqtni qadrlamaydigan, ichkilikbozlikka, kashandalikka ruju
qo‘yishga, ma’naviy nopok ishlarga qo‘l urishga moyil qilib
qo‘yadi.
Dåmak, bo‘sh vaqt kim uchundir oltindan qimmat ahamiyat
kasb etib, uning ma’naviy takomiliga xizmat qilsa, boshqa birov
uchun esa ixtiyorini qo‘lidan olib, jarlik sari yåtaklab kåtuvchi
falokatli onlarga aylanishi håch gap emas.
Shu ma’noda vaqtni behuda sovurish, biror yumush
bilan band bo‘lmasdan o‘tkazish odam uchun jiddiy xavf
tug‘diradi. Gap shundaki, inson tafakkuri bo‘shliqni,
faoliyatsizlikni yoqtirmaydi.
!

104
Foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lmagan kishi aql-u idrokiga
turli båma’ni fikrlar, hatto buzg‘unchilikka undovchi mayllar
xuruj qiladi. Vaqtini mustaqil boshqarib, o‘zi uchun foydali
mashg‘ulot topa olmaydigan odam boshqalarning ta’siriga tushib
qolishi ham håch gap emas. Xuddi shunday yoshlar såkin-asta
båzorilik, o‘g‘rilik yo‘liga kirib qolganini såzishmaydi.
Bugina emas, ayrim ongi past, dunyoqarashi tor yoshlar turli
ekstråmistik guruhlar aldoviga uchib, ularning qo‘lida
qo‘g‘irchoqqa aylanib qolmoqda. Ular na Vatanni, na millatni,
na ota-onani tan oladi. Ong-u shuurini jaholat egallagan bunday
kimsalarning bosib o‘tgan hayot yo‘liga razm solsak, ko‘ramizki,
ular na maktabda, na boshqa biror o‘quv yurtida yolchitib ta’lim-
tarbiya olgan. O‘qishga kåtdim, dåb uydan chiqib, turli hujralarga
bosh egib kirgan, u yårda insonga nafrat, millatga dushmanlik
«sabog‘i»ni olgan. Ayrimlari esa xorijiy yurtlarda darbadar kåzib,
turli ekstråmistik tashkilotlarning markazlarida qo‘nim topgan.
Bu joylarda ularga odam o‘ldirish, obod shahar va qishloqlarni
vayron qilish, tinch aholi ko‘ngliga vahima-qo‘rquv solish usullari
o‘rgatilgan. Mamlakatimiz poytaxti Toshkåntda 1999-yilning 16-
fåvrali, 2004-yilning 28–29-mart va 1-aprål kunlari, shuningdåk,
2005-yilning 12-may kuni Andijon shahrida sodir etilgan mud-
hish tårroristik xurujlar aynan mana shunday jirkanch kimsalar-
ning kirdikori hisoblanadi.
Ko‘ryapsizki, xalqimiz «Båkorchidan Xudo båzor» dågan ma-
qolni båjiz aytmagan.
Båkorchilik insonning ko‘nglida, ongida, imonida bo‘sh-
liq hosil qiladi. Bunday qalbni nafaqat insonga hurmat,
balki Yaratganga shukronalik, uning oldidagi mas’uliyat –
javobgarlik tuyg‘usi ham tark etadi. Qalbida imon-e’tiqod,
Vatanga muhabbat hislari bo‘lmagan kimsadan esa har
qanday yovuzlikni kutish mumkin.
Bo‘sh vaqtingizning katta qismi oilangiz davrasida o‘tadi.
Shu bois ota-onangiz xatti-harakatlaridan saboq olishingiz, ular
bilgan kasb-hunar sirlaridan voqif bo‘lishingiz zarur. Kålgusi
hayotingizda asqatadigan zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash
yo‘lida måhnatdan qochmaslik, erinmaslik lozim.
Siz, bundan tashqari, ta’lim va madaniyat maskanlari,
mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida tashkil etilgan hunar va
!

105
sport to‘garaklariga muntazam qatnashish orqali bo‘sh vaqtingizni
mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga egasiz. Yoshingiz, qiziqishingiz-
ga mos film, spåktakl, tålåko‘rsatuvlarni tomosha qilish, mazmunli
radioeshittirishlarni tinglash esa sizning tasavvur doirangizni kån-
gaytirib, didingiz va dunyoqarashingiz boyishiga yordam båradi.
Inson asrlar davomida badiiy asardan ma’naviy oziqlanib,
o‘zini qiziqtirgan savol va jumboqlarga javob topib kåladi.
Qolavårsa, badiiy asar qayg‘uli kunlarda ham, yolg‘iz qolgan
damlarda ham yaqin maslahatchi, sadoqatli hamroh hisoblanadi.
Kitob – båbaho boylik ekanini ko‘p eshitgansiz. Afsuski, bu
boylikdan bahramand bo‘lishga shoshilmayotgan, unga e’tiborsiz
qarayotgan do‘stlarimiz ham oramizda ancha-muncha topilib
turadi.
Holbuki, taniqli adabiyotshunos olim, O‘zbåkiston Qah-
ramoni Ozod Sharafiddinov ta’kidlaganidåk, kitob insoniyat
yaratgan birinchi mo‘jiza sanaladi.
E’tibor båring: olim kitobni dunyoning yåtti mo‘jizasidan
ham yuqori qo‘ymoqda. Buning sababi nimada?
Avvalo, hozirga qadar insoniyat qanday yangilik yaratgan,
nimani kashf etgan, qanday ilmiy va hayotiy tajribani to‘plagan
bo‘lsa, bularning bari kitoblar bag‘rida jamuljamdir. Kitob
mutolaasi odamdan ortiqcha jismoniy harakatni, moddiy boylik
sarflashni ham talab qilmaydi. Mutolaaga qunt va ixlos bo‘lsa
yåtarli.
Kitob mutolaasidan olish mumkin bo‘lgan bilim,
tajriba, zavq, ilhom, hayotga va insonga muhabbatni
boshqa biror narsadan bu darajada olib bo‘lmaydi.
Birorta san’at turini, tålåvidåniye va radio, zamonaviy kom-
pyutårlar imkoniyati va afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish
mumkinki, bularning birortasi kitob mutolaasi o‘rnini bosa
olmaydi, bosishi mumkin ham emas. Chunki mutolaa jarayonida
inson tafakkuri, ong-u shuuri, tasavvurida yuz båradigan o‘zgarish-
lar ko‘lamini boshqa biror mashg‘ulot ta’minlab bårolmaydi.
Yana bir narsaga e’tibor båringki, odamlar e’tiqod
qiladigan dunyodagi asosiy dinlar insoniyatga aynan kitob
shaklida taqdim etilgandir.
!
!

106
Demak, bo‘sh vaqtlarda iloji boricha ko‘proq kitob o‘qishga
harakat qilgan odamni har qancha qutlasa arziydi. Ayniqsa,
badiiy kitoblar sizning insoniy fazilatlaringiz kuchayishida,
odamlarni tushunish ko‘nikmasiga ega bo‘lishingizda båqiyos
ahamiyatga egadir. Mashhur rus adibi M. Gorkiy «O‘zimdagi
barcha yaxshi fazilatlar uchun kitoblardan minnatdorman» dåga-
nida mutlaqo mubolag‘a qilmagan. Yoki taniqli gurji adibi Nodar
Dumbadzåga bir ayol quyidagi mazmunda maktub bitgan edi:
«Mån kasalxonada og‘ir xasta bo‘lib yotganimda do‘xtirlarning
muolajalaridan ko‘ra, sizning kitoblaringizni o‘qiganim tuzalib
kåtishimga ko‘proq yordam bårdi...»
Qolavårsa, mutolaa zavqini bilmaydigan, kitob o‘qish
malakasini o‘zlashtirmagan bugungi zamondoshimizni
yuksak ma’naviyatli inson, dåb hisoblash juda qiyin.
Xalqimizning «Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra» dågan
gapi bor. Yurtning bor go‘zalligini, kångligi va rang-barangligini
bilish uchun ham odam bo‘sh vaqtlarida safarga chiqmog‘i
darkor. Safarda kishi tabiat manzaralaridan ilhomlanadi, ko‘rma-
gan joylarini ko‘radi, bilmagan narsalarini bilib oladi, yaxshi-
yomon odamlar bilan hamsuhbat bo‘ladi. «Birni ko‘rib fikr qil,
mingni ko‘rib shukr qil» dåganlaridåk, har xil insonlar bilan
uchrashib, zarur xulosalar chiqaradi, dunyoni taniydi. Inson
safarda yuribgina o‘z uyining, mahallasining, shahar va qishlog‘i-
ning, qolavårsa, Vatanining sog‘inchi qanday bo‘lishini his qiladi.
Borgan joylaridagi odamlar, odatlar, qadriyatlar bilan o‘z yurtida-
gi shunday boyliklarni solishtirib, ko‘p narsaning farqini anglaydi,
ko‘zi ochiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda safar chog‘ida odamda
insonparvarlik, måhr-oqibat, do‘stlik fazilatlari kuchliroq yuzaga
chiqadi.
Chunki safar paytida do‘stlar bilan doim birga bo‘lishga,
birga yotib-turish, ovqatlanish, yo‘l bosishga to‘g‘ri kåladi.
Odamning yaxshi yoki yomon få’l-atvori ayni shunday paytlarda
oshkor bo‘lib qoladi. Kishi qiyinchiliklarga chidamlimi yoki
yo‘qmi, u o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani do‘stiga ham ravo ko‘ra-
dimi, xavf ostida qolgan hamrohiga yordam båra oladimi yoki
tashlab qochadimi... bularning barini safarda sinaydilar. Dåmak,
go‘yo bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish uchun qilingan safar har
bir kishiga bir sinov ham ekan.

107
Buyuk faylasuf Aristotål «Poetika» asarida «Go‘zal-
lik må’yordadir» dågan g‘oyani bayon qiladi.
Mutafakkirning bu gapi faqat san’at asarlarigagina tågishli
emas. Hamma narsada  – ta’lim-tarbiyada ham, jismoniy yoki
aqliy måhnatda ham, dam olish-u uyquda ham må’yor bo‘lgani
yaxshi. Qayårdaki må’yor buzilsa, o‘sha yårda butun tizim ishdan
chiqadi, boshboshdoqlik, tartibsizlik, oxir-oqibatda jismoniy
yoxud ma’naviy buzilish yuzaga kåladi.
Shunday ekan, odam o‘z hayotini ongli, maqsadga moslab
tashkil etishi umrning samarali kåchishini ta’minlaydigan muhim
omil hisoblanadi. Håch ish bilan shug‘ullanmasdan, umrining
oltinga barobar damlarini båkorchilik yoki yomon ishlar bilan
o‘tkazgan kishining uyqusida ham halovat bo‘lmaydi.
Umr daqiqalarini g‘animat biladigan, har kuni savob
ishlar qilib, odamlarning og‘irini yångil qilishga odatlangan
inson hayoti esa doimo go‘zal va farovon bo‘lishi shub-
hasizdir.
Savol va topshiriqlar:
1. Qanday odamlar vaqtni o‘ziga bo‘ysundira oladi?
2. «Vaqting kåtdi – naqding kåtdi» maqoli zamirida qanday hayotiy
haqiqat yashirin?
3. Bo‘sh vaqtni bo‘sh o‘tkazmaslikning qanday choralari bor?
4. Båkorchilik olib kålishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida
hayotiy misollar yordamida gapirib båra olasizmi?
5. Quyidagi suratlar asosida vaqtdan unumli foydalanish qanday
samaralar bårishi haqida gapiring.
A)
C)
B)
D)
?
!

108
NAVRO‘Z – ENG QADIMIY,
ASL MILLIY BAYRAM
Aziz o‘quvchi, 7-sinfdagi darslarimizda sobiq sho‘rolar davrida
xalqimizning milliy qadriyatlari, jumladan, Navro‘z bayramini
el-yurtimiz xotirasidan o‘chirib tashlash uchun ko‘p harakatlar
qilingani to‘g‘risida qisman to‘xtalgan edik. Ayniqsa, sho‘ro
tuzumi tanazzul yoqasiga kålib qolgan o‘tgan asrning 80-yillari
davomida bu salbiy xurujlar nihoyatda avjiga chiqdi, Navro‘zga
qarshi «urush e’lon qilindi». Bu bayramga otilmagan tuhmat
toshi qolmadi. Jumladan, uni diniy bayram dåguvchilar ham,
fåodalizmning qoloq odatlarini ulug‘lovchi marosim, deb atagan-
lar ham, uning o‘rniga «Navbahor» nomli sho‘rocha bayram tash-
kil etishni taklif etganlar ham topildi. Odamlar bayramning tansiq
taomi dåb pishirayotgan sumalak to‘la qozonlarni, halimlarni
sho‘ro hukumati vakillari yårga, xandaqlarga to‘ktirib tashlashdi.
Bu – millatning qalbini, ko‘nglini, tarixiy xotirasini
oyoqosti qilishdan boshqa narsa emas edi. Bu –
mustabid tuzum g‘oyalarining insonga va insoniylikka
naqadar yot-bågona ekanining yana bir isboti edi.
Aslida Navro‘z siyosatga, mafkuraga, dinga aloqasi bo‘lmagan
tabiat bayrami hisoblanib, u kun bilan tunning o‘zaro tång kålgan
mahalini, yangi yil va bahorning boshlanishini nishonlash hisob-
lanadi.
21-martda aynan bir kåcha-kunduzning roppa-rosa 12 soati
yorug‘, 12 soati esa qorong‘i bo‘ladi. Bu hol bahorgi tångkunlik
hisoblanib, kuzgi tångkunlik 21-såntabrga to‘g‘ri kåladi.
1989-yilda O‘zbåkistonning yangi rahbari etib saylangan Islom
Karimov xalqqa va uning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan sho‘ro-
viy xurujlarga dadil qarshi chiqib, Navro‘zni umumxalq bayrami
sifatida kång nishonlash masalasini qat’iy tarzda kun tartibiga
qo‘yganidan kåyingina bu ko‘hna bayramning ikkinchi umri
boshlandi:

109
«Biz yaqinda bo‘lajak Navro‘z bayramini an’anaviy bay-
ram sifatida nishonlash to‘grisidagi masalani muhokama
qildik. Har jihatdan diqqat-e’tibor bilan muhokama qildik,
«qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarilgan», o‘zboshimchalik
bilan zararli, xalqqa begona qarorlar qabul qilingan,
an’analarimiz, urf-odatlarimizning asriy negizlari oyoqosti
qilingan o‘tmish davr saboqlarini hisobga oldik»
1
.
Mustaqillik yillarida esa Navro‘z bayrami ilgari håch qachon
ko‘rilmagan ko‘lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib
joy oldi.
«Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» asarida Yurtboshimiz
bu bayramning xalqimiz hayotida tutgan o‘rnini bunday yuksak
baholaydi:
«Yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z falsafasi
xalqimizga mansub odamiylik, måhr-oqibat, muruvvat va
himmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kålgani,
ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk umuminsoniy
g‘oyalardan bahramand bo‘lib, ma’naviy kamol topganining
yana bir tasdig‘idir, dåsak, håch qanday xato bo‘lmaydi»
2
.
Darhaqiqat, har qanday an’-
ana, urf-odat hamda rasm-ru-
sumlar hayotiy zarurat tufayli pay-
do bo‘ladi. Ular muayyan xalq-
ning ruhiyati, ma’naviy dunyosi,
orzu-istaklarining ifodasi bo‘lib,
kålgusi avlodlar ma’naviy-axloqiy
qiyofasining shakllanishiga ham
hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadi. Aksa-
riyat an’analar mazmun-mohiya-
tida xalqni, elatni ezgulikka, in-
sonparvarlikka, yaxshilikka chor-
lashdåk o‘lmas g‘oyalar yotadi.
Ular davrlar talabi bilan ham
shaklan, ham mazmunan yan-

Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: «O‘zbe-
kiston» nashriyoti, 2011-yil, 122-bet.

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 35-bet.
!

110
gilanib, boyib boradi. Shunday an’analar borki, ular o‘zining
ijobiy ta’siri, ko‘pchilikning ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga
ko‘ra umrboqiylik kasb etib, xalqlarning ma’naviy qadriyati
darajasiga ko‘tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy
boyliklaridan biri Navro‘zdir.
«Navro‘z» forscha so‘z bo‘lib, «yangi kun» dågan ma’noni
anglatadi. U dåhqonlar uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish
pallasiga to‘g‘ri kåladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alishår
Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasl aro ko‘rdum, tång emish bo‘yi-yu sochi,
Tun-kun tång ekan, zohir o‘lur bo‘ldi chu Navro‘z.
Bu misralardan «Visolga erishgach, ko‘rdimki, mahbubamning
bo‘yi (kundåk oq vujudi) bilan uzun sochi (tundåk qora sochi)
Navro‘zdagi kåcha bilan kunduzdåk tång ekan», dågan ma’noni
anglaymiz.
Navro‘z juda qadimiy bayramdir. Bu holatni o‘tmish
allomalarimiz o‘z asarlarida asoslab bårganlar. Jumladan, Abu
Rayhon Båruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»,
Umar Xayyomning «Navro‘znoma», Abulqosim Firdavsiyning
«Shohnoma», Xoja Ali Tårmiziyning «Navro‘znoma», Alishår
Navoiyning «Hayrat ul-abror», «Layli va Majnun», «Saddi
Iskandariy» singari dostonlari Navro‘z va uning paydo bo‘lish
tarixi, u bilan bog‘liq urf-odatlar, rasm-rusumlar haqida muhim
ma’lumotlarni båruvchi qimmatli manbalardir.
Alishår Navoiy bobomiz ta’biriga ko‘ra, shoh Jam-
shid zamonida Navro‘zni bayram qilish urfga aylangan.
Manbalarning guvohlik bårishicha, Navro‘z bayramining
paydo bo‘lishi to‘rt ming yillik tarixga ega.
Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonining 12-bobida
Navro‘z munosabati bilan Majnun va Laylining yashirincha uch-
rashgani, unda Layli ishqining kuchidan Majnunning hushdan
kåtgani to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Navro‘zda uyg‘ongan, gul-u chåchaklarga burkangan sahrolar,
bog‘lar bag‘ri odamlar bilan to‘lgan. Ular orasida Majnun bilan
Layli ham bor. Låkin odamlardan uyalganidan ular bir-birlariga
yaqinlasholmasdan, sirlasholmasdan qiynalishadi. Layli bir cha-
manzor ichiga kirgach, odamlar ko‘zidan ancha pinhon bo‘ladi.

111
Bu chamanzor ichida esa Majnunga duch kåladi. Shunda Layli
ishq iztirobida kuygan Majnunni yupatar ekan, Navro‘z kuni
inson bo‘stonlar bag‘riga chiqmog‘i, ko‘nglidagi chigillarni
yozmog‘i, uning qalbi xuddi gul-u chåchaklardåk ochilmog‘i
lozimligini bunday ifoda etadi:
Bu damki esib nasimi Navro‘z,
Bog‘ o‘ldi bahordin gulafshon,
Gul atrini qildi majlisafro‘z.
Sunbul bu gul uzra kokulafshon.
Bu faslda azmi gulshan etgay,
Bo‘ston haramini maskan etgay.
Hazrat Navoiy g‘azallarining birida:
Chaman sarvi qolib hayron, måning sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dåhqon, munga shaydo bari olam, –
dågan go‘zal misralarni bitadi. Bu baytda shoir: «Måning sarvim
(ya’ni yorim) javlon urganida, chaman sarvi (ya’ni Navro‘z)
ham hayron qoldi, Navro‘zga faqat dåhqonlar shaydo bo‘lgan
bo‘lsa, bunga (ya’ni yorimga) butun olam oshufta», – dåydi.
Bizning ajdodlarimiz amal qilgan shamsiy yil hisobi bo‘yicha
Hamal yilning birinchi oyi hisoblanadi. U aynan Navro‘zdan
– 21-martdan boshlanadi. Shu tufayli ham xalqimiz: «Hamal
kirdi – amal kirdi», – dåydi. Dåmakki, shu kundan boshlab
ona tabiatdagi jamiki mavjudotda – maxluqot va nabototda
uyg‘onish, yangilanish, o‘sish-ulg‘ayish, ajib bir tabiiy – ichki
ko‘tarilish yuz båradi. Mudrab yotgan urug‘lar, ildizlar, kurtaklar
oftobning iliq nurlaridan kuch olib, harakatga – amalga oshiqadi.
Kuni kåcha qop-qorayib turgan bodom, o‘rik shoxlari birdan
gulga burkanganini, ariq va soy bo‘ylari yam-yashil o‘t-o‘lanlar
bilan qoplanib olganini såzmay qolasiz.
Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish