Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunca va tamoyillar



Download 173,26 Kb.
bet21/31
Sana11.01.2017
Hajmi173,26 Kb.
#101
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari mustahkam. Bu-xalqimizning sinovlaridan o'tib kelayotgan boy madamy va ma'naviy merosi, qadriyatlan, urf-odat va an'analari, qo'shiqlari, bayram va marosimlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo'lida ko'rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari ham g'oyamiz tayanadigan asosdir. Asrlar mobaynida, yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan komil inson g'oyasi ham bunday tayanchlardan biridir.

Odamzot hayotida nafaqat bunyodkor balki vayron etuvchi kuch ham mavjud. Hayotda ezgulik hukmron bo'lishi uchun yaxshilikka, adolatga xizmat qilish zarur. Ota-bobolarimiz ana shu sababdan ham aql-idrokni yovuzlik qoiigatutqazmaslikka harakat qilganlar, uni ma'naviyat bilan, iymon-e'tiqod, insof va diyonat bilan boshqarishga alohida e'tibor berganlar.

Bu sohada ilm-ma'rifat qadrlangan, insonning sha'ni, or-nomusi e'zozlangan, uning mol-mulki davlat muhofazasiga olingan, qaroqchilik, o'g'rilikka keskin barham berishga harakat qilingan. Masalan, Sohibqiron bobomiz Amir Temurning: «Mening saltanatimning u chetidan bu chetiga, | boshida oltin to' ldirilgan laganni yosh bola ko'tarib o'tsa ham, uning mulkiga hech kimsa daxl eta olmaydi» degan so'zlari nihoyatda ibratlidir.

O'sha davrda yordamchisi yo'q biron ayol suv oladigan chelakni darvoza tashqarisiga chiqarib qo'ysa, mo'min-musulmonlar chelakni olib, unga suv to'ldirib kelib, shu joyga qo'yib ketishar edi. Do'konlarga savdogarlar umuman qulf osishmasdi. Bularning hammasi o'sha zamonda hayot iymon va e'tiqod, insof va diyonat talablari bilan boshqarilganim, odamlar ana shu yuksak tuyg'ular bilan yashaganini ko'rsatadi. Mo'min-musulmonlar shunday turmush tarziga odatlanishgan edi, o'zlari och qolishsa ham o'zganing mulkiga qo' 1 tekkizmaslik xalqning turmush tarziga aylangan edi. Afsuski, keyingi mustamlaka davrlarida, o'zgalar mulkiga ko'z olaytirish, hatto, tajovuz qilish uchunyo'l ochildi. Odamlar birovning haqidanhazarqilmaydigan,o'g'rilik va talonchilikdan jirkanmaydigan bo'lib qoldi, ma'naviy qashshoqlik pay do bo'ldi. Shu sababli ham tarixiy xotiram uyg'otish muhim vazifagaaylandi. Chunki tarix - buyuk murabbiy. U insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, achchiq saboqlarni

ham tan olishga, o'z hayotiga xolis baho berishga undaydi. «Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo - deb yozadi Islom Karimov, - biz bosib o'tgan yo'limizni baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatitniz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o'tntishimizdagi boy an'analarniyangi jamiyat qurilishiga tadbiq etrnog'imiz kerak». Bu vazifa esa xalqimizning o'ziga xos sharqona tunnush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi, hayotga munosabatini ifoda etuvchi xalq og'zaki ijodi namunalari, «Alpomish», «Shashmaqom» kabi durdona asarlar, milliy qahramonlarning ibratli hayotini o'rganish orqali amalga oshishi mumkin.

Xullas, milliy istiqlol g'oyasining tarixiy ildizlari deganda xalqimizning o'tmishi, ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li, tafakkur tarzi, amaliy faoliyati, bunyodkorlik ishlari, eng yaxshi urf-odatlari, an'nalari, qadriyatlari majmui tushuniladi. Ular fuqarolarimiz uchun namuna boiib hisoblanadi, xato, kamchilik, nuqsonlardan esa to'g'ri xulosa va saboqlar chiqarish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Milliy istiqlol g'oyasining falsafiy negizlarini, avvalo, ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo'lgan ilmiy, dunyoviy, diniy, qarashlar, jahon falsafasi durdonalari belgilaydi. «Avesto»da ifodalangan falsafiy tamoyillar va g'oyalar, ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash, inson, uning kamoloti haqidagi qarashlar, poklik, halollik, mardlik kabi sifatlar milliy g'oya shakllanishigata'sir o'tkazgan. Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to'g'risidagi g'oyalari, insoniyatga «Algebra» fanini hadya etgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari, Sharq naturfalsafasining asoschisi Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-axloqiy qarashlari bu g'oyada ttHijassamdir. AbuNasr Forobiyning adolatli jamiyat haqidagi qarashlari, Abu Ali ibn Sinoning dualizm ta'limoti, mutafakkir shoir AlisherNavoiynmg komil inson haqidagi falsafiy mushohadalari, Bobur vaMashrab, Bedil va Donish hamda XX asrning boshidagi ma'rifatparvar ziyolilarning faoliyatj ham milliy istiqlol g'oyasining falsafiy ildizlaridir.

Milliy istiqlol g'oyasining falsafasi, uning ma'no-mazmuni, asosiy g'oya va tamoyillari jamiyatimizning taraqqiyot yo'lini nazariy va amaliy jihatdan belgilab bergan Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida chuqur ifoda etilgan. Bu asarlarda milliy istiqlol g'oyasining maqsad-muddaolari, mamlakatning rivojlanish yo'li, uning o'ziga xos xususiyatlari, oldimizga qo'yilgan ulug'vor vazifalarni amalga oshirish imkoniyattari ko'rsatib berilgan.

Shuningdek, istiqlol g'oyasining falsafiy asosi umuminsoniyatning boy tarixiy o'tmishiga, qadimgi Sharq, Yunon, Rim va boshqa falsafa maktablarining merosiga, xususan, Suqrot, Platon, Aristotel singari mutafakkirlarning asrlar davomida o'z qadr-qimmatini yo'qotmay kelayotgan dono fikrlarga ham tayanadi. Jahon falsafasining o'rta asrlar vahozirgi zamon namoyandalarining qarashlari ham milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini asoslash vaboyitish, ulargahayotiy ruh bag'ishlashdamuhim ahamiyat kasb etadi. Konfutsiyning falsafiy hikmatlari, Platonning «G'oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» to'g'risidagi ta'limoti, Gegel dialektikasi, gumanistik zamonaviy falsafiy oqimlar ilgari surayotgan g'oyalar ham milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslaridir.

Xullas, o'tmish falsafasi g'oyalar va tarix saboqlari mafkuramizning ma'no-mazmunini belgilashda muhim omil boiib xizmat qiladi. Xalqimizning o'ziga xos turmush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi ushbu mafkuraning tay anchi va ildizi bo' lib hisoblanadi.

Nomlari yuqorida zikr etilgan allomalarning asarlari, milliy va umuminsoniy madaniy meros namunalarini chuqur o'rganish milliy istiqlol g'oyasining asoslari, tamoyil va yo'nalashlarini yaxshi bilib olish uchun asosiy manba bo'lib hisoblanadi.


Download 173,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish