Milliy g‘oyaga daxldorlik xissi barqaror taraqqiyot omili. (Seminar)


Yuksak ma’naviyat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro bog‘liqligini qanday yo‘nalishlar orqali ko‘rish mumkin?



Download 25,39 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2021
Hajmi25,39 Kb.
#66702
1   2   3   4
Bog'liq
MILLIY G‘OYAGA DAXLDORLIK HISSI - BARQAROR TARAQQIYOT OMILI c5a6afc33aa1f077933c

Yuksak ma’naviyat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro bog‘liqligini qanday yo‘nalishlar orqali ko‘rish mumkin?


Mamlakatimizda demokratik jamiyat, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish ma‘naviy hayotdagi muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan bog‘liq xolda kechadi. Bunga globallashuv davri ham o‘zining bevosita va bilvosita ta‘sirini ko‘rsatmoqda. Ma‘lumki globallashuv so‘zi ―global so‘zidan olingan bo‘lib, yer shari ma‘nosini bildiradi. Global o‘zgarishlar, obyektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining ta‘sirini o‘tkazmoqda. U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma‘lumki, u insonlar ma‘naviy hayot sharoiti, imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma‘naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq. Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas‘uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha‘ni, qadr-qimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon bo‘lishini hisobga olsak, Daxldorlik xissiga salbiy ta‘sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin: O‘zbo‘larchilik; ommaviy madaniyat; beparvolik; loqaydlik; sotqinlik; xudbinlik;mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy- falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma‘noni anglatishini ta‘kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‘no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy- siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllashini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etadi. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu ma‘noda, globallashuv — bu avvalo hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir . Global o‘zgarishlardan ma‘naviy hayotda nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga urinish, ma‘naviy tahdidlarga, axborot xurujlarini ortishiga, ―ommaviy madaniyat va mafkuraviy kurashlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Dunyoda ayrim xalqlarning madaniyatidan, milliy o‘zligidan begonalashtirish orqali ularning kelajagidan mahrum etishga urinilmoqda.Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya‘ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma‘naviyatidan judo qilishga urinadi.

Binobarin, ma‘naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin. Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat qiladi . Ma‘naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e‘tiqodidan qat‘i nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim . Tarixdan ma‘lumki, gegemon davlatlar bir xalqni o‘ziga tobe qilish uchun eng avvalo uni o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma‘naviyatidan judo qilishga alohida e‘tibor qaratishgan. Zero, ma‘naviy jihatdan zabt etilgan har qanday xalqni madaniy-ma‘naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi mamlakatlarning mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an‘anaviy usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solmoqda. Bu haqda fikr yuritganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: ―Ana shunday o‘ta murakkab va qaltis sharoitda qanday yo‘l tutish, qanday qilib tinchlik va osoyishtalikni saqlash, barqaror rivojlanishni ta‘minlash mumkin, degan savol barchamizni jiddiy o‘ylantirishi zarur, – deya bejiz ta‘kidlamagan. Binobarin, bugungi kunda yoshlarimizni milliy Vatanparvalik ruhida tarbiyalashda tariximizning ajralmas qismi ma‘naviy merosimizni o‘rganish, yosh avlodni ushbu madaniy boyligimiz qadr-qimmati, beqiyos ahamiyati, ularning nafaqat millatimiz va jahon hamjamiyati tomonidan e‘zozlanishini yoshlar ongiga singdirish orqali ularni haqiqiy Yurti himoyachisi sifatida Vatanga daxldorlik hissi bilan yashashga da‘vat etadi.




Download 25,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish