Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya siyosati


O‘zbekistonda investitsiyalar manbalarining tahlili



Download 47,78 Kb.
bet4/5
Sana03.05.2023
Hajmi47,78 Kb.
#934726
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

8.4. O‘zbekistonda investitsiyalar manbalarining tahlili
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish, ko‘p ukladli iqtisodiyotning shaklanishi va tuzilmaviy o‘zgartirishlar, xususiy korxonalar hissasi ortib borayotgan sharoitlarda O‘zbekistonda YAIMning barqarorligi kuzatiladi, bu esa kapital investitsiyalar o‘sishiga mos emas.
Tadqiq etilayotgan davrda asosiy iste’molga investitsiyalar hissasining pasayishi yuz berdi. 2000 yilda YAIMda kapital jamg‘armalar salmog‘i (solishtirma hissasi) 25 foizni tashkil qildi. Agar 1999 yilda YAIMda jamg‘armalar hissasi 17,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib bu ko‘rsatkich 16,6 foizga tushdi. Bunday o‘zgarishlar YAIMda ishlab chiqarish sohalari hissasining ko‘tarilishi, ayni paytda sof soliqlarning oshishi bilan kechdi. Ayni paytda YAIMda sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilishning hissasi pasaydi. Kapital investitsiyalarning YAIMga nisbati shuni ko‘rsatadiki, O‘zbyokistonda keyingi yillarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasiga bog‘langan investitsiyalarning nisbati ishlab chiqarish sohasidagi asosiy kapital pasayishi tomon bordi.
Investitsiyalarning tarmoq tuzilishi tahlili ko‘rsatishicha, so‘nggi yillardagi, birinchidan, investitsiya siyosatida asosiy e’tibor kommunikatsiya bilan bog‘liq sektorlarni rivojlantirishga qaratildi, ikkinchidan, investitsiya tuzilishida noishlab chiqarish sohasi ulushining yuqoriligiga erishildi, uchinchidan, jami investitsiyalarda davlat ulushining katta bo‘lishi ta’minlandi. Bu bilan davlat nafaqat bosh islohotchi, balki bosh investorlik vazifasini ham o‘tadi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, asosiy kapitalga safarbar etilgan investitsiyalarning uchdan ikki qismi davlat moliyalashi vositasida amalga oshmoqda. Bunda ishlab chiqarish sohasiga sarflar ulushining pasayishi, xususiy mulk doirasidagi investitsiyalarda noishlab chiqarish sohasi bilan bog‘liq sarflar oshishi kuzatilmoqda. Bu hol, ayniqsa, fuqarolar va ijtimoiy tashkilotlar mulkida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Natijada aktiv kapitalga mablag‘ yuborish pastligicha qolmoqdaki, bu yangi texnologiyaga tayangan quvvatlar o‘simini cheklamoqda. Davlat sektori chet el kreditlari va boshqalar hisobidan moliyalash ustunligicha qolib keldi.
Investitsiyalash jarayonlarini erkinlashtirish bozor mexanizmlari to‘laroq ishlashini taqozo qiladi. Bunda nodavlat sektori doirasida investitsiya faoliyatini jadallashtirish talab etiladi. Tahlil ko‘rsatishicha, moliyalashning davlat vositasi hozirchalik investitsiya sarflari samarasi oshishiga olib kelmadi, bu holni davlat va nodavlat mulki miqyosidagi investitsiyalar, tarmoq va texnologik tuzilmalardagi o‘zgarish dinamikasi ham tasdiqlaydi. Bularning barchasi moliyaviy vositachilikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi turli davlat moliyaviy institutlari tarmog‘i kengaytirilishini talab qiladi. Uy xo‘jaligi bo‘sh mablag‘lari va individual jamg‘armalarni jalb etish yo‘li bilan ulardan uzoq muddatli investitsiya resurslarini hosil etish mumkin.
Investitsiyalarni moliyalashning davlat va bozor vositalari bir vaqtda amal qilishi iqtisodiyot turli sub’ektlarini teng bo‘lmagan sharoitga qo‘yadi, harakat erkinligi va ijodiy tashabbusni bo‘g‘adi, byudjet mablag‘ni oluvchilarda boqimandalikni yuzaga keltiradi. Investitsiyalarni moliyalash manbalarining tarkibi shuni ko‘rsatadiki, ularni ta’minlashda korxonalar va aholi xususiy mablag‘lari, chet el investitsiyalari ulushida o‘zgarishlar kuzatilmovda.
Byudjetdan tashqari davlat mablag‘larini ham hisobga olganda investitsiyalashda davlatning ustuvorligi kuzatiladi. SHu bois O‘zbyokistonda investitsiya jarayonini qayta qurishning asosiy yo‘nalishi, bizning fikricha, investitsiya yukini byudjetdan moliyalashdan iqtisodiyot quyi sub’ektlari zimmasiga o‘tqazish bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zini moliyalashdan iborat bozor tamoyiliga mos keladi. YAna boshqa bir muammo – bu, iqtisodning davlat sektoridagi invsstitsiyalarning tarmoqlararo taqsimotini alohida nazorat qilgan holda turli manbalardan kelgan investitsiyalar nisbati samarali bo‘lishiga erishishdir. Moliyalash manbalarini takomillashtirish investitsiyalar va moliyalashda individual va korporativ mulklar rolini oshiradi, investitsiya risklarini sub’ektlar o‘rtasida diversifikatsiyalab, uni minimallashtirish, resurs egalari mas’uliyatini, daromadlarning jadal kapitallashuvi samarasini oshirish masalasini hal etishga yordam beradi. Bank krediti rolining oshishi fikrimizcha, moliyalash natijalari uchun korxonalar mas’uliyatini ko‘chaytiradi, chunki kreditning ahamiyati oshishi bilan bank kredit risklari majmuining darajasi ham oshadi. SHuning uchun davlat korxonalariga nisbatan, davlat byudjetidan investitsiya ajratishni belgilangan va past darajadagi imtiyozli foiz stavkalari asosida davlat moliya institutlari tizimi tomonidan boshqariladigan arzon kreditga aylantirilib, uni tanlov (tender) asosida taqsimlash bozor talabiga mos keladi.
Investitsiyalarni moliyalash manbalaridagi xususiyat davlat byudjeti mablag‘i solishtirma salmog‘ining yuqoriligi, korxonalar mablag‘i va xususiy mablag‘ning solishtirma salmog‘i pastligi hisoblanadi. Ularning solishtirma salmog‘i keyingi yillarda deyarli ikki marta kamaydi va chet el kreditlari solishtirma salmog‘i bir necha marta oshdi, ammo bevosita chet el investitsiyalarining ulushi pasaydi.
CHet el investitsiyalari va kreditlarining asosiy qismi bugungi kunda davlat mulkchiligi shaklidagi korxnalar asosiy kapitalini moliyalashtirishga jalb qilinmoqsa. CHet el investitsiyalari va kreditlari tarkibida kreditlar asosiy o‘rinni egallaydi. Asosiy kapitani moliyalashtirish manbalarida chet el investitsiyalari va karzlari keyingi yillarda 20 va undan ko‘d foizni tashkil qilgan holda o‘z tuzilmasiga ko‘ra, o‘zgarib bormoqda, chet el investitsiyalari kamaygan holda chet el kreditlari hissasi ortib borishi tendensiyasi kuzatiladi va ularning ko‘proq qismi hukumat kafolatlari bilan jalb qilinmoqda.
Investitsiyalarni moliyalashning xorij manbalarida hukumat kafolati ostida kreditlarni pasaytirish hisobiga chet el investitsiyalari ulushini oshirish lozim.
Tahlilar shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalarni moliyalash manbalarida qarz ahamiyatining oshishi asosan chet el va milliy markazlashtirilgan kreditlar hisobiga yuz bermoqda. Hukumat kafolati ostida olingan chet el kreditlari ulushining oshishi valyutadagi kreditlarning qaytarilmasligi risklarini hisobga olishni taqozo etmoqda. Bu, o‘z navbatida, investitsiya qarorlarini qabul qilishda, investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tqazishda va xalqaro qarz mablag‘laridan foydalanishda banklarning mas’uliyatini jiddiy ravishda oshirishini talab qiladi.
Nobank kredit muassasalariga rivoji raqobat orqali moliyaviy vositachilikni kengaytirish va investitsiya faoliyati uchun to‘planayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishga imkon beradi.
Banklarning investitsiya faoliyatini kengaytirish va risklarini diversifikatsiyalash uchun bir nechta bank yoki kredit muassasalari tomonidan sinditsiyalashgan kreditlar berilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, iqtisodning real sektorida hayotchan loyihalarni loyihaviy moliyalashtirish metodologiyasi asosida ta’minlanishi mumkin.
Kredit uyushmalar o‘z a’zolariga tezda oqlanadigan loyiha asosida arzon ssudalar berishi iqtisod quyi sub’ektlarining. investitsiya tashabbusiga yo‘l ochadi. Bunga erishish uchun foiz stavkalari kredit uyushmaning operatsion xarajatlarini qoplashni ta’minlaydigan darajada belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Bular orqali kichik ishlab chiqarishii, mayda savdoni kredntlashni tashkil etish mumkin bo‘ladi. Iqtisodning kichik sub’ektlari uchun asosiy masala moliyalash manbalarini topish hisoblanadi. Bu masalani hal etish uchun tijorat banklaridan tashqari moliya institutlari tuzilishi lozim. Bu institutlarning ssuda kapitali maxsus fondlar, quyi sub’ektlarining o‘z jamg‘armalari, shuningdek, korporativ obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish’ hisobidan shakllantirilishi mumkin.
Davlat moliya institutlari alohida riskli, lekin ustuvor tarmoqlarda hamda etarlicha kreditga qobil bo‘lmagan va qarz mablag‘larini talab qiluvchi korxonalarning asosiy va aylanma kapitalini kengaytirish uchun imtiyozli, uzoq muddatli kreditlar berishi kerak. Kichik va o‘rta biznes va xususiy tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashdagi kreditning ahamiyatini kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalariga ustuvorlik berish; davlatning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mablag‘larini yagona fondga birlashtirish, xususiy korxonalarning o‘z jamg‘armalarini investitsiyalarga tortish uchun qo‘shimcha imtiyoz berish; xalqaro marketing markazini barpo qilish va uning negizida eksportyorlarni, mahsulot sotiladigan bozorlar bo‘yicha marketing-axborot tizimini qo‘llab quvvatlovchi mintaqaviy markazlar tarmog‘ini bunyod etish, lizing1, kafolat fondlari, ixtisoslashgan baiklarning o‘zaro kreditlash jamiyati, minitexnika va uskunalar lizingini, kichik mablag‘larni jamlash uchun kredit uyushma (kooperativ)2lari tarmog‘ini shakllantirish kichik va o‘rta korxonalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbyokiston tiklanish va rivojlantirish bankini3 tuzish; chet el kreditlari va investitsiyalarini bosqichma-bosqich jalb etish dasturini ishlab chiqish.
Kichik va o‘rta korxonalar invetitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish chog‘ida ularga xom ashyo etqazib beruvchi aniq bozorning mavjudligi, mahsulot sotiladigan bozorlar marketing tadqiqoti natijalari; aylanma kapitlani o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlash imkoniyatlarini baholash; mehnat resurslari sarfini baholash kabilar talab qilinadi.

Download 47,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish