Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Reja:
Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyati;
Miliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalari;
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va YAIM ni hisoblash usullari;
Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning tutgan o’rni;
Rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti
Xulosa va takliflar. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni muntazam chuqurlashtirdi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi kuzatildi va mamlakat tashqi bozordagi mavqеini mustahkamladi. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning rivojlanishinni talab etadi. Ammo fan sig’imi yuqori bo’lgan sohalar va milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish sanoatning qayta ishlashning tеxnik va tеxnologik rivojlanishi bilan bеvosita bog’liqdir. Bunda innovatsiya va innovatsion tеxnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’zR Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, rivojlanishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”1. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha jahon tajribasini jumladan Amerika, Rossiya, Yaponiyaning tajribasini o’rganish muhim bo’lib, bu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Kurs ishi maqsadi. O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyotini boshqa rivojangan mamlakatlar miqyosida tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyatini tushuntirish.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalarini ahamiyatini ko’rsatib berish
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni izohlab berish.
Rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti haqida fikr yuritish.
Kurs ishining obyekti. Respubikamizning miliy iqtisodiyoti, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning bevosita bir- biriga bog’liqigi.
Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasining rivojanishiga ta’sir o’tkazadigan barcha omillar yig’indisi hamda bu omillar ta’sirida millliy iqtisodiyotimizning shakillanishi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, beshta reja, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotar ro’yxatidan iborat.
1.Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyati.
Milliy iqtisodiyot- bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Iqtisodiyot keng ma’noda - bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Milliy iqtisodiyot fani esa - iqtisodiyotni shakllanish va rivojlanish muammolarini yangi sharoitda, mustaqillik sharoitida o’rganiladigan iqtisodiy fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy (oikos) qismlarini birlashtiradi.
«Milliy» so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib «natio»- xalq so’zini anglatadi. «Iqtisodiyot» esa grekcha so’zdan olingan bo’lib, «oikonomike»- uy xo’jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |