2-masalaning bayoni: Milliy g’oya o’zining tarixiy ildizlariga egadir. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari O’zbekiston huduida eng qadimgi odamlarning paydo bo’lishi, urug’ va qabilarning kelib chiqishi, davlatchilikning shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi, ilmiy va diniy bilimlardan foydalanish, falsafa, axloq, huquq v aboshqa shu kabi narsa va hodisalarning butun bir tizim sifatida tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini o’zida ifoda atadi.
Har qanday g’oya dunyoni bilishning mauayyan bosqichi va o’ziga xos shakli sifatida bir qator xususiyatlarga ega. Bunda, g’oyaning namoyon bo’lish xususiyatlari deb uning o’ziga xos, boshqalardan ajratib turadigan tomoni, o’ziga xos belgilariga aytiladi.
|
G’oya muayyan maqsadi ifodalaydi, odamlarni shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.
|
G’oya hayotiy va ilmiy dalillarga tayangan holda ish ko’radi, faoliyat olib boradi.
|
Goya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo’lib obyekt va subyekt o’zaro dialektik birligiga asoslanadi.
|
G’oya muayyan mafkura uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
|
G’oya nazariy va amaliy bilmlar birligiga tayanadi.
|
G’oya biron-bit farzani ifodalaydi.
|
Tarixiy ildiz deganda bugungi kunda mavjud bo’lgan narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari nazarda tutiladi.
G’oya va mafkuralar tarixini davlatlashtirishda umumiylik mavjud. Hozirgi kunda tarixni sinfiylik, partiyaviylik kabi tamoyillar asosida о’rganish va davrlashtirish inkor etilgani kabi, ularni sivilizatsion yondashuv asosida о’rganish ham aniq bо’lib qoldi. Sivilizatsion hodisalarni kopleks- tizimli yondashuv asosida о’rganish bizga g’oya va mafkuralarning rivojlanish tarixini davrlashtirishda tо’g’ri yо’l tanlashga imkon bermoqda. Agar masalaga shu asosda yondashadigan bо’lsak, unda О’zbekistonda g’oya va mafkuralar rivojlanishini quyidagicha sivilizatsion yondashuv asosida
o’rganish mumkin:
Ta‘kidlash lozimki, har bir davrning о’ziga xos ijtimoiy taraqqiyotining о’sha bosqichini о’zida mujassam etgan g’oyalari mavjud bо’lgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatda inson
1. Ibtidoiy jamiyat ;4. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri;
2. О’rta asrlar davri;5. Sovet mustabid tizimi davri;
3. Xonliklar davri;6. Milliy mustaqillik davri.
yovvoyilikdan madaniylashishga о’ta boshladi, tabiat sirlarini о’rganib о’zining inson ekanligini his etish bilan bog’liq g’oyalar yuzaga
kela boshladi. G’oya yoki ideya fenomeni maxsus tadqiqot obyekti sifatida G’arb falsafasi tarixida ilk bor Sokrat va Platon tomonidan qо’yilgan va о’ziga xos «yechimini topgan» edi. Xususan, Platon fikricha, ideya bu - haqiqiy borliq bо’lib, moddiy narsalarning namunasi, andozasi tarzida real, obyektiv mavjud bо’lgan g’oyalar dunyosining umumiy tavsifidir; har bir g’oya yagona va о’z-о’ziga ayniy bо’lgani holda, ayni vaqtda hamma narsalarda mavjud bо’la oladi. Platon mushohadasiga kо’ra, ideal borliq moddiy borliqni, faqatgina belgilabgina qolmay, ayni paytda u o’zida mutlaq umumiylik va qiymatlilik mohiyatlarini ham mujassam etadi.
Olamning vujudga kеlishi, mavjudlik qonuniyatlari, uning asosini nima tashkil etgani kabi masalalarni falsafiy talqin etish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idеalizm va matеrializm singari oqimlar vujudga kеldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |