Milliy iftixor tuygʻusi va Alisher Navoiy merosi



Download 14,09 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,09 Kb.
#269379
Bog'liq
Bayonnoma Navoiy 578 yilligi


Bugun universitetmizning madaniyat saroyida Oʻzbek filologiyasi tomonidan “Milliy iftixor tuygʻusi va Alisher Navoiy merosi” mavzusida Alisher Navoiyning 578 yilligiga bagʻishlangan katta tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirning kirish qismini universitetning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori X.Tursunboyev ochib berdi. Navoiyning naqadar buyuk inson ekanligini, har bir yosh avlod bobomizga munosib farzand boʻlishi kerak ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Soʻz navbati Qoraqalpogʻiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimovga berildi. K.Karimov “Turkiy xalqlar ijodida Navoiyning tutgan oʻrni” mavzusida maʼruza oʻqidi. Ushbu maʼruzada Navoiyning butun turkiy xalqlar hayotidagi katta ahamiyati, Navoiyning turkiy xalqlarning birlashishidagi oʻrni haqida maʼlumotlar keltirildi. Keyingi navbat Oʻzbek filologiyasi dotsenti H.Abdullayevga berildi. H.Abdullayev “Navoiy ijodida komil inson” mavzusida maʼruza qildi. Komil inson qanday tushuncha ekanligini, Navoiy nima uchun oʻz asarlarida komil insonga murojaat etganligini aytib oʻtdi. Navoiyning oʻzini komil inson deya taʼrif berib oʻtdi. Keyingi soʻz Oʻzbek filologiyasi qozoq kafedrasi dotsenti K. Aralbayevga berildi. “Navoiy va qozoq adabiyoti talqini” mavzusida chiqish qilib, Navoiyning qozoq adabiyotida tutgan oʻrni, qozoq adabiyotida Navoiy ijodini oʻrganilishi kabi mavzularga toʻxtalib oʻtdi. Navbat Oʻzbek filologiyasi dotsenti, f.f.n F.Bobojonovga berildi. F.Bobojonov Navoiyning o‘zbek adabiy tilida tutgan beqiyos o‘rnini, adibning adabiy tilimizga qo‘shgan buyuk xizmatlarini eʼtirof etdi. Navoiyning so‘z qo‘llash borasidagi mohirliklarini misollar orqali yoritib berdi. Navoiyning voizlik haqidagi qarashlariga ham toʻxtalib oʻtdi. Maʼruzalarga talabalar orasidan ham chiqish boʻldi. Oʻzbek filologiyasi 3-bosqich talabasi D. Yusufova “Alisher Navoiy oʻzbek tilshunosligining asoschisi” mavzusida maʼruzaga chiqdi. Navoiy turkiy tilni adabiy til darajasiga koʻtargan buyuk alloma sifatida taʼriflab oʻtdi. Tilshunoslikka doir “Muhokamat ul-lugʻatayn” asariga toʻxtalib, undagi leksik boyliklar haqida maʼlumotlar keltirdi.

Navbat badiiy qismaga berildi. Oʻzbek filologiyasi talabalari oʻzlarining sahna koʻrinishlarini namoyish qildi. Bunda Navoiy hayoti aks ettirilgan lavhalar koʻrsatilib oʻtdi. Sahna koʻrinishi davomida gʻazalxonlik kechasi ham oʻtkazildi. Oʻzbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq va ingliz tillarida ruboiy va gʻazallar aytildi. Navoiyning gʻazallari talabalar tomonidan qoʻshiq qilib kuylandi.



Fakultetda Navoiyning 578 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy merosi-millat xazinasi” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazilgan edi. Tadbir soʻnggida Oʻzbek filologiyasi dekani O. Duysenboyev soʻzga chiqib, insholar tanlovidagi gʻoliblarni va tadbir ishtirokchilarini taqdirladi.
Download 14,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish