Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarsih
Ishlab chiqarish va uing xarajatlari to'g'risida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech bo'lmaganda birontasini ham o'zgartirib bo'lmaydigan vaqtga aytiladi. Shu vaqt davomida o'zgara olmaydigan omillari doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi.
Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo'nalishini o'zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbobuskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga oʻzgartirish kiritish uchun yetarli bo'lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar oʻzgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma'lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan foydalanish intensivligini o'zgartirishi mumkin. Uzoq muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham oʻzgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalaming uzoq vaqtga mo'ljallangan yechimlari bilan bog'liq bo'lib, bu yechimlar ma'lum tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisobkitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi.
Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90taga yetkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham oʻzgarib turadigan ishlab chiqarish omillari bo'lgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni qo'shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollari tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo'shimcha foydalanish bilan bog'liq. Biroq, qisqa muddatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqtda qo'llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya'ni, mehnat sig'imini Idan Zgacha ko'paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq.
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni o'zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha ko'paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq muddatli davrda agar ishlab chiqarish jarayoni ikki dona (birlik) kapital qo'shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin.
Shunday qilib, bizning firmamiz qo'shimcha kapitalga buyurtma beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Qo'shimcha kapital kelib qo'shilgan vaqtda firma o'zi kiritadiga mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko'paytirishi mumkin. Birta o'zgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish
Kapital qat'iy belgilangan ishlab chiqarish omili boʻlib, mehnat esa o'zgaruvchan hisoblanuvchi holatni ko'rib chiqamiz. Bu holda firma ishlab chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga ko'paytiradi. Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikani boshqaryapsiz. Ixtiyoringizda doimiy (o'zgarmas) miqdorda asbob-uskuna mavjud, ammo Siz asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki ko'p ishchi yollashingiz mumkin. Siz qancha kishi yollash va qancha kiyim ishlab chiqarishni hal qilishingiz kerak. Bir qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori foydalaniladigan mehnat resurslari L o'sgan sari qanday ko'payishini (agar umuman koʻpaysa) bilish zarur.
Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy bo'lgan sharoitda 10 birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan birinchi ustun - mehnat sarfi, ikkinchisi -- kapitalning o'zgarmas miqdori va uchinchisi – ishlab chiqarish hajmi). Mehnat sarfi no‘lga teng bo'lganda, ishlab chiqarish hajmi ham no'l boʻladi. Mehnat sarfi sakkiz birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi o'sib boradi. Bu nuqtadan yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qo'shimcha mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq ko'rsatilgan bu nuqtadan keyin qo'shimcha mehnat sarflari to'la bo'lmay qoladi va samaraga qarshi bo'lib qolishi mumkin (yigʻish liniyasidan ikki kishiga qaraganda besh kishi yaxshi foydalanishi mumkin, biroq o'n kishi bir-biriga xalaqit berib ishlaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |