O‘zbekistonda milliy hisoblar tizimi: holati va istiqbollari
Reja:
1.Milliy hisoblar tizimi.
2. Ishlab chiqarish samaradorligi.
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.
Milliy hisoblar tizimi
Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) to-varlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimit. ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayo-mlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi. Daromadni yaratish faqatgina nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga tegishli bo‘lmasdan, balki xizmat sohasiga ham tegishlidir. Shu konsepsiyaga asosan iqtisodiy ishlab chiqarish barcha iqtisodiy faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi, ya’ni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasi shu jumladan nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi MHTni 1993 yildagi nusxasida yashirin iqtisodiyotni ham o‘z ichiga oladi.Iqtisodiy ishlab chiqarish natijasida yaratilgan daromad, bu barcha ishlab chiqarish omillariga tegishlidir: er, kapital, mehnat va tadbirkorlik. Shu sababli yaratilgan daromad ishlab chiqarish omillarini egalari o‘rtasida taqsimlanadi. MHT-1993 yildagi nusxasida “omillar daromadi” o‘rniga “birlamchi daromadlar”, deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi birlik o‘z kapitalini ma’lum davrda ish-latib va shu davrda kapitalni maksimal qiymatida saqlay ol-sa, shu davr davo-mida qilingan xara-jatlarga daromad de-yiladi, boshqacha qilib aytganda ishlab chiqaruvchi birlik shu davrda kam-bag‘al bo‘lib qol-masa, ya’ni yaratil-gan boyligi kamay-masa va o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyat olmasa shu konsepsiyaga asosan daromadning moliyaviy manbayi faqatgina yalpi qo‘shilgan qiymatdir. Inflyatsiya ta’sirida valuta kurslari va baholarni o‘zgarishi tufayli olingan foyda, asosiy aktivlarni sotishdan va inflyatsiya tufayli aktivlarni qiyma tini o‘zgarishidan olingan mablag‘ daromad, deb hisobga olinmaydi
Bu konsepsiyaga asosan milliy iqtisodiyot katta ko‘p o‘lchamli tizim, deb va uni obyektlari turli tuman iqtisodiy jarayonlardan iborat, deb tushuniladi. Shu tizimni asosi iqtisodiy aylanish bo‘lib, u o‘ziga barcha takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya’ni ishlab chiqarish, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni yakuniy iste’moli va jamg‘arishda foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Har bir iqtisodiy jarayon maxsus schyotlarda shakllanadi. Hamma schyotlar bir-biri bilan uzviy bog‘lanib, ma’lum jarayonlarni o‘zida ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |