Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari 8-sinf


V. Dars yakunlarini chiqarish



Download 0,7 Mb.
bet11/13
Sana18.04.2020
Hajmi0,7 Mb.
#45786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-sinf milliy g'oya konspekt


V. Dars yakunlarini chiqarish:O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

O’IBDO’ ______________ T.O’ralov
Sana “ ”_____________________20___-yil.

Fan: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari

Mavzu: Vaqtni qadrlash – ma'naviyat mezoni


O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiyasi:

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish;

mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning maqsadi: o‘quvchilarni 8-sinfga mo‘ljallangan ,,Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Tarbiyaviy; Milliy istiqlol g’oyasi faniga mehr o’yg’otish

Dars turi: Yangi bilimlar berish

I.Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomadni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni tekshirish.

Dars materiallari va jihozlari:

1.,, Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi. .

2.,,Mavzuga oid chizmalar

3.Doska, bo‘r, daftar.

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

Asosiy tushuncha va ma’lumotlar

«0‘tmish bilan faxrlanish kerak, iftixor qilish zarur, lekin biz faqat shu bilangina chegaralanib qolishimiz mumkin emas. Sababi — faqat o‘tmish obro‘si bilan yashab boimaydi» .

II.O’tgan mavzuni takrorlash

III.Yangi dars bayoni:

Hurmatli o‘quvchi, Yurtboshimiz siz-u bizga — yosh avlodga qarata aytgan g‘oyat ibratli fikrlar bilan, keling, suhbatimizni boshlaymiz:

«Har bir avlod tarixning o‘ziga tegishli sahifasini o‘zi yozishi kerak*1.

Prezidentimizning bu chaqirig‘i zamirida nihoyatda katta, zalvorli ma’no-maqsad mujassam. Awalgi darslarimizda ta’kidla- ganimizdek, bizning o‘tmish mutafakkirlarimiz, ulug‘ allomalari- miz, buyuk sarkardalarimiz tarix o‘zlari uchun ajratgan saliifalami oltin harflar bilan to‘ldirib, nafaqat bizga, balki butun insoniyatga asqotadigan buyuk kashfiyotlami — ilmiy, madaniy, ma’naviy boyliklami yaratishgan. Davlatcliilikni taslikil etish va uni bosh- qarish bilan bog‘liq noyob tajribalami ham qoldirishgan. Bu juda boy meros bilan har qancha faxrlansak, g‘urur-iftixor qilsak arziydi, albatta. Ayni vaqtda masalaning boshqa jihati ham bor. Bu borada Yurtbosliimiz bugungi avlod, jumladan, o‘sib kelayot¬gan yoshlarimiz e’tiborini quyidagi muhim masalaga qaratadi:

O/# «0‘tmish bilan faxrlanish kerak, iftixor qilish zarur, lekin biz faqat shu bilangina chegaralanib qolishimiz mumkin emas. Sababi — faqat o‘tmish obro‘si bilan yashab boimaydi» .

Demak, har bir avlod o‘lmas qadriyatlami asrab-avaylash, ularga sodiq bo‘lish bilan birga, bu qadriyatlami yanada boyitish, millat va mamlakat rivoji uchun zarur bo‘lgan ko‘pdan ko‘p yumuslilami bajarish yo‘lida jonbozlik, fidokorlik ko‘rsatislii talab etiladi. Chunki, bugungi taraqqiyot, tezkor zamon yosh avlodimiz

oldiga ham ko‘plab muammolami, talablami qo‘ymoqda. Mana shu talablarga mos harakat qilish, mamlakatimiz iqtisodini, ijti- moiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarini rivojlantirish mas’uliyati vaqtdan, o‘tayotgan har bir kundan unumli foydalanislini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobining «Eng buyuk jasorat» deb nomlangan qismida Prezi-dentimiz ayni masalaga doir quyidagi muhim fikmi ilgari suradi:

Qu «Menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsad- lar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish

— haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo‘lar edim»1.

Akademik shoir G‘afur G‘ulom esa o‘zining «Vaqt» she’rida:

Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so ‘raydi qadrin.

Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chog'idir umr daftarin, —

deb yozgan edi. «Umr daftari» degan ibora juda katta ma’noga ega.

mu Har bir avlod singari, har bir insonning ham umr daftari bo‘ladi. Ayni daftarni «shoh satrlar» — ezgu ishlar, yaxshi- liklar bilan bezash o‘zimizning qo‘limizdadir. Bunda fursatni g‘animat bilmoq, vaqtni qadrlamoq nihoyatda muhim.

Xo‘sh, shoir nega vaqtga — fursatga bu qadar urg‘u beryapti, uni «aziz onlar» deya ta’riflayapti?

Agar ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, hozircha siz umming qadri va qimmatini tola anglab yetishingiz qiyin. Buning iloji ham yo‘q. Chunki, ayni pallada sizga umming cheki-chegarasi be- poyondek, hali hamma narsa oldindadek tuyulishi tabiiy holdir. Shunday bo‘lsa-da, vaqt mezoni, umr lahzalarining nima ekani, undan qanday samarali foydalanish lozimligi to‘g‘risida fikrlasliib olishimiz foydadan xoli bo‘lmaydi.

Shuni aytish kerakki, ma’naviyat insonning muayyan tartib-qoidalar asosida yashashini talab qiladi. Chunki tartib-intizom bor joydagina ma’no-mazmun boiadi. Hayotni ma’lum tartib asosida tashkil etish zarurati insonni vaqt bilan hisoblashishga, uning qadriga yetishga undaydi.

Vaqtning qadriga yetish xalqi¬mizning maqol va hikmatlarida ham o‘z aksini topgan. Jumladan, «Vaqting ketdi — naqding ketdi», «Fursat — oqar suv», «Vaqt — odil hakam» singari maqol va hik- matlar shular jumlasidandir.

Bir o‘ylab ko‘ring: nega xalq vaqtning besamar o‘tishini inson¬ning qo‘lida, imkonida turgan naqdning qo‘ldan boy berilishi bilan teng qo‘yayapti? Axir, vaqt¬ning cheki-chegarasi bo‘lmasa, biror ish bugun emas, ertaga bitsa, osmon uzilib yerga tusharmidi?

Hamma gap shunda-da! Garclii vaqt chegarasiz, hech qachon tugamaydigandek tuyulsa-da, biroq inson umrining chegarasi — oxiri bor. Odamning orzulari esa cheksiz. Bu orzularning hammasiga yetishish qiyin bo‘lsa-da, iloji boricha ko‘prog‘i amalga oshishi uchun ham vaqtni boy bermaslik lozim.

Siz yosh bola bilan kattalaming, ayniqsa, keksa odamning harakatlarini o‘zaro solishtirib ko‘ring. Hali yelkasida burch, mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmagani, asosan o‘z huzurini, vaqtini zavqli o‘tkazishni o‘ylagani tufayli bolalar boshqalar dardiga beparvo, o‘yinqaroq bo‘ladi. Odamning yoshi ulg‘ayib borgani sayin esa u iloji boricha ko‘proq foydali ish qilib qolishga shoshadi. Unga har doim vaqt kamlik qiladi, xalq iborasi bilan aytganda, «bosh qasliishga ham qo‘li tegmaydi».

Demak, vaqtning inson hayotiga, uning faoliyatiga, dunyoqa- rasliiga ko‘rsatadigan ta’siri g‘oyatda kuchli. Binobarin, vaqtdan unumli foydalanish, vaqtga qarab, u bilan hisoblashib harakat qilish ma’naviy hayotning muhim omillaridan biridir.

Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish deganda, uning har bir daqiqasini oqilona taqsimlash tushuniladi. Umuman, ixtiyorimizdagi vaqtni ikki qismga ajratish mumkin: bandlik vaqti va bo‘sh vaqt. Bandlik vaqtida inson o‘zi, oilasi, jamiyat va xalq foydasiga biror-bir ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Bo‘sh vaqt esa insonning o‘qish, ish, xizmat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vaqti. Bo‘sh vaqtda inson dam oladi, jismoniy va aqliy quwatini tiklash maqsadida jismoniy tetiklash- tiruvclii, ko‘ngilochar yoxud maroqli yumushlar bilan shug‘ul- lanadi. Bunga farzandlar tarbiyasi, kitobxonlik, sport va san’at bilan, jamoat ishlari bilan shug‘ullanish, teatr, kino, turli bayram tadbirlarida dam olish, sayr qilish kabi mashg‘ulotlar kiradi. Bo‘sh vaqtni ham kishi faol o‘tkazishi mumkin. Mana shu tarzda foydalanilgan bo‘sh vaqt odamni faqat jismonan dam oldiribgina qolmasdan, balki uning intellektual jihatdan yanada rivojlani- shiga omil bo‘ladi. Masalan, yaxshi spektaklni tomosha qilgan kishi qandaydir ikki soat ichida juda katta ma’rifiy va ma’naviy quwat olib chiqishi mumkin.



IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1. Qanday odamlar vaqtni o‘ziga bo‘ysundira oladi?

2. «Vaqting kåtdi – naqding kåtdi» maqoli zamirida qanday hayotiy haqiqat yashirin?

3. Bo‘sh vaqtni bo‘sh o‘tkazmaslikning qanday choralari bor?

4. Båkorchilik olib kålishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida hayotiy misollar yordamida gapirib båra olasizmi?

V. Dars yakunlarini chiqarish:O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash

O’IBDO’ ____________ T.O’ralov
Sana “ ”_____________________20___-yil.

Fan: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari

Mavzu: Navro‘z – eng aziz, eng milliy bayram


O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiyasi:

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish;

mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.



Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish