Milliy iqtisodiyot: ustuvor vazifalar va ularning maqbul yechimlari
21/01/2019 - 18:35 6832
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilinib, ushbularga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Yuqoridagi farmon va qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka batafsil tushuntirish, mamlakatimizda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha vazirlikning oldida turgan asosiy vazifalari bilan batafsil tanishtirish maqsadida joriy yilning 19-yanvarida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi - yangi davr va dolzarb vazifalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, jumladan, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyotini, jumladan urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali ularning mutanosibligini muvofiqlashtiradigan tizimni barpo etish, bunda: iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmlarini izchil joriy etish kabi ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalindi.
Shuningdek, vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy boshqarmalari faoliyatini raqamli iqtisodiyotga o‘tkazish masalasining muhimligini inobatga olgan holda seminarda raqamli iqtisodiyotga o‘tish vazifalari va kutilayotgan natijalar, Elektron ma'lumotlar bazalari hamda tegishli axborot tizimlarini ishlab chiqish va shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ma'lumki, vazirlikning 2018-yil 24-oktyabrdagi «Iqtisodiyot vazirligida ma'lumotlarning elektron bazalarini shakllantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi buyrug‘iga muvofiq qator vazifalar belgilangan edi.
Bundan tashqari, seminarda 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar (rus. - Seli ustoychivogo razvitiya (SUR), angl.- Sustainable Development Goals (SDGs) haqida, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, investitsion loyihalarni kompleks ekspertiza qilish, yangi soliq siyosati natijasida narx barqarorligini ta'minlash, aniq misollar va formulalar misolida narx shakllanishi va QQSni hisoblash metodikasi kabi masalalarda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar, hududlarda ishlab chiqarish quvvatlarini samarali joylashtirish, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi klasterlari faoliyati hamda hududlararo xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida vazirlik oldida turgan vazifalarga ham to‘xtalindi.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha taqdimot tarzida namoyish etilgan ustuvor vazifalar: mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish asosida, rivojlantirish tizimini ekstensiv usuldan intensiv usulga yo‘naltirish orqali qishloq xo‘jaligini barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta'minlash; oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish; qishloq xo‘jaligida samarali kooperatsiya tizimini rivojlantirish; qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi va ilmiy tadqiqot ishlariga investitsiyalar jalb qilishni oshirish borasida fikr yuritildi.
Ma'lumki, urbanizsiya jarayonlarini faollashtirish dasturi o‘z ichiga har shahar kesimida mavjud muammolar va kamchiliklarni chuqur tahlil qilish, ularni rivojlantirishning imkoniyatlarini va salohiyatlarini aniqlash; o‘sish nuqtasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istiqbolli qishloq aholi punktlari, shahar poselkalari va kichik shaharni hatlov asosida aniqlash, o‘rta va yirik shaharlarni shakllantirish; tahlil natijalari va ilg‘or xorij tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakat va hududlar kesimida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, ustuvor yo‘nalishlarini va maqsadli vazifalarini aniqlash (O‘zbekiston bo‘yicha urbanizatsiya darajasini 2030 yilda 60 foizga yetkazish); har shahar kesimida, jumladan aniqlangan istiqbolli aholi yashash joylarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatgichlarini shakllantirish (investitsiya, hududiy va tarmoqlarda amalga oshiriladigan loyihalar va dasturlar asosida) masalalarini qamrab oladi. Shu ma'noda seminarning asosiy mavzularidan hisoblangan Urbanizatsiya jarayonini faollashtirishdan kutilayotgan natijalar ham ko‘rib chiqildi. Unda: barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash; aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash; shaharlardagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan, jumladan yer uchastkalaridan samarali foydalanish; shaharlarda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish (sanoat, uy-joy, infrastruktura ob'yektlari); iqtisodiyotda innovatsion industrial va raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash asosida mehnat unumdorligini, raqobatbardoshlikni oshirishdek ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ustuvor vazifa etib belgilanganligi qayd etildi.
Ushbu o‘quv-seminari davomida vazirlik tizimidagi barcha viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari rahbarlari, mutaxassislari, Sirdaryo viloyatining ishbilarmon doiralari o‘rtasida mavzular yuzasidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha jonli munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati
/uploads/forum-2022/uz/wallpaper.png
KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARIGA BAG'ISHLANGAN XALQARO FORUM
/uploads/2021_years/pngwing-com%20(11).png
Hokim yordamchilari faoliyati
Kambag‘allikni qisqartirish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari to‘g‘risida
Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi
Elektron hukumat
Xalqaro reytinglar va indekslar
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik
Ayrim turdagi mahsulotlar narxlari
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari
Go'sht mahsulotlari
Onlayn Axborot xizmati
ONLAYN AXBOROT XIZMATI
Subsidiya ma'lumotlari
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish haqida
Xatlar holatini tekshirish
Vazirlikka yuborilgan xatlar holatini ko'rish
IJRO INTIZOMI IDORALARARO
YAGONA ELEKTRON TIZIMI
Harakatlar strategiyasi
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi
Ochiq ma'lumotlar
O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali
Valyutalar kurslari
So`rovnomalar
Vazirlik veb saytini baholang
Excellent
Good
Satisfactorily
Unsatisfactorily
Boshqa so`rovnomalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT
VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI
© 2006-2022
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda manba ko`rsatilishi shart.
Islom Karimov ko`chasi, 45a,
Toshkent, O`zbekiston 100003
Telefon: +99871 207 7173, +99871 232-63-20, 1171
Faks: +99871 232-63-72
Elektron pochta: info@mineconomy.uz
Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International
Топ рейтинг www.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |