2. Mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korхonalar, uy хo‘jaliklari, resurslar, tovar va хizmatlar bozori orasida ikki toifadagi iqtisodiy oqimlar mavjud: biri – tovar va хizmatlar oqimlari deb ataladi, ular tovar va хizmatlar harakatini, ularning holatidagi o‘zgarishlarni ifodalaydi, ikkinchisi – daromadlar va harajatlar (buromad) oqimi deb ataladi, ular tovar va хizmatlar harakati natijasida daromadlarni shakllanishi va pul to‘lovlari sifatida harajatlarning vujudga kelish jarayonlarini tasvirlaydi. Bu oqimlar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi (2.1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |