Milliy istiqlol g’oyasi fanidan ’’Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 345,5 Kb.
Sana16.09.2019
Hajmi345,5 Kb.
#22237
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi fanining predmeti maqsadi va vazifalari

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI AMALIY SAN’AT YO’NALISHI 401- GURUH 4- BOSQICH TALABASI G’OFUROVA NOZIMANING MILLIY ISTIQLOL G’OYASI FANIDAN ’’Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari’’ MAVZUSI YUZASIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

ANNOTATSIYA Mustaqillik yillarida to`plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g`oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko`rsatdi. Jamiyat hayotida sog`lom g`oya ustivor bo`lib turmasa, odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g`oyalar egallab, halqning turmush tarzini izdan chiqaradi. Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha tamoyillar mustaqillik yillarida shakllangan yagona fandir. Bu fan jamiyatimiz taraqqiyoti-negizi tamoyillarini ifoda etadi. Milliy istiqlol g`oyasi mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, yurtimizda tinch ozod va obod vatan erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g`risida yangi va izchil ta`limotdir. Bu fan o`z tushuncha va tamoyillariga, tarixiy negizlari ilmiy, falsafiy va dunyoviy ildizlariga ega bo`lgan muayyan tarixiy zarurat mujassam bo`lgan nazariya hamdir. U aynan shunday nazariya sifatida ijtimoiy voqelikning ifodasi tarzida namoyon bo`ladi va o`ziga xos shakllanish qonuniyatlarini, xususiyatlarga ega umummilliy hodisa hisoblanadi. Ushbu fanni o`qitishdan maqsad talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyasi- jamiyat mafkurasi ekanligi, mustaqillik sharoitida milliy istiqlol g`oyasini o`rganish imkoniyatining paydo bo`lgani, uni taqozo etuvchi ob`ektiv shart – sharoitlar va sub`ektiv omillar vujudga kelganligi, shuningdek mustaqillikni asrab- avaylash, himoya qilish va mustahkamlashda uning ahamiyati naqadar zarurligi singdiriladi. Talaba “Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” mavzusida Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishni zarurati, Milliy istiqlol g’oyasi faning predmeti, maqsadi va vazifalari, Milliy istiqlol g’oyasini muayyan tushunchalarga asoslanishi haqida ma`lumotlar beradi.

Milliy istiqlol g’oyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Kirish : 1) Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishni zarurati; 2) Milliy istiqlol g’oyasi faning predmeti, maqsadi va vazifalari; 3) Milliy istiqlol g’oyasini muayyan tushunchalarga asoslanishi. Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  • Reja:

MILLIY ISTIQLOL G’OYASI- XALQNING ADOLAT VA HAQIQAT , ERKINLIK VA MUSTAQILLIK G’OYALARINING ISHONCH-E’TIQODINI IFODALAYDI.

  • Millat bor ekan,milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligi, an’ana va urf-odatlariga taxdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan xukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va xarakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar. Shu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan har bir inson,avvalo, unib-o’sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo’lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko’tarishimizning ahamiyati be’qiyosdir. ISLOM KARIMOV.

Milliy g’oya asoslarini ishlab chiqish, uning maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etish, odamlar ong- shuuriga yetkazish, milliy g’oya O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyoti konsepsiyasining g’oyaviy negizi ekanligini idrok etishda muxtaram Prizidentimiz Islom Karimovning matbuot orqali ochiq chiqishlari, suxbatlari, mutaxassis olimlar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlari muhum ahamiyatga ega bo’ldi. Xaqiqatni ochiq tan olib aytish kerakki, ’’ongi va tafakkuri’’ sobiq mustabid tuzum g’oya va maqsadlari bilan sug’orilgan kishilarni bunday eski aqidalardan voz kechishi, ularga yangicha milliy g’oya mazmun-mohiyatini singdrish oson kechgani yo’q. O’tgan yigirma yil ong va tafakkuri o’zgarishi va yangilanish yasagan, milliy g’oyaga ishonch e’tiqod qaror topgan davr sifatida qadrli va ahamiyatlidir. Milliy g’oya, shuningdek, shu yurtda yashayotga barcha odamlarning olijanob niyyatlari, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligini, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bugungi kunda xalqimiz va yoshlarimiz tomonidan qadrlanmoqda, turli millatga mansub aholini birlashtirish, ezgu va bunyodkorlik ishlariga yo’naltirish va safarbar etishga xizmat qilmoqda, mamlakatimizda totuvlik va hamjixatlikni ta’minlanmoqda.Milliy g’oya mafkuraviy bo’shliqni oldini olishning muhim omillaridan biriga aylandi. Bugun ko’pchilik haqiqiy milliy g’oya bilan sohta buzg’unchi g’oya o’rtasidagi farqni milliy g’oyaga tayangan holda farqlamoqda. Kundalik va strategik maqsadlarini milliy g’oya tamoyillariga tayangan holda amalga oshirmoqda. Bu mustaqillik yillarida ma’naviy sohada erishilgan ulkan yutuqlarimiz sirasiga kiradi.

Mustaqillikning o’ninchi yili, aniqrog’i 2000- yil milliy g’oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari bilan bog’liq konsepsiyasi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida Oqsaroyda bo’lib o’tgan milliy g’oya konsepsiyasini ishlab chiqishga bag’ishlangan anjuman uni ishlab chiqish va hayotga joriy etishda yangi bir bosqichni boshlab berdi.Bir so’z bilan aytganda amaliy ishga o’tish jarayonini yanada tezlashtirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ’’Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoillari’’ fani bo’yicha ’’ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida’’ gi Farmoyishi (2001-yil 18-yanvar), 2006-yil 25- avgustdagi ’’ Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida’’ gi Farmoni milliy g’oyani hayotga tadbiq etishda alohida ahamiyatga ega bo’ldi. ’’Milliy g’oya va mafkura ilmiy amaliy markazi’’ va ’’ Ma’naviyat targ’ibot markaz’’ larini tashkil etildi. Ular tomonidan milliy g’oyani ilmiy va amaliy masalalarini o’rganish hamda ma’naviy ishlar targ’ibotini tashkil etishda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.Ular milliy g’oya hamda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimining barcha yo’nalishlari bo’yicha tuzilgan dasturlar, o’quv qo’llanmalar, milliy g’oyaga tayangan holda tayyorlanib, yangi avlodning shakllanishida muhum o’rin tutmoqda.

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy- iqtisodiy hayot o’zgarishlari, odamlar ongi va tafakkuridagi yangilanishlar, Respublikamiz shahar va qishloqlarida amalga oshirilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlari bevosita milliy g’oya maqsadlarining hayotga tadbiqi bilan bog’liq. Qolaversa, milliy g’oyaning ’’ OZOD VA OBOD VATAN, ERKIN VA FAROVON HAYOT’’ qurishdan iborat bosh maqsadi bilan hamohangdir.Bu amaldagi milliy g’oyani katta ma’naviy va moddiy kuchga ega ekanligidan dalolat beradi. Bugun mustaqillik yillarida erishilgan ulkan o’zgarishlar, bunyodkorlik ishlarida milliy g’oya maqsadi, asosiy tushuncha va tamoyillari bilan uzviy bog’liqlik yoki o’zaro mushtaraklikni ko’rish mumkin. Dunyo mamlakatlari tomonidan e’tirof etilayotganidek, milliy g’oya erishilgan yutuqlarimizning kafolati sifatida qabul qilinayotganligi har bir kishida faxr- iftixor tuyg’usini uyg’otadi.

  • O’QUV FANINING PREDMETI
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING TARIXIY ASOSLARI,ILMIY FALSAFIY ILDIZLARINI O’RGANISH
  • O’RGANILADIGAN TUSHUNCHA VA MAVZULAR
  • O’RGANILADIGAN G’OYALAR TURLARI
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING YAXLIT TA’LIMOT SIFATIDAGI QONUNLARI, ASOSIY XUSUSIYATLARINI BILIB OLISH
  • OZOD VA OBOD VATAN, ERKIN VA FAROVON HAYOT BARPO ETISHNING STRATEGIK MAQSADLARI VA O’ZIGA XOS TAMOYILLARINI O’RGANISH
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASINI XALQIMIZ QALBI VA ONGIGA SINDIRISH SOHALARI, VOSITALARI,USUL VA YO’LLARINI O’RGANISH
  • ’’ MAFKURA ‘’ TUSHUNCHASI UNING SHAKLLARI
  • INSONIYAT TARIXI – G’OYALAR TARIXIDIR
  • XOZIRGI ZAMONDA INSON ONGI VA QALBI UCHUN KURASH
  • O’ZBEKISTON TARQQIYOTI VA MAFKURAVIY MUAMMOLAR
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASININGMOHIYATI VA MAZMUNI
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSIY TAMOYILLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI
  • FALSAFIY G’OYALAR
  • DINIY G’OYALAR
  • BADIIY G’OYALAR
  • IJTIMIY- SIYOSIY G’OYALAR
  • MILLIY G’OYALAR
  • UMUMINSONIY G’OYALAR
  • ILMIY G’OYALAR
  • FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI
  • YOSHLARNI IJTIMOIY HAMKORLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK, DINIY BAG’RIKENGLIK G’OYALARI RUHIDA KAMOL TOPTIRISH
  • YUKSAK FAZILATLARGA EGA, EZGU G’OYALAR BILAN QUROLLANGAN KOMIL INSONLARNIVOYAGA YETKAZISH
  • YOSHLARNI JAMIYATIMIZGA YOD VA BEGONA, BUZG’UNCHI VA ZARARLI G’OYALARGA QARSHI KURASHISHGA O’RGATISH, ULARDA OGOHLIK VA XUSHYORLIK KO’NIKMALARINI XOSIL QILISH
  • O’SIB – UNIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD QALBI VA ONGIGA MAFKURAVIY IMMUNITET ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING O’ZBEKISTON TARAQQIYOTI VA MUSTAQILLIKNI MUSTAHKAMLASHNING MAFKURAVIY TAMOYILLARI TO’G’RISIDAGI YAHLIT NAZARIYA EKANINI TUSHUNTIRISH
  • YOSH AVLODNI VATAN RAVNAQI, YURT TINCHLIGI, XALQ FAROVONLIGI KABI OLIJANOB G’OYALAR RUHIDA TARBIYALASH
  • O’QUV FANINING ASOSIY VAZIFALARI
  • O’QUV FANINIG MAQSADI- MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOILLARINI YOSH AVLOD QALBI VA ONGIGA SINGDIRISH
  • DINIY BAG’RIKENGLIK
  • MILLATLARARO TOTUVLIK
  • IJTIMOIY HAMKORLIK
  • KOMIL INSON
  • XALQ FAROVONLIGI
  • VATAN RAVNAQI
  • YURT TINCHLIGI
  • MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSIY TAMOYILLARI

XULOSA QILIB AYTGANDA, MILLIY G’OYA NEGIZIDA YANGI AVLOD SHAKLLANMOQDA. YOSHLARIMIZNING MILLIY QADRIYATLARIMIZGA HURMAT VA E’TIBORI O’ZINING ILK SAMARALARINI BERMOQDA. BU AYRIM YOSHLARNING XULQ ATRVORI VA TAFAKKUR TARZIDA UCHRAYDIGAN MILLIY G’OYAGA ZID XOLATLARNING OLDINI OLMOQDA. YOSHLARNING HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONIDAGI MA’SULIYATINI OSHIB BORISHIGA XIZMAT QILMOQDA. BULARNING BARCHASI JAMLANIB MUSTAQILLIKNI YANADA MUSTAXKAMLANISHIDA MUHIM OMIL BO’LMOQDA. QOLAVERSA, AYTISH JOIZKI, MILLIY G’OYA JAMIYAT RIVOJI UCHUN JUDA HAM ZARUR, CHUNKI, FUQOROLIK JAMIYATINING RIVOJLANISHIGA XIZMAT QILADI, MAMLAKAT AXOLISINI TURLI XIL ZARARLI YOD G’OYALARDAN ASRAYDI, HIMOYALAYDI. MUSTAQILLIGIMIZNI YANADA MUSTAHKAMLANIB BORISHIGA, YANGI YUTUQLARIMIZGA MA’NAVIY RUHIY KUCH VA MADAD BO’LADI…

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent.: ’’ O’zbekiston ’’ 2008 yil. 2. Karimov. I. A ’’ Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch ’’. Toshkent.: ’’ Ma’naviyat ’’ 2008 yil. 3. Karimov. I. A ’’ Biz tanlagan yo’l- demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li ’’. 11-jild- Toshkent.: ’’ O’zbekiston ’’ 2003 yil. 4. Karimov. I. A ’’ Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’uldirmiz ’’ 9- jild - Toshkent.: ’’ O’zbekiston ’’ 2001 yil. 5. Karimov I. A.’’ Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ’’. T., “O`zbekiston”, 2010 yil . 6. Karimov I. A. ’’ Vatan va xalq mangu qoladi ’’. T., “A. Novoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi”, 2010 yil . 7. Karimov I. A.’’Bu muqaddas vatanda azizdir – inson ’’. T., “G`. G`ulom”, 2010 yil . 8. Karimov I. A.’’ Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan ’’. T., “O`qituvchi”, 2011 yil . 9. Karimov I. A. ’’ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida ’’ Toshkent.: ’’ O’zbekiston ’’ 2011 yil. 10. Milliy istiqlol g’oyasi : asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas’ul muharrir E. Nazarov, Toshkent 2001 yil. 11. ’’ 100 savolga 100 javob ’’. A. Ahmedov, A. Luqmonov, A. Xusanov. Namangan.: ’’Namangan’’ 2003 yil. 12. Milliy istiqlol g’oyasi : asosiy tushuncha va tamoyillari. Toshkent.: ’’ Yangi asr avlodi ’’ 2001 yil. 13. O’zbekiston ’’ Milliy yiklanish ’’ demokratik partiyasining ijtimoi- siyosiy gazetasi. 2011 yil 13 iyul soni 4 bet.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !

  • NamDU 2011

Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish