Uchinchidan, biron-bir ish harakat qilish haqidagi fikr, o’y-niyat, maqasad ma’nolarida qo’llaniladi.
Vaholanki, ijtimoiy ongda sodir bо’ladigan har qanday yangiliklarning birdan-bir yagona manbai individual ongdir. Ijtimoiy ong tarkibidan avval boshda individual g’oya bо’lmagan biron-bir g’oyani topib bо’lmaydi. Ijtimoiy mavqe kasb etgan barcha g’oyalar individlar tomonidan yaratiladi, rivojlantiriladi va boyitiladi. Biz keng aholi ommasiga, butun insoniyatga aloqador muammolarni tahlil qilgan paytlarimizda aksariyat hollarda davr voqeliklarining mualliflari о’zimiz ekanligimizni yetarli darajada anglay olmaymiz. G’oya va mafkura tushunchalari ham obyektiv reallik in‘ikosini, ham muayyan maqsad-muddao va ideallarni о’zida mujassam etadi. Bu ikki tomon birbiri bilan uzviy bog’liq bо’lib, g’oya va mafkura tushunchalarining о’ziga xos xususiyatlarini va ularning inson ongi harakatidagi о’rnini belgilaydi.
Ob’yektivlik (lot. Objiect- narsa)- inson va uning ongidan mustaqil mavjud bo’lgan reallik. Tashqi olam predmet va hoidasalarni qanday bo’lsa, shunday bayon qilish.
|
Sub’yektivlik(lot. Subjectus-ostida, pastda, aosida turuvchi)- faol faoliyat ko’rsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega bo’lgan individ yoki ijtimoiy guruh. Ob’yektni “insoniylashtiruvchi” shaxs, ijtimoiy guruhlarning faol faoliyati.
|
G’oya va mafkura tushunchalari voqelik rivojlanishida, insonning amaliy faoliyati jarayonida yangi, hali mavjud bо’lmagan reallik shaklini yaratuvchi faol, vositachi zvenodir. Boshqacha aytganda, g’oya va mafkura tushunchalari praksiologik xarakterga egadir. Bu hol - kelajak loyihasi, maqsadga erishishga intilish, xoxish-iroda va ijobiy yaratuvchanlik omillarini ifodalaydiki, psixologiyada bu omillar yoki xislatlar «xohish», «intilish», «maqsad qо’yish», «irodaviy kuch», «aqliy harakat» kabi atamalarda ifodalanadi.
Insoniyat tarixi – g’oyalar tarixidir, deyishadi. Darhaqiqat, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomidagi barcha yirik voqea-hodisalarning tag-zamirida u yoki bu g’oya yotadi. Eng buyuk kashfiyotlar yoki tub sotsial о’zgarishlar avvalo ular haqidagi orzu-niyatlardan, intilishlardan boshlangan. Muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, xalq, davlat yoki jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad-mudaolarni, orzu-intilishlarin о’zida mujassam etuvchi g’oyalar tizimi sifatida namoyon bо’ladigan mafkura - istiqbolning yaratuvchisidir. Kecha orzu-niyat bоlgan milliy davlatimizning bugun biz uchun sha‘n va iftixorga aylanganligi buning yaqqol misolidir.
Milliy g’oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi
hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu qadriyatlar о’sha davlat va xalqning ijtimoiy mо’ljali hamdir. Yana shu narsaga e‘tibor berish lozimki, davlatlarning ijtimoiysiyosiy tuzumlari о’zgargan paytlarda g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar ham о’zgaradi. Umuman, g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ular tomonidan himoya qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum davridagi g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar boshqa tuzum sharoitida tamomila yangicha mohiyat kasb etsada, ammo, ularning ayrim jihatlari vorislik ahamiyatiga ega bо’ladi. Davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumidan qat‘iy nazar bu holning mohiyati о’zgarmasdan qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |