Kirish nazorati. Bu nazorat turi modulga kirish maqsadida anketa-so’rovnomasi shaklida o’tkaziladi. Bunda talabalarga fanning kelajakdagi talabalar bilan faoliyatida tutgan o’rni, ahamiyati, fan mazmuni, fanni o’qitish usullariga oid so’rovlar o’tkaziladi, talabalarning fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan dastlabki bilimlari aniqlanadi, taklif va tavsiyalar olinadi. Ushbu so’rovlar natijasi chuqur o’rganilib fanni o’qitishni tashkil qilish jarayonida zarur o’zgartirishlar kiritiladi.