Sintoiylikda har bir ibodatxonaning o`z xudosi bo`lib, uning boshqa ibodatxolarga hech qanday aloqasi yo`q.
Oddiy yapon kishi uchun uning o`z ibodatxonasi, unda amalga oshiriladigan marosimlar, yilda bir marta bo`ladigan rangin bayramlar hayotining zaruriy qismi bo`lib qolgan. Uning ota-bobolari ham shunday yashaganlar, o`zi ham undan oshirmasdan shu tarzda yashaydi.
Shunday 1868 yilda Meydzi isloxotlaridan keyin sintoiylik ruhoniylarini o`qitadigan ta'lim tizimini yaratishga harakat qilingan edi. Kannush deb ataladigan bunday ruhoniylik lavozimi odatda meros sifatida uzatilar edi.