6-MAVZU: JAMIYaT BARQARORLIGINI TA'MINLAShNING IJTIMOIY-G‘OYaVIY ASOSLARI
Jamiyat barqarorligini ta'minlashda iqtisodiy - siyosiy, ijtimoiy - ma'naviy omillarning mushtarakligi. Milliy g‘oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojiga ta'siri. O‘zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari. O‘zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkurida milliy g‘oyaga sadoqatni shakllantirishning ob'ektiv va sub'ektiv omillari. Mamlakatda millatlararo (totuvlik), hamkorlik, va dinlararo bag‘rikenglik, (tolerantlik) - ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash sharti, uning siyosiy va qonuniy - huquqiy asoslarini mustahkamlashda davlatning bosh islohotchilik roli. "O‘zbekiston – yagona vatan" g‘oyasi barqarorlikni ta'minlashning nazariy asosi.
O‘zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta'minlash vositasi. Madaniy muloqot ko‘p millatli aholi orasidagi barqarorlik omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi. O‘zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatiningmillatlararo totuvlikni ta'minlashdagi roli. 2007 yilda “Toshkent - islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilinishining tarixiy ahamiyati. Toshkent Islom universiteti va Toshkent Islom institutining aholi ongida dinga munosabatni shakllantirishdagi roli. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi va siyosiy mavqyei mustahkamlanishida millatlararo va dinlararo tolerantlikni mustahkamlash tajribalarining demokratik xarakteri va xalqaro ahamiyati.
Mustaqillik va huquq, demokratiya va oshkoralik - milliy o‘z-o‘zini anglash, axloqiy yangilanish, milliy ma'naviy tiklanishning asosi. “Bu muqaddas vatanda azizdir inson”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan” g‘oyalarining ijtimoiy ma'naviy ahamiyati. Dunyo mamlakatlarida yashovchi etnik birliklarning milliy o‘zligini anglashi uchun yaratilayotgan shart sharoitlarning mafkuraviy ahamiyati. Ba'zi mamlakatlarda millat va elatlar kamsitilishining oqibatlari. Ayrim MDH davlatlarida siyosiy institutlar va liderlarga xalq ishonchi yo‘qolishining sabablari. Dunyo mamlakatalaridagi beqarorlik sabablari. Beqarorlik hukmron mamlakatlarda qochoqlarning ahvoli. Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, milliy va diniy totuvlik g‘oyalarining ustuvor ahamiyati.
Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta'siri. Tafakkurga jamiyat, maktab, oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqa omillar ta'sirining o‘zaro nisbati. Milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni. Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni. “O‘zbek modeli”-evolyusion taraqqiyot g‘oyasining gumanistik xarakteri. Ijtimoiy ong va tafakkur yangilanishiga milliy taraqqiyot modelining ijobiy ta'siri. Milliy g‘oya qonun ustivorligiga asoslangan demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy omili. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini modernizatsiyalashning g‘oyaviy asoslari. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha sohalardagi ma'naviy yangilanish va tafakkur o‘zgarishidagi o‘rni va ahamiyati. Milliy g‘oya va ma'naviy hayot. Istiqlol yillarida ma'naviy tiklanish va yuksalish sohasidagi islohotlar jarayoni. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati. Yuksak ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. Milliy o‘zlikni anglash va ma'naviy yuksalishning strategik va taktik vazifalari. Prezident Islom Karimov asarlari – milliy ma'naviy taraqqiyot g‘oyasining konseptual asosi va ularning ahamiyati.
Mafkuraviy munosabatlarda milliy va umuminsoniy manfaatlar birligini ta'minlash imkoniyatlari. Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta'siri. Milliy g‘oya- ma'naviy yangilanishning nazariy va amaliy asosi. Barkamol avlod tarbiyasida mafkuraning ta'sirchanlik rolini oshirish vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |