III. Yangi mavzuning bayoni.
MILLIY VA UMUMBASHARIY QADRIYATLAR UYG`UNLIGI
Aziz o`quvchi, milliy g`oyamiz nega aynan «milliy» degan so`z bilan boshlanishi haqida o`ylab ko`rganmisiz? Yurtimiz hududida yashayotgan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, barcha insonlarni yagona Vatan farzandlari sifatida birlashtirish, ularning ezgu orzu-intilish va manfaatlarini ifoda etish milliy g`oyamizning asosiy ma`no-mazmunini tashkil etgani uchun ham u «milliy» degan so`z bilan boshlanadi. Chunki «milliy» degan so`z faqat bir millatga cmas, balki bir hudud, bir mamlakatga mansublikni ham bildiradi. Shuning uchun ham ana shu yagona xalqning milliy qadriyatlari, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg`unlashgan holda, bizning g`oyamizni yanada boyitib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |