Milliy g’oya targ’ibotining texnalogik uslublari



Download 20,45 Kb.
Sana27.02.2021
Hajmi20,45 Kb.
#60342
Bog'liq
6Milliy g’oya targ’ibotining texnalogik uslublari.


Milliy g’oya targ’ibotining texnalogik uslublari.

Milliy g’urur va milliy or-nomus. Milliy g’urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o’z-o’zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma‘naviy merosdan, o’z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e‘tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha. Bu tuyg’u quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: millatning yutuqlari, obro’-e‘tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o’z eliga, millatiga jonkuyar bo’lish; o’z millatining moddiy, ma‘naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an‘analari,qadriyat-larini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o’z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish. Mustaqillik kishilar milliy g’ururini oshirib, uni xalq, Vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi mas‘uliyatini his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda.

Muayyan davrdagi milliy g’oya, milliy mafkura, ya‘ni jamiyatning asosiy maqsadini ideallar, demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalasi ham juda muhimdir. Bu jarayon millatni o’z qobig’ida o’ralashib qolish xavfidan ozod etadi, unga jahon miqyosida tafakkur yuritish imkoniyatini beradi. Insoniyat uchinchi ming yillik sivilizatsiyasida shunday taraqqiyot yo’lini qo’lga kiritdi.

Mustaqillikkacha bo’lgan tushuncha, tasavvur hamda kechinmalarimizdan bugungi ruhimiz, ma‘naviyatimiz naqadar katta farq qilishi hammaga ayon. Buni har kim o’ziga o’zi beradigan «Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik?» degan javobdan, anglab olsa bo’ladi.

YOshlar ma‘naviyatini oshirish masalalarining birlamchi yoki ikkilamchi vazifalari yo’q. Ularning barchasi bir yo’la hamda doimiy diqqat-e‘tibor markazida turmog’i kerak. SHuning uchun ta‘lim-tarbiya, bilim va dunyoqarashga katta ahamiyat berilmoqda.

Biz bugun fuqarolarning erkinligi va mustaqil tafakkuriga asoslangan jamiyat qurayotgan ekanmiz, yoshlarimizga jamiyatda mutlaq erkinlik bo’lmasligini, mustaqil fikrlash mas‘uliyatsizlik va burchni unutish emasligini tushuntirib borishimiz zarur.

Fuqaro erkinligi va yangi ijtimoiy tuzum tomonidan kafolatlansa-da, fuqarolarning jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan mutlaqo erkin xatti-harakatlarning kafolati emas. «Men mutlaqo erkin fuqaroman, mustaqil tafakkurli insonma, bilganimni qilaman» qabilida yashash tarzini o’zgartirish insonning ijtimoiy va milliy mohiyatiga ega aqidadir.

SHu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi

Farmoni va 21 iyun kuni Oqsaroyda ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni hal etish yo’llariga bag’ishlangan majlisda ta‘kidlanganidek, «YOshlar o’rtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishda, farzandlarimizni bunday balo-qazolardan asrash uchun kurashda, doimo sezgir va ogoh bo’lib yashashda hokimliklar, vazirlik va idoralar, xususan, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta‘limi vazirliklari, Din ishlari bo’yicha qo’mita, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Oila» markazi, keng jamoatchilik, barchamiz mas‘ulmiz»1.

SHuning uchun yoshlar tarbiyasi va bu tarbiya zaminida ularning ma‘naviyatini harakatga keltiruvchi mustaqillik g’oyalari, milliy qadriyat-larni asrab-avaylash va rivojlantirish tuyg’usi, Vatan istiqboli yo’lida halol va pok mehnat qilish singari milliy mafkuraning o’zak tomirlarini singdirish yotadi.

Bugun yoshlar mustaqillik tufayli «or», «andisha», «nomus», «vij-don», «insof», «g’urur», kabi tushunchalarning haqiqiy ma‘nosini anglab etmoqdalar.

Andisha. Andisha - bu oqibatini o’ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir. Andishali odam deganda, oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, or-nomusli, sharm-hayoli, iboli insonni tushunamiz. Odatda andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat bilan ish tutadi.

Nomus. Nomus - bu iffat, bokiralik ma‘nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha‘niga dog’ tushirmaslik ma‘nosini ham ifodalaydi. Odatda, nomusli odam ma‘naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o’ziga ep ko’rmaydi. Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, degan naql ham bor halqimizda. Vijdon. Vijdon - bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe‘l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat

va Vatan, millat oldida ma‘naviy mas‘uliyat his etishidir.

Vijdon tug’ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon - kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta‘lim-tarbiyasiga bog’liq, deb hisoblovchilar ham mavjud. Vijdon ko’p yoki oz bilimlilikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka, oddiylik yoki mashhurlik bilangina bog’liq emas.

Insof. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to’g’rilik, barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo’ylikdir. O’zgani o’z o’rniga va shuningdek, o’z o’rniga o’zgani xayolan qo’yib ko’rish ham insofga kiradi. To’q ochni, boy kambag’alni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog’lom bemorni o’z o’rniga qo’yib ko’rolsa, va aksincha, ham xuddi shunday bo’lsa, insoflilar safi kengayib boradi.

Insof tushunchasi SHarq falsafasida shunday talqin etiladi. Insof - bu kishining ijtimoiy axloq me‘yori nuqtai nazaridan o’z hulq-odobini tartibga solishi va axloqiy baholashidir. Insof vijdonli odamning yoki ma‘lum jamoatning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o’z xulq-atvori uchun ma‘naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to’g’ri bajarsa, unda ichki qoniqish paydo bo’ladi,

vijdon pok bo’ladi, atayin noto’g’ri bajarsa, insofdan chiqqan bo’ladi. Insof kishini biror ishni qilishga undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida bo’ladi.

Xullas, insof kishining jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida o’z xatti-harakati bilan ma‘naviy mas‘uliyatini his etishining ifodasidir.

Furur. Ona tilimiz asrlar bo’yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma‘no va tushunchalarni, ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin. YA‘ni necha ming yillar davomida xalqimiz ongi to’lishib boravergan, unda hosil bo’lgan tushunchalarni o’z tub so’zlarimiz bilan ham, o’rnida jahon tillariga oid so’zlar bilan ham, yangi-yangi so’zlar yaratish vositasi bilan ham ifodalangan.

SHu tariqa til bisoti boyib kelgan. Tilimizdagi g’urur, faxr va iftixor so’zlarini olib ko’raylik.

Bular bir-biriga yaqin ma‘nolarni anglatsa-da, ayni bir paytda, bir-biridan muayayn darajada farqlanuvchi tushunchalarni ham bildiradi.

SHaxs g’ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o’zining yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-ona qobil farzandlaridan, ustoz iste‘dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog’bon so’lim bog’idan, millat o’z merosi, iste‘dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo.

Inson o’z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O’z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o’z qobiliyatidan ortiq darajada g’ururlanishi ham, o’z-o’zini erga urishi ham yaramaydi. O’z-o’zligicha qola bilgan odamning g’ururi bus-butundir.

O’ziga ortiqcha bino qo’ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog’dorlik - bular takabburlikka kiradi.

2) YOshlar ruhiyatida milliy g’urur va milliy iftixor fazilatlarining zarurligi. Milliy g’urur - bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o’zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir.

Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma‘naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o’rin oladi.

Milliy birdamlik tuyg’usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal ma‘naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to’laroq namoyon bo’ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat

ma‘naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o’z ichiga oladi.

Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilayotgan iqtisodiy va ma‘naviy yutuqlar ko’paygani sari O’zbekiston bilan faxrlanish hissi kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas‘uldirlar.

Xulosa qilib aytganda, imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o’z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko’zgusida idrok etadigan, nafs balosidan forig’ yoshlar qo’liga topshirishimiz lozim. Bu yoshlar har qancha g’ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor halqga, millatga,Vataniga xizmat qilishni o’zlarining burchi deb qarashlari, shunday e‘tiqodga ega bo’lishlari zarur. SHuning uchun yoshlarimizda milliy g’ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular ma‘naviyati yuksalishining garovidir. YOshlarimizning har biri milliy g’urur va milliy iftixor tuyg’ularini o’zlari ham shakllantira oladilar.

Milliy g’urur, avvalambor, har bir millat vakilining o’z xalqi tarixini, ma‘naviy, axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti, san‘ati va madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va o’rganish, hurmat qilish bilan bog’liq faxrlanish tuyg’usi bo’lgan millatning insoniy fazilatidir.

Milliy g’urur yoshlarni o’z kuchi, qobiliyati va iste‘dodini milliy va umuminsoniy manfaatlar yo’lida safarbar qilishga chaqiradi. O’zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi uning o’ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir.

Milliy iftixor, eng avvalo, o’zligini anglash, milliy ravnaqni ta‘minlash yo’lidagi hatti-harakat, o’z millati istiqboli oldida mas‘ul-likning beqiyos namunasidir. Milliy o’tmishini yaxshi bilgan, uni qadrlay oladigan va ayni paytda, uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil insondir.

Aks holda, milliy iftixor hissi shunchaki maqtanchoqlik vositasiga aylanib qolishi mumkin.

Dunyoda 200 dan ortiq millatlar bo’lsa, har bir millat o’ziga xos fe‘l-atvoriga egadir. SHuning uchun ham turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o’xshamagan urf-odatlarga ega bo’lishadi.

Jumladan, o’zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-hayoni ijtimoiy hayot-ning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul qilishgan. SHunday hislatlarga egalarki, ba‘zan bu faqat «o’zbekona fazilat» deb yuritiladi.

Milliy iftixor tuyg’usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning, eng avvalo, qaysidir millatga mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish fazilatigina emas, balki yashab turgan zaminga, fuqaroligiga daxldor bo’lgan mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftixori kuchli bo’lgan yoshlar o’z mamlakati bilan faxrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Demak, bunday xalq o’z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan xizmat qiladi.

Milliy g’urur, milliy o’z-o’zini anglash mazmun va mohiyat jihatidan o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bir-birini boyitadi, to’ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud bo’lmaydi. «Biz sharq farzandi ekanligimizdan, o’zimizning urf-odatlarimizdan faxrlanamiz. Milliy qadriyatlarimizni asrash va hech qachon unutmaslik haqida ota-bobolarimizdan tarbiya olganmiz. Endi esa buni bolalarimizga ham o’rgatayapmiz»

O’tmishini bilmagan va e‘zozlamagan xalqning kelajagi yo’q. O’tmish bizlar uchun ham, boshqa xalqlar uchun ham allaqachon qaytmas bo’lib ketgan, ko’z o’ngimizdan olislashgan, tarix mulkiga aylangan davrdangina iborat emas, balki ahamiyati hech qachon yo’qolmaydigan tag zamin, o’q ildizimizdir. O’tmish bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo’q.

SHu bilan birga, siyosiy globallashuv hamda fan, madaniyat, ta‘lim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy-madaniy globallashuv ham sodir bo’layotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o’tkazish ko’lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko’rinadi. “Mana shunday vaziyatda,-deb yozadi I.Karimov,- odam o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog’lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli ma‟naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta‟siriga bardosh berishi amrimahol”.

Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu sohada sodir bo’layotgan inqilob



bilan bog’liq. Mutaxassislar fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot inqilobini boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi inqilob emas. Nutqning shakllanishi axborot uzatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo’lsa, yozuvning paydo bo’lishi uni uzoq vaqt davomida saqlash va axborotni uning yaratuvchisidan ajratgan holda ulkan masofalarga etkazish, hatto zamonlararo olib o’tishga yo’l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr etishning yo’lga qo’yilishi yozma axborotni uzatishdagi tezkorlik va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie esa axborotni ovoz va tasvir orqali uzatishni ta‘minlab, uni yangi sifatiy bosqichga ko’tardi.

Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo’lgan axborot uzatish usullarining ko’pgina tomonlarini o’zida sintez qilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan Internet kabi hodisalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Download 20,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish