ettirilgan. Zardо‗shtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari
mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‗oyalar edi. Shuningdek,
turkiy xalqlar о‗rtasidagi Kо‗k tangrisiga (osmon va quyoshga) sig‗inish
(shamanizm) va buddizm (buddaviylik) ham diniy e‘tiqod sifatida zardо‗shtiylik
bilan yonma-yon yashab keldi.
Zardо‗shtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari:
Xorazm, Sug‗diyona va Baqtriyada davlat dini darajasiga kо‗tarildi va rasmiy
mafkura vazifasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib zardо‗shtiylik bilan bir
qatorda, buddaviylik ham davlat dini vazifasini о‗tay boshladi.
Ammo, Turonning vaqti-vaqti bilan bosqinchilar hujumiga uchrab turishi
jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarar edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda
Ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik
yurishlari mintaqada mavjud bо‗lgan mustaqil davlatchilikka ma‘lum muddatga chek
qо‗yilishiga sabab bо‗ldi. Xalqimiz о‗z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga
qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‗oyalari, о‗z milliy
davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning о‗sha paytdagi orzu-umidlari, ta‘bir
joiz bо‗lsa, uning g‗oya va mafkurasini tashkil qiladi. Ularga asoslangan xalqimiz
Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar.
Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta‘sir о‗tkazishning
yangidan - yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos
muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy
voqea-hodisalarni umuman bо‗lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-faniga ulkan
hissa qо‗shgan ulug‗ allomalarimizni bizga aloqasi yо‗qdek qilib kо‗rsatishga
urinishlar mavjud.
Shuningdek, mintaqa davlatlari о‗rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish va
jahon afkor ommasida О‗zbekiston haqida notо‗g‗ri tasavvur tug‗dirishga
bо‗layotgan intilishlarni hech qachon e‘tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.
Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan,
xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy,
albatta. Bunga e‘tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura
hukmronligini ta‘minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan о‗ziga
qaram qilishga bо‗layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy
aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar
ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat‘iy nazar, barcha
musulmonlarning ma‘naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona
xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g‗oyasini asoslashga harakat qiladi. Kо‗rinib
turibdiki, bu diniy-siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‗oyasini birinchi
о‗ringa qо‗yadi. U diniy-ma‘naviy zamindagi uyg‗unlik mamlakatlarning iqtisodiy,
madaniy-ma‘rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining
birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yо‗l ochsa buning nimasi yomon degan
savolni о‗rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap tо‗g‗riga о‗xshaydi. Bunday
mafkura tarafdorlari о‗z qarashlarini aksariyat hollarda ana shunday «beozor»
shaklda taqdim etishga harakat qiladilar.