Idеologizatsiya-muayyan davlatda g`oya va mafkura mutlaqlashtirilishi.
|
Dеidеologizatsiya-siyosat, g`oya, mafkura o`z yo`liga - davlat o`z yo`liga dеgan qarash
|
Rеidеologizatsiya-Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko`tarilmaydi. Balki davlat bu sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi.
|
3-masalaning bayoni: О’zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat xususida, uning g’oyaviy-mafkuraviy asoslari tо’g’risida fikrlashdan avval mustaqillikkacha
bо’lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum haqida ayrim xulosalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Masalaga bunday yondashishning sababi shundaki, sovet
mustabid tuzimi davrida О’zbekiston xalqaro hamjamiyatga qо’shilish, ijtimoiy taraqqiyotda umumjahon e‘tirof etgan umumbashariy qadriyatlarga amal qilish
imkoniyatidan mahrum bо’ldi. Sovet mustabid tuzumining о’ziga xos g’oyaviy-mafkuraviy asosi mavjud bо’lib, uning mazmun va mohiyatini kommunistik mafkura tashkil etardi. Bunday mafkura ham ijtimoiy-siyosiy, ham ma‘naviy-mafkuraviy, ham iqtisodiy jihatdan jiddiy cheklangan edi. Unda demokratiya, inson manfaatlarini hurmat qilish, fuqaro huquqlarini himoya etish, hurfikrlikning rivojlanishi kabi umumbashariy qadriyatlarga asoslangan g’oyalar soxtalashtirilgan edi. Inson manfaatlariga mutlaqo zid bо’lgan bunday mafkura bir necha о’n yillar mobaynida dunyoning kо’plab mamlakatlarida noinsoniy tajribalar о’tkazdi.
G’oya ikki tomon, ya’ni tashqi reallik (ontologiya) va va odamzot (gnoseologiya) orasidagi munosabat (ta’sir va aks ta’sir) natijasida shakllanadigan sub’yektiv hodisa, ob’yektiv reallikning sub’yektiv natijasi, inson ongida tashqi olam, dunyo va hayot hodisalarining aks etish shaklidan biridir.
|
О’sha davrda «sovet madaniyatini yaratish», «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik, ruhan baynalminal madaniyat barpo etish», «kishilarning yangi tarixiy
birligi - sovet kishisini tarbiyalash», «sotsializm rivojlanib borgani sari sinfiy kurashning kuchayib borishi» tо’g’risidagi g’ayriilmiy xulosalar sovet turmush tarzining g’oyaviy- mafkuraviy asoslari edi. Jamiyatda sodir bо’layotgan har bir ijtimoiy hodisa, voqeaga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan munosabatda bо’lish tufayli sobiq SSSRdagi barcha respublikalar qatori О’zbekiston ham jahon hamjamiyatidan ajralib qoldi. Natijada mamlakatda kommunistik mafkuraning yakka hokimlik tizimi yuzaga keldi. Fikriy rivojlanishda g’oyaviy-mafkuraviy boqimandalik avj oldi, hurfikrlikka «siyosiy savodsizlik», «g’oyaviy kambag’allik», «millatchilik» singari yorliqlar bilan zarba berildi. Ma‘lumki, 1989 yilning о’rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet xukumati tomonidan О’zbekistonga nisbatan qatag’on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, ―paxta ishi, ―О’zbeklar ishi deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bо’lgan ―Pravda gazetasining ―Oltin xazinasi ustidagi ilon deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuxmat va bо’xtonlar yog’dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz о’rtasida ―desantchilar deb nom olgan guruxlar tomonidan qancha-qancha begunox insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta‘qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
Marginal madaniyat- xalqning xoshish-irodasiga qarshi majburan singdirilgan madaniyat. Sovet davrio madaniyati buning yorqin ifodasi hisoblandi.
Shu davr mobaynida о’lkamizda rо’y bergan Farg’ona, Guliston, Bо’ka, О’sh, Namangan voqealari paytida, tarixda ―GKCHP deb nom olgan, SSSR davlatining sо’nggi kunlarida bir gurux imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy tо’ntarish chog’ida va boshqa shu kabi о’ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona tо’g’ri yо’lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta‘minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydi.
Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qо’ygan og’ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni о’nglash, xalq dardiga darmon bо’lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni xal etish maqsadida axoliga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkaxokimligiga barxam berish borasida davlatimiz raxbari tomonidan keng kо’lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bо’yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta‘biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning axolisiga teng bо’lgan 1,5 million yangi oila paydo bо’lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish,
odamlarga kredit berish, о’z xо’jaligini yuritish uchun urug’lik, chorva mollari va
parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda dunyoda ―О’zbek modeli‖ deb nom olgan taraqqiyot yо’limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, о’sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, baxs va tortishuvlar jarayonida
tug’ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta‘limotga aylandi. Mustaqillik g’oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda Yurtimizning dadil qadamlarini kо’rolmaydigan g’arazli kuchlar sobiq Markazda xam, о’zimizda xam topiladi. Bunday siyosiy o’yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Xindiston Respublikasida rasmiy safarda bо’lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat raxbarining О’zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim raxbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qо’llab-quvvatlaydi, shu tariqa о’zining siyosiy va ma‘naviy qiyofasini kо’rsatadi.
Afsuski, bugun vaqt о’tishi bilan ana shu voqealarni kо’rgan-bilgan, ularga
bevosita guvox bо’lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash‘um bir davrida sodir bо’lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning moxiyatini chuqur anglamasdan turib el-Yurtimizning istiqlolga erishish yо’lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan tо’liq tasavvur etib bо’lmaydi.
Mustaqillik yillarida О’zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa -
barpo etilishi lozim bо’lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘ rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta‘minlash davlatimiz siyosatining mazmunmohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an‘analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan kо’r-kо’rona nusxa kо’chirmasdan, о’zimizga xos va о’zimizga mos rivojlanish yо’lini izchil davom ettirish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |