Vatan tarixi, xotirasi aynan muzeylarda aks etadi. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq davlat muzeylari turli toifalarda va turli yo`nalishlarda bo`lib, bugungi kunda xalqimiz va turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ziyoratchilarning ham ma`naviy, ham ma`rifiy jihatdan ongini, ruhiyatini boyitishda muhim amaliyot kasb etmoqda. 2008 yil “Muzeylar to`g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu esa muzey xodimlari faoliyatini yanada jonlantirish bilan birga mas`uliyatini ham oshirdi. Muzey xodimlari faoliyati, muzeylarga oid bukletlar, kitoblar, suratlar ko`rgazmasi tashkil etib borilmoqda. Umuman axolini, o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda muzeylarning roli beqiyosdir. Chunki barcha eksponatlarda tarixiy jarayon, ajdodlar nafasi bor. Ular qoldirgan ma`naviyat, boy merosni avaylab-asrash, avlodlarga etkazish esa muqaddas burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |