Vаriаnt №15
Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari.
Javoblar
Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi
Milliy iqtisodiyot- bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot- bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. Shu boisdan «avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani uchun birinchi navbatda uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z risq-nasibasini yaratadilar. Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |