II. Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi:
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart.
Juz’iy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Almashtirishga misol:
A.Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir.
I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.
Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |