Milliy g’oya fanining yuzaga kelishi


G’oya va mafkura tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni



Download 20,78 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2020
Hajmi20,78 Kb.
#46557
1   2   3   4   5
Bog'liq
MILLIY G’OYA FANINING PREDMETI, ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLARI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1

G’oya va mafkura tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni

Jamiyatning o’zini o’zi boshqarish darajasi kishilar ongining o’sishi, tafakkur madaniyatining etukligi bilan uzviy bog’liqdir. Ma’lumki, odamlar yangilanishlarga, taraqqiyotga, tom ma’nodagi demokratiyaga ham g’oyaviy, ham ma’naviy jihatdan tayyor bo’lsalargina jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni hal qilishga yordam bera oladilar. Buning uchun ularda kuchli madaniyat va ma’naviyat, uzoqni ko’ra bilishlik, donolik, ziyraklik va albatta kuchli g’oya bo’lishi kerak. Shu o’rinda avvalo «G’oya nima?» degan savolga javob topib olishimiz kerak bo’ladi. Avvalo, g’oya ham, fikr ham inson tafakkurining mahsulidir. Ma’lumki, hayotda har bir insonning o’z fikri, o’yi, kechinmalari mavjud. Ya’ni, har bir kishi biror bir muammo, hal qilinishi zarur bo’lgan masala paydo bo’lganda, o’zicha fikran uni echish yo’lini izlaydi. Shunday vaqtda vujudga kelgan fikrini menda bir fikr paydo bo’ldi, yoki g’oya paydo bo’ldi, degan shaklda ifoda etadi. Agar hayotiy tajribalarimizdan kelib chiqadigan bo’lsak, g’oya – bu yaxlit fikrdir. Lekin, gap shundaki barcha fikr ham g’oya bo’lavermaydi. G’oyaga ta’rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarini sanab o’tish lozim bo’ladi. Uning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligidadir. Demak, g’oya yaxlit fikr bo’lishi bilan bir qatorda, yangilikni o’zida tashuvchi fikrdir. Bir so’z bilan aytganda, g’oya – bu voqelikni aks ettirish va ilmiy bilishning o’ziga xos shakllaridan biri bo’lib, inson tafakkurining mahsuli hamda, inson va jamiyatni ma’lum bir maqsad sari etaklovchi umumiy fikrlar yig’indisidir. G’oya eng avvalo ilmiy fakt, muammo, gipoteza, nazariya, kelajakni bashorat qilish shaklida namoyon bo’ladi. U odatda alohida bir shaxsning ongida shakllanishi va keyinchalik jamiyatning turli qatlamlariga yoyilishi mumkin. G’oyaning quyidagi xususiyatlari mavjud: -G’oya – ijtimoiy fikr sifatida shakllanadi -G’oya muayyan tarzda namoyon bo’ladi -G’oya biron bir maqsadni ifodalaydi -G’oya amaliy harakatga undaydi -G’oya muayyan milliy g’oyaning asosi G’oyalarning ikki yirik turi mavjud: bunyodkorlik g’oyalari va buzg’unchilik g’oyalari. O’z-o’zidan ayonki, insoniyatning taraqqiyotiga xizmat qilgan va ezgu fikrlar, ezgu maqsadlar sari kishilarni safarbar etadigan g’oyalar bunyodkorlik g’oyalaridir. Aksincha, insoniyatning tanazzuliga sababchi bo’ladigan, turli yovuzliklar, bosqinchiliklar sodir bo’lishiga zamin hozirlaydigan g’oyalar buzg’unchilik g’oyalaridir. Bulardan tashqari g’oyalar quyidagi shakllarga bo’linadi: ilmiy g’oyalar, badiiy g’oyalar, ijtimoiy-siyosiy g’oyalar, axloqiy g’oyalar, huquqiy g’oyalar, estetik g’oyalar, diniy g’oyalar, falsafiy g’oyalar, milliy g’oyalar va umuminsoniy g’oyalar shular jumlasidandir

Mafkuraning elementlari: mo’ljal, emotsiyalar, xulq-atvor, ularning individual va jamoaviy xarakteri. Mafkuraning funktsiyalari: integratsiyalashtiruvchi, yo’naltiruvchi, ta’sirchanlik, tarbiyaviy, tashkillashtiruvchi, gnoseologik, praksiologik, prognostik, baholash (qadriyatli), futurologik, himoya qiluvchi. Mafkuraning shakllari: anarxiya, monarxiya, totalitarizm, liberalizm, demokratiya. Liberal va totalitar mafkuralarning ziddiyati. Demokratiyaga asoslangan mafkuraning ustivorligi.

Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo’ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi. O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar va vositalar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi. Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo’lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o’ta siyosiylashadi, aholini o’zaro qarama-qarshi qilib qo’yadi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo’lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o’ziga xos o’rni bo’lishiga erishishga safarbar etadi. Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»2. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan charog’on etadigan mayoqdir.


Download 20,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish