Falsafada ilmiy bilishning asosiy shakllari
ilmiy g`oya
|
muammo
|
gipotеza
|
nazariya;
|
ilmiy
|
Ilmiy g`oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir.
Adabiyotlarda g’oyalarni ularning inson va jamiyatga ta‘sir qilish xususiyatlari tamoyiliga kо’ra, ularning namoyon bо’lish shakllari ikki turkumga - bunyodkor va vayronkor g’oyalarga ajratiladi. Xususan, taraqqiyotga xizmat qiluvchi, jamiyat va insonni ezgulikka undovchi g’oyalar sifatida ozodlik va mustaqillik, tinchlik va adolat, tenglik va hamkorlik, dо’stlik va birdamlik, hurfikrlilik va ma‘rifatparvarlik, bag’rikenglik va xalqparvarlik, vatanparvarlik va
insonparvarlik g’oyalari qayd etiladi.
Jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bо’luvchi, g’ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiluvchi vayronkor g’oyalar sifatida esa - mustabidlik va bosqinchilik, terrorchilik va aqidaparastlik, jaholatparastlik va irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g’oyalari sanab о’tiladi.
Shuningdek, mafkuralar ham ijobiy natija beruvchi bunyodkor mafkuralarga va salbiy natija beruvchi vayronkor mafkuralarga turkumlashtirilgan. Progressiv, liberal, tadrijiy va real (amaliy) mafkuralar ijobiy natija beruvchi bunyodkor mafkuralar sifatida, regressiv, mustabid, inqilobiy va utopik (hayoliy) mafkuralar esa - salbiy natija beruvchi vayronkor mafkuralar sifatida tasniflanadi.
Umuman g’oya va mafkuralarning yuqorida qayd etilgan tasniflarini tо’liq
e‘tirof etish mumkin. Ammo real, (amaliy) mafkuraning ijobiy natija beruvchi bunyodkor mafkura sifatida, utopik (hayoliy) mafkuraning salbiy natija beruvchi vayronkor mafkura sifatida tavsiflanishi biroz bahslidir. Zero, har qanday bunyodkor yoki vayronkor mafkura ham real (amaliy) bо’lishi va, shuningdek, hali amalga oshmagan, hozirgi kunda utopik (hayoliy) sanalgan, mafkuralar ham bunyodkorlik yoki vayronkorlik mohiyatiga, yо’nalishiga ega bо’ lishi mumkin.
Ayrim hollarda g’oya va milliy g’oya, mafkura va milliy mafkura tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e‘tibor berilmaydi. Xususan, g’oya milliy g’oya ma‘nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar g’oya tushunchasi asosan aqliy faoliyat bilan bog’liq bо’lsa, milliy g’oya tushunchasi milliy his-tuyg’u, millat mentaliteti bilan uzviy bog’liqdir. Milliy g’oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning orzu-umidlarini о’zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g’oya xalqning о’zligini anglatuvchi, milliy tuyg’ularini uyg’otuvchi, milliy g’urur va oriyatini qо’zg’atuvchi fikrdir. Milliy
g’oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr-qiymatini tiklovchi, о’zligini anglatuvchi,
ijodkorlik va yaratuvchanligini rо’yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yо’nalishiga yetaklovchi kuch sifatida namoyon bо’ladi. Milliy g’oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy xotirasiga, о’zligini anglashiga asoslanadi. Bizning milliy g’oyamiz millatning, davlatning, yurtning qadr-qiymatini yuksaltiradi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy va ma‘naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi, oriyat va g’ururini asraydi, istiqbolini belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yо’l-yo’
riqlar kо’rsatadi. Milliy g’oya о’zbek millatining о’ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar sistemasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |