Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari 8-sinf


V.Dars yakunlarini chiqarish



Download 0,7 Mb.
bet13/13
Sana18.04.2020
Hajmi0,7 Mb.
#45786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-sinf milliy g'oya konspekt


V.Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

VI. Uyga vazifa:

O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

O’IBDO’ _____________ T.O’ralov

Sana “ ”_____________________20___-yil.

Fan: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari

Mavzu: Xotira – ulug’ qadriyat (9-may ma’ruzasi)


O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiyasi:

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish;

mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning maqsadi: o‘quvchilarni 8-sinfga mo‘ljallangan ,,Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Tarbiyaviy; Milliy istiqlol g’oyasi faniga mehr o’yg’otish

Dars turi: Yangi bilimlar berish

I.Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomadni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni tekshirish.

Dars materiallari va jihozlari:

1.,, Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi. .

2.,,Mavzuga oid chizmalar

3.Doska, bo‘r, daftar.

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

Asosiy tushuncha va ma’lumotlar

0‘z ajdodlarini — yetti pushtini, oilasi, mahallasi, shahri yoki qishlogi o‘tmishini, Vatani tarixini bilmaydigan odamni ildizidan ajralgan daraxtga qiyoslash mumkin. Ildizsiz daraxt o‘sib-unmagani, albatta qurib bitishi tayin boigani singari, tarixiy xotiradan judo boigan odamning kelajagi ham samarasizdir.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash

1. Mustaqillik yillarida qayta tiklangan qanday xalq bayramlarini bilasiz?

2. Navro‘z bayramining xosiyati nimalarda ko‘rinadi?

3. Bahor nå’matlaridan yana qaysilarini bilasiz?

4. Bolalar o‘yinlaridan qaysisi sizga ko‘proq yoqadi? Siz yashaydigan joyda yana qanday o‘yinlar bor?

5. Sumalak va halimning inson salomatligini mustahkamlashdagi ahamiyati nimada?

6. Navro‘zning kishiga ruhiy, jismoniy, tarbiyaviy jihatdan kåltiradigan foydalarini izohlab båra olasizmi?

7. Navro‘z va tabiat in’omlariga bag‘ishlangan dåvoriy gazåta chiqaring.



III.Yangi dars bayoni:

Gap shundaki, mustaqillikka qadar barcha viloyat va tuman markazlarida «Noma’lum soldat qabri» dågan sun’iy nom ostidagi monumåntlar barpo qilingan, odamlar shu joylarga o‘zlari bilibbilmasdan sig‘inishar edi. Holbuki, Yurtboshimiz ta’kidlaganidåk, urushga kåtgan birorta odamning noma’lum bo‘lishi, uning ismi sharifi, u to‘g‘risidagi xotiralar yo‘qolib kåtishi aslida mumkin emas. Qolavårsa, mustaqillik yillari olib borilgan jiddiy izlanishlar tufayli avval «bådarak yo‘qolgan» dåb hisoblangan minglab nafar marhum yurtdoshlarimiz taqdiri aniqlandi – ular qaysi jangda va qachon halok bo‘lgani to‘g‘risidagi hujjatlar topildi.



«Ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma’naviy voqåa bo‘ldi»1.

Bir so‘z bilan aytganda, inson bolasi izsiz yo‘q bo‘lib kåtishi, «noma’lum soldat»ga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi.

Natijada Toshkånt shahrida, barcha viloyatlar va tumanlar markazlarida Xotira maydonlari, poytaxtimizdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida esa Shahidlar xotirasi xiyoboni bunyod etildi.

Yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kitobida 1937–1953-yillarda sobiq SSSR hududida amalga oshirilgan ommaviy qatag‘onlarning mudhish oqibatlariga alohida to‘xtalgan.

Mazkur kitobdan o‘qiymiz:

«Uning salbiy oqibatlarini o‘zimizga tasavvur etish uchun birgina O‘zbåkiston bo‘yicha qariyb 100 ming kishi qatag‘ onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya. Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan dåyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha odamlarning o‘z oilasidan judo bo‘lgani, ayollar båvalikka, go‘daklar yåtimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dåhqonlarning quloq sifatida olis o‘lkalarga surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi» .

Aziz o‘quvchi, bir narsani yaxshi bilingki, sho‘ro davlatining yåtmish to‘rt yillik tarixini chåksiz zo‘ravonliklar, oshkora yoxud pinhona qatag‘onlar tarixi, dåb ham båmalol atash mumkin. Chunki 1917-yilning oktabr oyida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan boshlangan xunråzliklar kåyin ham u yoki bu shakllarda muntazam davom etgan. Xalq ustidan yagona partiya hukmronligini o‘rnatgan bu davlat o‘tgan asrning 30-yillarida ham, 40–50-yillarida ham, nihoyat 80- yillarida ham turli ko‘rinishdagi qatag‘onlarni amalga oshirgan.

Agar Ikkinchi jahon urushidan kåyingi – 1948–1953-yillarda chop etilgan gazåtalarni varaqlasak, O‘zbåkistonda 5–10 kilogramm paxta nobud bo‘lgani, yarim gåktar paxta maydonini suv yoki o‘t bosgani uchun ham odamlar qamoqqa tashlanganining, ularning aksariyati oilasiga boshqa qaytib kålmaganining guvohi bo‘lamiz.

Shukrki, Yurtboshimiz rahbarligida mamlakatimiz istiqlolga erishgach, bu adolatsizliklarga, xo‘rlovlarga ham qat’iy chåk qo‘- yildi. Båayb jazolangan kishilar o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi, ularning pok nomlari oqlandi. Bågunoh qurbon bo‘lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish borasida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirildi.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1. Tarix darslaridan sho‘ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag‘onlar to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘ldingiz?

2. Sobiq sho‘rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma’naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo‘yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?

3. O‘tganlarni xotirlash – ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chågaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, dåb o‘ylaysiz?

4. Mahallangizda, qishlog‘ingizda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan qariyalar bormi? Ulardan qanday hikoyalar eshitgansiz?

5. Insonning avlodlar xotirasida abadiy qolishi nimalarga bog‘liq ekani to‘g‘risidagi fikringiz bilan o‘rtoqlashing.


V. Dars yakunlarini chiqarish:O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

O’IBDO’ ______________ T.O’ralov

Sana “ ”_____________________20___-yil.

Fan: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari

Mavzu: Yakuniy va umumlashtiruvchi dars


O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiyasi:

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish;

mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning maqsadi: o‘quvchilarni 8-sinfga mo‘ljallangan ,,Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Tarbiyaviy; Milliy istiqlol g’oyasi faniga mehr o’yg’otish

Dars turi: Yangi bilimlar berish

I.Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomadni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni tekshirish.

Dars materiallari va jihozlari:

1.,, Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi. .

2.,,Mavzuga oid chizmalar

3.Doska, bo‘r, daftar.

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash

1. Tarix darslaridan sho‘ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag‘onlar to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘ldingiz?

2. Sobiq sho‘rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma’naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo‘yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?

3. O‘tganlarni xotirlash – ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chågaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, dåb o‘ylaysiz?

4. Mahallangizda, qishlog‘ingizda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan qariyalar bormi? Ulardan qanday hikoyalar eshitgansiz?

5. Insonning avlodlar xotirasida abadiy qolishi nimalarga bog‘liq ekani to‘g‘risidagi fikringiz bilan o‘rtoqlashing.



III.Yangi mavzuning bayoni

Aziz o‘quvchi, mana, bu o‘quv yili davomida «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani bo‘yicha mashg‘ulotlarimiz ham nihoyasiga yetmoqda. Shu davr mobaynida sizning yosliin- gizga yosh, bilimingizga yangi bilimlar qo‘shildi, tasavvurlaringiz kengaydi. Jumladan, mamlakatimiz va xalqimizni istiqlolga olib chiqqan, yurtimizni ozod va obod o‘lkaga aylantirishda, erkin va faro von hayot barpo etishda muhim omil bo‘lgan milliy g‘oya- mizning mazmun-mohiyatiga yanada chuqurroq kirib bordingiz.

Milliy g‘oya va ma’naviyatning qadimiy ildizlarga ega ekani, bu tushunchalar shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning oliyjanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini o‘zida mujassam etganini yaqindan his qildingiz.

Milliy g‘oyaning negizini tashkil qiladigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy ham-korlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag'rikenglik, milliy o‘zlikni, insonni anglash singari tushunchalar mamla- katimizda tinchlik va xotirjamlikni saqlash, o‘zaro hamjihat- likni mustahkamlash, respublikamizni iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy jihatdan yuksaltirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishini tushunib, anglab bormoqdasiz.

Darslar davomida yuksak ma’naviyat jamiyat va millat ravna- qining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishiga doir bilimla- ringiz, tasavvurlaringiz ham birmuncha boyidi. Jumladan, qonunga itoat qilish, inson huquq va erkinliklariga hurmat ko‘rsatish biz barpo etayotgan, erkin demokratik jamiyatning ajralmas xususiyati ekaniga iqror bo‘ldingiz.

Mazkur qadriyatlar hayotimizning, dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylanishida Prezidentimiz Islom Karimov faoliyati qanchalar muhim ahamiyatga ega boiganini siz «0‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobidan bilib oldingiz.

Inson ma’naviyatining muhim belgisi hisoblangan Vatanga muhabbat, el-yurtga sadoqat, do‘stlik, vafodorlik tushunchalari, ona tabiatni asrash madaniyati, vaqtning qadriga yetish singari ma’naviy omillar hayotimizni to‘g‘ri tashkil etish va mazmunli o‘tkazishda naqadar muhim ahamiyat kasb etishini chuqur angladingiz.

Guvohi bo‘lganingizdek, Yurtbosliimizning tashabbusi, uzoqni ko‘zlab olib borgan keng ko‘lamli islilari tufayli xalqimizning sho‘ro davrida poymol etilgan tarixiy xotirasini tiklash, unutila- yozgan noyob qadriyatlarini hayotga qaytarish, milliy va diniy bayramlarimizni emin-erkin nishonlashga doir tom ma’noda tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga osliirildi.

Prezidentimiz o‘zining «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobida quyidagi muhim masalaga ham siz-u bizning e’tiborimizni jalb qiladi:

«Ma’naviy yuksalishga erishish — bu bir yillik yoki besh-o‘n yillik ish emas. Xalq, millat o‘z milliy ma’na- viyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon boiib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo‘yiladigan talablar ham muttasil paydo bo‘laveradi»1.



Shunday ekan, aziz o‘quvchi, siz bilan biz milliy g‘oya to‘g‘risidagi tushunchalarimizni shu tezkor zamonga mos tarzda boyitib, kengaytirib bormog‘imiz, ma’naviy olamimizni esa obod etish, uni turli tahdidlardan mustalikam liimoya qilish yo‘lida muntazam izlanmog‘imiz talab etiladi. Bu ezgu niyatlar yo‘lida sizga kuch-quvvat, intilish va azm-u shijoat doimo hamroh bo‘lsin!

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2.. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.

V. Dars yakunlarini chiqarish:O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

O’IBDO’ ______________ T.O’ralov


[]


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish