Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari -sinf


III. Yangi mavzuning bayoni



Download 0,93 Mb.
bet107/154
Sana07.08.2021
Hajmi0,93 Mb.
#140703
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154
Bog'liq
9 sinf mig fanidan yillik dars ishlan

III. Yangi mavzuning bayoni.

MILLIY QADR1YATLAR MASKAM

Keyingi yillarda mahallalarimiz kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalar, yolg'iz keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, boquvchisini yo'qotgan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy kuchi bo'lib qoldi. Bu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan juda katta mablag' mahalla ixtiyoriga berilishi, uning adolatli taqsimlanishi borasida mahallaga ishonch bildirilishi ham uning obro'sini va mas'uliyatini yanada oshirdi. Uning mavqeyi va e'tibori yuksalishida 2003-yilning mamlakatimizda «Obod mahalla yili» deb e'lon qilinishi alohida muhim rol o'ynadi. Har yili Navro'z va Mustaqillik bayramlari arafasida tashkil qilinadigan umumxalq hasharidan tushadigan milliardlab mablag'lar ham Respublika «Mahalla» jamg'armasi, uning viloyat va tuman bo'limlari hisobiga o'tkazilib, mazkur mablag'lar kam ta'minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga, «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga yo'naltiriladi. Shuningdek, oilada ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish, madaniy turmush darajasini oshirish, barkamol avlodni shakllantirish maqsadida respublikamizdagi barcha mahalla oqsoqollarining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy masalalar bo'yicha maslahatchilari lavozimi joriy etildi. Bu degani qariyb o'n ming nafar ma'rifatli, hayot tajribasi boy opalarimiz va onalarimiz oilalarga ma'rifat nurini, yuksak ma'naviy qadriyatlarni muntazam olib kirish imkoniyatiga ega bo'ldi, deganidir.

Bugungi kunda mahalla fuqarolar yig'inlari huzuridagi mutasaddi kengashlar rahbarligida lining hududida jamoat tartibini saqlash, yoshlar va o'smirlar o'rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni harbiy xizmatni o'tashga jismoniy va ma'naviy jihatdan tayyorlash vazifalari muvaffaqiyatli hal etilyapti.

Mahallada to'ylar, bayramlar, motam marosimlarini o'tkazish bilan bog'liq tashkiliy ishlarni amalga oshirish, ularni isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz ixcham o'tkazish, albatta, mahalla oqsoqoli va mahalla faollariga bog'liq. Qolaversa, mahallada o'tayotgan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining katta-yu kichigi birday mas'uldir. Bunday tadbirlarda ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, har bir fuqaroga bir xil hurmat-ehtirom ko'rsatiladi. Chunki mahalla kimning qayerda ishlashi, qancha pul topishiga qarab emas, balki kim qanday inson ekani, yashayot-gan joyiga qanday yordam berib, uning obro'siga nima qo'shgani bilan hisoblashadi, shunga ko'ra odamga baho beradi.

Mahalla yoshlarni kasb-hunarga yo'llovchi, ishsizlarni mehnat bilan ta'minlovchi maskan ham. Har bir oilaning o'z kasb sulolasi bo'lganidek, mahallaning ham uzoq tarixga ega kasb-hunar sulolalari mavjud. Avvalgi sinf mashg'ulotlarida ta'kidlaganimizdek, ayrim mahallalarning nomi ham muayyan hunar nomlariga mos shakllangan. Masalan, zardo'zlar mahallasi, etikdo'zlar mahallasi, duradgorlar yoki temirchilar mahallasi va hokazo. Bugungi mahal-lalarimizda ularning imkoniyati va hududiy sharoitidan kelib chiqqan holda zardo'zlik, etikdo'zlik, do'ppido'zlik, duradgorlik, temirchilik, beshiksozlik, ganchkorlik, sandiqsozlik, sangtaroshlik, to'quvchilik, ko'nchilik va hokazo kasb-hunar turlari bo'yicha kichik korxonalar, ustaxonalar tashkil etilgan. Bunday korxonalar-ning tashkil etilishidan, avvalo, mahalla ahli manfaatdor - ularning ma'lum qismi ish bilan ta'minlanadi. Yoshlar kasb-hunar egallab, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanishi natijasida ularning bo'sh vaqti unumli o'tadi, turli salbiy xatti-harakatlar (jinoyatchilik, ichkilikbozlik, axloqsizlik, giyohvandlik va hokazolar) oldi olinadi. Qolaversa, mahallaning iqtisodiy barqarorligi ta'minlanadi. Olingan daromad hisobiga mahalladagi kam ta'minlangan kishilar ijtimoiy muhofaza qilinadi, turli qurilishlar barpo etilib, mahalla yanada obodonlashadi.

Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ular uchun kuyinishi, yurish-turishini nazorat qilishi barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish omili hi-soblanadi. Zero, xulq-odobi chiroyli, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro'si, no-qobil, axloqan nomaqbul bolalar esa mahalla sha'ni uchun dog' hisoblanadi. Mahalladan yurtga, dunyoga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli g'u-rurlanadi, boshini baland ko'taradi. Va aksincha, «falon mahal­lada mana bunday xunuk ish bo'pti» degan gap barchaning boshini xam qiladi, hamiyatiga tegadi. Shu tufayli ham mahalla tartib-qoidalariga barchaning amal qilishi shart sanaladi. Kimda-kim bularga rioya qilmasa, u mahallada o'tadigan tadbirlarga, to'y-ma'rakalarga taklif ham etilmaydi. Agar kibr-u havo bilan qo'ni-qo'shni, mahalla ahli an'analarini oyoqosti qilsa yoki boshqalarga bepisandlik bilan munosabatda bo'lsa, bunday kimsa mahalladan chiqarib yuboriladi.

Mahalla, ta'kidlanganidek, oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan joy. Tabiiyki, oilada ba'zi arzimagan narsa tufayli janjal chiqishi va bu haqda er yoki xotin mahalla fuqarolar yig'iniga murojaat etishi mumkin. Bunday holatda mahalla kattalari vazmin, chuqur mushohada yuritib, ularni iloji boricha yarashtirish yo'lidan borishadi. Bu bilan uydagi janjal hamma yoqqa ovoza bo'lishining, keyingi xijolatgarchiliklarning oldi olinadi. Eng muhimi esa -farzandlarga muqaddas oshyon bo'lgan oila asrab qolinadi.

Yurtimizdagi ko'pgina mahallalarning yoshlari kechqurunlari tinch, osuda, o'zaro hurmat bilan foydali suhbat qurayotganliklarini ko'rib, qalbing quvonchga to'ladi. Bunday ahillik va madaniyatlilik mahalla faollari ma'naviy-axloqiy tarbiyasining natijasi, shu mahallaning ko'rki va ziynatidir.

Aksincha, ba'zi mahallalarda yoshlarning to'planishib, chekib turganliklarini, bu yetmagandek, og'izlaridan xunuk so'zlar chiqayotganini ko'rib-eshitib, o'kinasan kishi. Ba'zi mahalla a'zolari ulami ko'rmaganga, eshitmaganga olib o'tib ketaverishadi. Holbuki, bugun beozordek tuyulgan bu holat erta bo'lmasa indin ayanchli oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. Bu gapga shuning uchun ham alohida urg'u beryapmizki, mahallaning bir a'zosi sifatida siz ham o'z yurish-turishingiz, axloq-odobingizga jiddiy razm solmog'ingiz, uni boshqalarga ibrat bo'ladigan darajada kamolga yetkazmog'ingiz talab etiladi. Chunki mahalla hozirgi davrda asosiy e'tiborni ta'lim-tarbiya ishlariga, yosh avlod barkamolligiga qarat-gan. Bu borada uning maktab bilan mustahkam aloqasi o'rnatilyapti. Orttirilgan tajriba maktab - mahalla - maktab aloqasining naqadar muhimligini namoyon etmoqda.

Aziz o'quvchi, siz xalqimizning mahalladek noyob go'shasi obro'sini tushirish uchun ayrim xorijiy tashkilotlar noxolis fikrlar tarqatayotganidan ham voqif bo'lishingiz kerak. Zero, milliy ma'-naviyatimiz va mafkuramizga qanday tazyiqlar o'tkazilayotgani, bizning o'zligimizdan ayirish yo'lida kimlar nima harakat qilayot-ganidan ogoh bo'lish yoshiga allaqachon yetgansiz. Mahalladek qadimiy ijtimoiy institutimizning asl mohiyatini buzib talqin etayotgan bunday tashkilotlar harakatiga qarshi mutaxassislarimiz asosli javob bermoqdalar. Quyida shunday maqolalarning biridan parcha o'qiymiz:

«O'zini inson huquqlarining xolis himoyachisi deb tanishtiradigan xorijiy tashkilotlardan ayrimlarining «Mahalla davlatning tazyiq ko'rsatuvchi idorasiga aylanyapti» degan nag'malariga qarang. Nima emish, er-xotin o'rtasida tushunmovchilik, janjalli masalalar ko'tarilganida, ularning sudga emas, mahallaga murojaat etishlari «inson huquqlari buzilishi» ekan.

Shu da'vo munosabati bilan bir mulohazaga to'xtalib o'tsak... Axir qay bir G'arb davlati bir jinsli nikohlarga keng yo'l ochib berishni o'ziga ep ko'rayotgan bo'lsa, boshqa bir «madaniyatli millat» vakillari esa demokratiyani do'konga qip-yalang'och yopirilib kirib, qo'liga kirgan narsani olib ketib, tuban nafsini qon-dirishdan iborat deb tushunayotgan bo'lsa, biz ularning bu ishiga aralashmayotganimiz bizning ayni borada umuman fikrga ega emasligimizni anglatmaydi-ku. Kunora takrorlanib turgan bunday holatlar borasida birov bizning fikrimizni so'rab o'tirgani yo'q-ku. Nega endi insonparvarlik ruhi uturib turgan o'z milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash yo'lida qilayotgan harakatlarimiz boshqalarning uyqusini qochirishi kerak?



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish