Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha.
2. Asosiy hisoblamalar tizimi.
3. Milliy hisoblar tizimidan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash maqsadida foydalanish .
1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha.
MHT – jahonning barcha mamlakatlarida qo`llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o`rganishga foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo`lib hisoblanadi.
«Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilga avval gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V.Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o`z aksini topgan.
MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va xizmatlar unga kiritilgan:
tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o`zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tomonidan o`zi uchun ishlab chiqargan qishloq xo`jaligi mahsulotlari);
sotish uchun ko`rsatilgan xizmatlar;
moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fondlari, sug’urta kompaniyalari va h.k.);
davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko`rsatilgan nobozor xizmatlar (boshqaruv sohasidagi jamoa xizmatlari, mudofaa, sog’liqni saqlash, ta`lim sohasidagi yakka holdagi xizmatlar va h.k.);
yollanma xizmati (oshpaz, bog’bon, haydovchi)lar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar;
uy-joy egalari tomonidan o`zlariga ko`rsatilgan xizmatlar.
1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, unda xo`jalik yurituvchi sub`ektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo`yicha gu ruhlarga ajratilgan:
nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
davlatni boshqarish;
uy xo`jaligi;
uy xo`jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar.
SHunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig’indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo`lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg’arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi
2 Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo`jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi.
Tuzilishi bo`yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o`xshaydi. Ular T-formasiga ega bo`lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar).
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
joriy hisoblamalar;
jamg’arish hisoblamalar;
aktivlar va passivlar balanslari.
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
ishlab chiqarish hisoblamasi;
daromadlarni hosil bo`lishi;
daromadlarni birlamchi taqsimlash;
daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
moliyaviy hisoblama;
aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi:
davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish – bino va inshootlarni qurish qiymati, shuningdek, mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa turlarini sotib olish.
Material aylanma mablag’lar zahirasini ortishi – xomashyo, materiallar, yoqilg’i, asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish tayyor, lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va h.k. qiymatining ortishi.
Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) – zargarlik buyumlari, san`at asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish, ular o`z qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Boyliklar yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va iste`mol uchun emas, balki aktivlarni inflatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |