Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi



Download 22,51 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2020
Hajmi22,51 Kb.
#51415
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu nazorat savollariga javoblar

2. O‘ziga xos qonuniyatlar o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat Milliy g‘oyaning mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki bu qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e’tirof etish bilan bog’liq. Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo‘lgan holatlarni ham kuzatishini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki yot va begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysundirishga harakat qilgan.

Demak, milliy g‘oyaning qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o‘ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog’lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir.


  1. Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi «Milliy istiqlol gʼoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani boʼyicha taʼlim dasturlarini yaratish va respublika taʼlim tizimiga joriy etish toʼgʼrisida»gi farmoyishi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Milliy istiqlol gʼoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani haqidagi davlat taʼlim standarti, oʼquv dasturi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. 


  2. Fanning kategoriyalari: 




Substantsional;

Gnoseologik;

Аksiologik.

1.Substantsional (lotincha «substantio» – mohiyat, asos ma'no- larini anglatadi) kategoriyalarga milliy g'oya, milliy istiqlol g'oyasi, mafkura,mafkuraviy immunitet mafkuraviy bo'shliq, mafkuraviy poligon, milliy g'urur, milliy o'zlikni\anglash, ogohlik, hushyorlik, tolerantlik, jasorat kabi tushunchalar kiradi;

2.Gnoseologik - (yunoncha«gnosis– bilim, ilm, «logos» – ta'limot, nazariya ma'nolarini anglatadi)1 kategoriyalarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi,xalq farovonligi diniy tolerantlik, millatlararo bag'rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, komil inson tushunchalari tashkil etadi.

3. Aksiologik (yunoncha «axio» – qadriyat, «logos» – fan, ta'limot ma'nolarini anglatadi) kategoriyalarga insonparvarlik, xalqpar- varlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat, birdamlik, qahra- monlik, tinchliksevarlik kabi tushunchalar kiradi.


  1. Fanning tamoyillari: 


  • Ob'ektivlik; 


  • Ilmiylik; 


  • Relyativlik; 


  • Insonparvarlik. 



  • Obyektivlik tamoyili. Milliy g'oya shaklan sub'ektiv, ya'ni inson tafakkurining mahsuli bo'lsada, mazmunan ob'ektivdir. U ma'lum bir shaxs yoki ijtimoiy guruh tomonidan emas, balki xalqning o'zi tomonidan yaratiladi, ya'ni xalq ijodining mahsulidir. Milliy g'oyaning muallifi – xalq. Tafakkur tarixidan ma'lumki, axloq, urf-odatlar, an'analar, hikmatlar xalq tomonidan yaratilgan. Dunyoda qancha xalq bo'lsa, shuncha o'ziga xos milliy g'oyalar mavjud.

  • Ilmiylik tamoyili. Milliy g'oya diniy, mifologik g'oyalar tarkibiga kirmaydi. Milliy g'oyaning mazmunini ilmiy bilimlar tizimi tashkil etadi. Milliy g'oya – u yoki bu xalqning orzu-umidlari, maqsadlarini ifodalovchi ilmiy bilimlar tizimi. Milliy mafkura esa muayyan bir maqsadlarni hayotga tatbiq etish yo'llari haqidagi fikrlar majmuasidir. Shu sababli, O'zbekistonda milliy g'oyani o'rganuvchi va o'rgatuvchi «Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani vujudga keldi. Milliy g'oya ilmiy asoslangan nazariyalar, hayot sinovlaridan o'tgan tajribalar hamda statistik materiallar asosida o'zining ilmiy xulosalarini ishlab chiqadi.

  • Insonparvarlik tamoyili. Milliy g'oya bir millatni yoki sinfning ikkinchi bir millat yoki sinf ustidan hukmronligini targ'ib etuvchi (millatchilik, fashizm, kommunizm), shuningdek irqiy va diniy xususiyatlarni ustun qo'yuvchi (sionizm, genotsid, diniy ekstremizm missionerlik, prozelitizm) hamda shaxsiy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlardan ustun qo'yuvchi (egotsentrizm kabi) mafkuralarga qarshi kurashadi. Milliy g'oyada inson – oliy qadriyat. Insonning milliy, diniy, irqiy, ijtimoiy belgilari uning mohiyatini belgilamaydi. Insonning mohiyati uning yaratuvchanlik qobiliyati, el-yurt, jamiyatga keltirayotgan foydasi bilan bog'liq.

  • Relyativlik tamoyili. Milliy g'oya mutlaq haqiqatga da'vogarlik qilmaydi. Milliy g'oya xalq manfaatlari o'zgarishi bilan o'zgarib boradi. Mustamlakachilik davrida «milliy istiqlol g'oyasi» ob'ektiv zarurat edi, chunki O'zbekiston xalqi oldida mustaqillikni qo'lga kiritish va uning asoslarini yaratishdek dolzarb vazifa turardi. Shu sababli, respublika ta'lim tizimiga «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani kiritildi, Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. 2010 yil 12 noyabrda O'zR Birinchi Prezidenti Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»ni e'lon qildi. Unda mamlakatimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga olib kiruvchi yo'llari ifodalab berildi.


  1. Download 22,51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish