Ko‘nikma:
Vatanni madh etuvchi she’rlarni g‘urur bilan ifodali o‘qiy olish;
tuyg‘u, Vatan tuyg‘usi nima ekanligini anglash;
bedor, loqayd va ogoh so‘zlarining ma’nosini bilish;
ma’naviy qadriyatlar tiklanishi milliy o‘zlikni anglash ekanligini tushunish;
mustaqillik oliy ne’mat ekanligini anglash;
Qadimiy va shonli tariximiz bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti ekanligini anglash;
Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasini anglash;
ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri ekanligini anglash;
Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash ekanligini tushunish;
o‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘lishini anglash;
yoshlarning ma’naviy kamoloti – jamiyat va xalq qudratini ta’minlovchi muhim omil ekanligini anglash.
Malaka:
Vatanparvar ajdodlarimiz haqidagi badiiy kitoblarni mustaqil o‘qish va hulosa chiqara olish;
milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga qarshi mustaqil fikr bildira olish;
boy tariximiz va milliy qadriyatlarimiz bilan fahrlanish;
Vatan tarixini o‘rganishga harakat qilish;
davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiyaga hurmat bilin munosabatda bo‘lish;
turli millat va ellatlarni tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish;
darslik matni bo‘yicha mustaqil ishlash;
darslik va hujjatlar asosida ayrim tarixiy hadislarga tavsif berish, ularni baholash, munosabat bildirish.
7-sinf
Umumiy o‘rta ta’lim «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv fani ikki yo‘nalishga bo‘lib o‘rganiladi:
Milliy g‘oya.
Ma’naviyat asoslari.
Mazkur fanning «Milliy g‘oya» bo‘limi, g‘oya, mafkura, g‘oyaning turlari, milliy g‘oyaning bosh va asosiy g‘oyalari, o‘zbek modeli, taraqqiyotni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, yoshlarga bu tushunchalarni quruq yod olish emas, balki tarixiy va hayotiy misollar orqali yetkazish nazarda tutilgan.
«Ma’naviyat asoslari» bo‘limi ma’naviy-madaniy – odob-axloq me’yorlari, insoniylik fazilatlari, jamiyatda jamoaning tarbiyaviy ta’siri, yoshlarning o‘z kuchi, bilim, salohiyati va kelajagiga ishonch hislarini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Milliy g‘oya bo‘limi.
G‘oya, uning turlari va xususiyatlarini bilish, ular haqidagi fikrini erkin bayon etish;
vayronkor g‘oyalar va ularning zararli oqibatlarini anglash;
jamiyat rivoji va bunyodkor g‘oyalarni sharhlay olish;
hulq-odob, ma’naviyat, huquqiy bilim siyosiy ong negizi ekanligini anglash;
ekologik madaniyat haqida tushunchaga ega bo‘lish;
huquq, huquqiy madaniyat, qonuniylik-huquqiy davlat asosi ekanligini bilish;
milliy g‘oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglash;
milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlarini bilish,
mafkuraning milliy va umuminsoniy tamoyillari va vazifalarini bilish;
milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalari mazmunini bilish;
bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini anglash;
diniy ekstremizm, terrorizmning yoshlar ma’naviyatiga ta’sirini anglash;
g‘oyaviy bo‘shliq va uning oqibatlarini anglash;
jaholatga qarshi kurash tamoyillarini bilish;
tarixiy taraqqiyot va mafkuraning o‘rnini tahlil etish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar va mafkuraviy jarayonlarni qiyoslash;
mamlakatni taraqqiy ettirishning o‘zbek modeli va ustuvor yo‘nalishlarini bilish, ularni sharhlash hamda hayotiy misollar bilan isbotlash ko‘nikma, malakalarini shakllantirish;
mahalla – demokratiya darsxonasi ekanligini anglash.
Do'stlaringiz bilan baham: |