Ibodatxonada turli ibodatlar amalga oshiriladi. Dindorlar altar oldida turib, maxsus katakli qutiga biror tanga tashlaydalar, ta'zim qiladilar, bir necha chapak chaladilar va ibodat so`zlarini qaytaradilar. Ibodatxona har xil bayramlarni ham tashkil qiladi.
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha sintoizm Yaponiyaning davlat dini hisoblanar edi. Natijada dinning strukturasi ham o`zgara boshladi, ilohiy ruxlar o`rniga imperator shaxsi ulug‘landi. Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko`plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini yo`qota boshlagan sintoizm 1945 yilda davlatdan ajratildi. Hozirgi paytda sintoizm tarafdorlari unchalik ko`p emas, ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |