Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunca va tamoyillar


Milliy istiqlol mafkurasi



Download 173,26 Kb.
bet20/31
Sana11.01.2017
Hajmi173,26 Kb.
#101
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Milliy istiqlol mafkurasi:

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy
    qadriyatlar, demokratiyatamoyillariga asoslanadi;

  • xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana
    va udumlar, ulug' bobokalonlarimizning oimas merosidan oziqlanadi;

  • adolat vahaqiqat, erkinlik va mustaqillik g'oyalari hamda xalqimizning
    ishonch vae'tiqodini aks ettiradi;

  • yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat
    qiladi;

-jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O'zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi;

  • millati va dinidan qat'i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi ona-
    Vatanga muhabbat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat va o'zaro hurmat
    tuyg'usini qaror toptiradi;

  • jamoatchiligi qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi
    tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yoi bilan singdiriladi.

G'oya safarbar etuvchi ulug'vor fikr bo'lsa, mafkura mana shunday g'oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi tizimidir. Uning mazmun-mohiyati Prezident Islom Karimov asarlarida batafsil yoritilgan: «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo'yadi».

Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini lfoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat

iladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun alqjmizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».

Mafkura-milliy o'zlikni anglatuvchi kuch. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tayanch nuqtasi ham ana shunda. Ya'ni, millat o'zini xalq sifatida, el sifatida anglamaguncha u o'zining obro'yi, qadr-qimmati, or-nomusi haqida qayg' ura olmaydi, milliy g'urur va iftixor tuyg'usini his eta olmaydi. O'zlikni anglash - xalqni uyg'otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy uyushtiruvchi kuchdir. Uning negizida «bu - bizniki» degan egalik hissi yotadi. Albatta, bu tuyg' u muayyan me'yorda bo' lganda ijobiy xususiyat kasb etadi. Me'yoridan oshganda esa u xalqni manmanlikka, tajovuzkorlikka undaydi, me'yorigayetmaganda esa, milliy tushkunlikka olib keladi. Sharq va G'arbda, Osiyo va Yevropa xalqlari hayotida ham o'zlikni anglash tuyg'usining uyg'onishi, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy musobaqaga kirishuviga turtki bolgan.

Bizda ham «O'zbekiston - yagona Vatan» degan tuyg'u yuksak darajada shakllanmoqda. O'zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, xilma-xil e'tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan.

Milliy istiqlol mafkurasining quyidagi asosiy tamoyillari bor:

-mamlakatning mustaqilligini mustahkamlash, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlar daxlsizligini ta'minlashda yordam berish;


  • qonunning ustuvorligi, demokratiya va o'z-o'zini boshqarishning
    hayotda mustahkam o'rin egallayotganiga asoslanganlik;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg'unligiga tayanish;

  • xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;

- davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy
barqarorlikning ta'minlanganligi;

-o'tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi;

- jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning
tadrijiyligi tamoyillariga xizmat qilishi.

O'zbekiston ota-bobolarimiz yashab o'tgan azaliy vamuqaddas makon, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko'hna o'choqlaridan biridir Bu zaminda jahonni hayratga solgan buyuk sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub qadriyat va an'analar shakllangan. Qadimgi Yunon faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkurning beshigidir» deya e'tirof etgan.

Azal-azaldan y urtimiz sivilizatsiyasi o'ziga xos tafakkur uslubi, turmush tarziga ega. Bag'rikenglik, insonparvarlik, xokisorlik, xilma-xil g'oyalar va turlicha nuqtai nazarlar hamda mafkuralarning bir-biriga daxl etmasdan yashay olishi bilan bog' liq jarayonlar bu sivilizatsiyaga xos xususiyatlardir.

Ana shu sababli yurtimizda turli millatlar va diniy e'tiqodlar yonma-yon yashay olgan: ham otashparastlik, ham buddaviylik, ham yahudiylik, ham xnstianlik, ham islom dinlari vakillari hamjihat umr o'tkazgan.

Yurtimizda bir ibodatxona ichida turib turli din vakillari o'zaro munozaralar olib borgan, lekin bir-birining insoniy sha'nigatil tekkizmagan. Bunday munozaralarda turli din va mazhab vakillari bir-biridan xayrli odatlarni o'rganib olishgan, hamda o'zdinlarigataabiq etishgan. Shutanqa turli dinlarning mohiyatidagi eng ilg'or insoniy an'ana va odatlar ham .xalqimiz qalbidan joy olgan. Shu sababli ham saxovatli zaminimizdayashab o'tgan buyuk mutafakkirlarning falsafiy qarashlarida umuminsoniy g'oyalar ustuvorlik qilgan.

Kundalik hayotimizda ham ana shularga amal qilib kelinmoqda. Ular yurtimizdagi tinchlik-totuvlik va barqaror taraqqiyot uchun asos bolib xizmat qiladi.

Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi milliy xususiyatlarni aks ettiradi:

-jamoa boiib yashash ruhining ustunligi;



  • oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

  • ota-ona, mahalla-ko'y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e'tibor;

  • ona tiliga muhabbat;

  • kattaga - hurmat va kichikka - izzat;

  • ayol zotiga ehtirom;

- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;

- halollik, mehr-oqibat va hokazo.

Ana shu xususiyatlar tufayli insonga o'zining kimligini, nimalarga qodiru nimalarga qodir emasligini, qanday yutuqlari boru qanday kamchiliklargae gaekanligini, qaysiyoidan, qayoqqa borishi lozimligini anglatadi. Bu esa milliy istiqlol mafkurasi insonning bunyodkorlik salohyati va xalqimizning tanlangan yoii to'g'riligini anglatishga, o'tmishni kelajak bilan bogiaydigan ma'naviy ko'prik boiishiga xizmat qiladi. Har birimiz xalqimizning o'tmishda erishgan ma'naviy boyliklariga egalik qilishga, ongimizga, shuurimizga singib ketgan sharq tafakkur tarzi orqali bugungi voqealarni anglashga yordam beradi. Bu boy tarixiy tajribaga tayangan holda buyuk kelajakni bunyod etishda milliy istiqlol g'oyasining g'oyaviy tayanch ekanligini bildiradi

«Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida aytilganidek: «Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasida ustun sotsial fenomen - ijtimoiy hodisa. Bu mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimyatni mustahkamlash maqsadida qurolga aylantirilmaydi». Umuminsoniy mazmunga ega boigan bu mafkura hammaning ijtimoiy -siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, millat va qavmlar, guruh va qatlamlarning yuqorida qayd etilgan umumiy manfaatlarini ifodalaydi.

Milliy Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

- qonun ustuvorligi;

-inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;

-turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

- diniy bag'rikenglik;


  • dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;

  • o'zga xalqning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish va hokazo.
    Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan

g'oyalar anashu tamoyillargaxizmat qiladi. «Milliy g'oya- deb ta'kidlaydj Prezidentimiz Islom Karimov, - birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo' lishi zarur».

Milliy istiqlol g'oyasi inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushunchalar, go'zal va hayotiy tuyg'ularni o'zida mujassam etadi. Bu mafkura har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro'yobga chiqarishiga imkon beradigan eng maqbul yo'lni ko'rsataoladi. Ushbu g'oyaxalq vajamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e'tiqod manbai bo'Hb, O'zbekistonda yashovchi barcha millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday

taalluqlidir.

U har qanday ilg'or g'oyani o'ziga singdirib, har qanday yovuz g'oyaga qarshi javob bera oladi, yangicha vaziyatga tez moslasha oladigan hozirjavob va ijodiy nazariya hisoblanadi.

Milliy mafkuramiz ayrim siyosiy kuchlar va partiy alarning bir tomonga yo'naltirilgan tor manfaatlari chegarasida o'ralashib qolmaydi, o'tkinchi yoki vaqtincha kompaniyaga xizmat qilmaydi. U tarixiy xotirani uyg' otish, o'tmishdan saboq chiqarish va o'zlikni anglash mezoni sifatida, xalqimizning tub maqsadlari ifodasi vajamiyat a'zolarini birlashtiruvchi g'oyaviy bayroq vazifasini o'taydi. Bu g'oya orqali xalq o'zining o'tmishidan saboq chiqaradi, qay maqsad sari, qanday yo'ldan borish lozimligini aniqlaydi va shu asosda o'z istiqbolini belgilaydu shuyo'ldamehnat qiladi.

Yangi mafkuraning asl ma'nosi - deb yozadi Islom Karimov, - eskicha aqidalardan xoli bo'lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iboratdir. Busiz jamiyatni demokratik taraqqiyot yoiiga olib chiqib bo'lmaydi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Mustaqillikka. erishganimizdan so'ng biz soxta mafkuraning yakkahokimligidan qutuldik. Ma'naviyatni, mafkurani zug'umlardan ozod qilib, erkin fikrga milliy tafakkurga keng yoi ochdik. Endigi asosiy vazifa kishilarimizning mustaqil fikrlashga organishi, o'ziga ishonchi ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bo'lrnasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson to'la ozod bo'lolmaydi..Bu boradagi o'zgarishlarning zarurligi shundaki, faqat hur fikrli insongina inutelik va jur'atsizlikdan xoli bo'ladi. Mutelik vajur'atsizlik o'z erkiga ega bo'lmagan kishilarga xosdir. Bu illatdan qutuiish uchun inson, eng avvalo, mustaqil vaozod, ham ma'naviy, ham jismoniy jihatdan barkamol, aslan yetuk va bilimli bo'lishi zarur. «Bilagi kuchli birni yengsa, bilimi kuchli mingni yengadi», deydi dono xalqimiz. «Kuch - bilimdadir» degan qadimiy hikraatning asl ma'nosi ham shunda.

Bundan tashqari iymon-e'tiqod, insof-diyonat, xayr-sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi sharqona fazilatlar ham xalqimizga xos. Ulardagi inson uchun ibrat bo'ladigan jihatlarni e'zozlash', rivojlantirib, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko'tarish, ularni targ'ib etish zarur. Mehmondo'stlik, uy-ro'zg'oryuritish madaniyati, oiladagi, qarindoshlar, do'stu birodarlar o'rtasidagi samimiy munosabatlar kabi odat-udumlarning ibratli jihatlaridan foydalanish, ularni ardoqlab, avlodlarga yetkazish lozim.

Ko'ptnillatli mamlakat bo'lgan O'zbekistonda yuzdan ziyod millat va elat farzandlari istiqomat qiladi. Milliy istiqlol g'oyasiningyutug'i- uham Vatanimiz ravnaqi, ham shu yurtda yashovchi fuqarolarning barchasiga birdek taalluqli. Shu bois har bir fuqaro qalbida o'z yurtiga egalik hissini tarbiyalash, har bir odam qalbida mamlakatimiz yutuqlaridan g'ururlanish, millati, dinidan qat'i nazar, biz uchun «O'zbekiston -yagona Vatan» degan tabiiy tushuncha paydo bo'lishiga erishish muhim. Shundagina, barcha fuqarolar qalbida Vatan istiqbolini bunyod etish uchun faol ishlash, vatanparvarlik, el-yurt uchun fidoyilik, mardlik vajasorat tuyg'ulari yanada kuchayib boradi.




Download 173,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish