TO‘XTAMISHXONNI YO‘QOTISH UCHUN
QILGAN KENGASHIM
(To‘xtamishxon mendan yengilib) Jo‘chi ulusini talon-torojga tashlab, o‘zi qochgan edi. Keyinroq mening
yo‘kdigimdan foydalanib, Darband
130
va Shirvon orqali Ozarbayjonga ko‘p sonli lashkar yuborib, fitnayu fasod
ko‘tardi. Bu vaqtda men har ikkala Iroqni ham endigina zabt etib bo‘lgandim. To‘xtamishxonni yo‘qotish uchun
behisob lashkar bilan Darband yo‘li orqali yana Dashti Qipchoqqa yurishni maslahat ko‘rdim.
Yurish oldidan ko‘rik qilib, lashkarim qaergacha borib yetishini bilmoqchi bo‘ldim. Qarasam, to‘rt farsang
masofada lashkarlarim saf tortib turardi. Tangri taologa shukr keltirdim. So‘ng Samur suvidan
131
o‘tib, Dashti
qipchoqning elu ulusiga ushbu mazmunda yorliqlar yo‘lladim: «Kimki menga kelib qo‘shilsa, ulug‘lanadi, kimki men
bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi».
121
Abu Bakr (1382–1417) –Amir Temurning nevarasi, amirzoda Mironshohning o‘g‘li, Ozarbayjon va Iroq hukmdori.
122
Jo‘chi ulusi–Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘chi va uning o‘g‘li Botuxon tomonidan bunyod etilgan davlat. Uning tarkibiga hozirgi
Rossiyaning bir qismi hamda Ukraina, qozog‘istonning Balxash ko‘lidan g‘arbdagi yerlari kirgan. ( –
А.А.)
123
Bu yerda qunduzcha yaqinida (hozirgi Samara va Chistopol o‘rtasida) 1391 yil 18 iyunida bo‘lib o‘tgan jangda To‘xtamishxonning
mag‘lub etilishi voqeasi keltirilgan.
124
Dorussalom–(arab.–tinchlik maskani)–musulmonlar tomonidan Bag‘dod shahriga berilgan sifat, chunki shahar barpo qilinishida uch yil
davomida xalifalik urush olib bormagan. (–
А.А.)
125
...Arab Iroqi (Iroqi arab)–arablar istiqomat qilib turgan Iroq; asl Iroq (qadimgi Bobil). (–
А.А.)
126
...Ajam Iroqi (Iroqi ajam)–ajamliklar, ya’ni arab bo‘lmagan xalklar istiqomat qilib turgan Iroq (qadimgi Midiya), Eronning Iroq bilan
chegaradosh g‘arbiy yerlari, Mesopotamiyaga tutash joylar tushuniladi.
127
Qutb ul-aqtob–«qutblar qutbi». Ulug‘ martabali shayxlar, din peshvolari va valiylarga beriladigan faxrli nom. Bu yerda Mir Sayyid
Baraka nazarda tutilgan, deya taxmin qilish mumkin.
128
Sulton Aqmad Jaloyir–1382–1410 yillarda Iroq, Kurdiston va Ozarbayjonda hukmronlik qilgan.
129
Bu yerda Bag‘dodning Amir Temur tomonidan 1393 yil sentabr oyi oxirida birinchi marta zabt etilishi nazarda tutilgan. Sulton Ahmad
Jaloyir Misrga qochib, mamluklardan bo‘lmish Sayfiddin Barquq (1382–1399) saroyidan panoh topgan edi. Keyinchalik 1401 yil 20 iyunida
Amir Temur ikkinchi marta Bag‘dodni fath etgan. (–
А.А.)
130
Darband–Kaspiy dengizining chap sohilidagi tarixiy shahar, asrlar davomida u yerda joylashgan mudofaa inshootlari va qal’a muhim
chegara punkti va Kaspiy dengizidagi katta bandarlardan biri bo‘lib hisoblangan.
131
Samur suvi–Dog‘iston va Ozarbayjon chegarasidagi daryocha, Kaspiyga quyiladi. ( –
А.А.)
Hijriy 797 (milodiy 1394–95) yili Dashti qipchoqqa kirdim va uzoq shimolida yastanib yotgan yerlarigacha
bordim
132
. Menga qarshi bo‘lgan Jo‘chi el-ulusini bo‘ysundirib, o‘zimga tobe’ etdim. Beshinchi va oltinchi ikdim
133
viloyatlari, uluslari, qal’alarini zabt etib, g‘alabayu zafar quchib ortimga qaytdim.
HINDISTONNI ZABT ETISH UCHUN
QILGAN KENGASHIM
Dastavval, farzandlarim va amirlarimning ko‘ngli, o‘y-fikrlarini bilish uchun ularga maslahat soldim.
Amirzoda Pirmuhammad Jahongir
134
: «Agar Hindistonni olsak, uning oltinlari bilan butun yer yuzini egallaymiz»,
– dedi. Amirzoda Muhammad Sulton
135
esa: «Hindistonni olamizu, biroq (bunga) to‘siqlar bor: birinchisi–dengizlar,
ikkinchisi–o‘rmonu to‘qaylar, uchinchisi–jangovar sipohiylar hamda odam ovlaguvchi fillari ko‘p», – dedi. So‘zga
amirzoda Sulton Husayn
136
qo‘shildi: «Agar Hindistonni qo‘lga kirita olsak, to‘rt iqlimga hukmron bo‘lurmiz».
Amirzoda Shohruh
137
so‘zni bunday davom etdirdi: «Men turk qonunlarida o‘qigan edimki, jahonda beshta shon-
shavkatli podshoh bordir. Ularning ulug‘vorligini hurmatlab nomlarini atamay, laqablari bilan aytadilar: Hind
podshosini–roy, Rum podshosini–qaysar, Xitoy va Chinu Mochin podshosini–fag‘fur, Turkiston podshosini–xoqon,
Eronu Turon podshosini–shahanshoh deydilar. Shahanshoh hukmi hamisha Hindiston mamlakatlarida (ham) joriy
etilardi. hozir Eronu Turonzamin bizning qo‘limizda bo‘lgani uchun, Hindistonni ham fath etmog‘imiz lozimdir».
Amirlar eshitishib: «Boringki, hindistonni oldik ham deylik. Biroq u yerda turg‘un bo‘lib qolsak, naslimiz
yo‘qoladi, avlodlarimiz o‘z aslidan ajrab, tillari hindcha bo‘lib ketadi», –deyishdi.
Men, Hindistonga yurish uchun himmat kamarini belga bog‘laganimdan o‘z azmu jazmimdan voz kechishni
istamadim va shunday javob qildim: «Tangri taologa o‘tinch bilan murojaat etaylik. Jang qilish yoki qilmaslik haqida
qur’ondan fol ochaylik, Tangri taolo neni buyursa shunga amal qilgaymiz».
Hammalari mening taklifimni ma’qullashdi. Qur’oni majiddan fol ochsam, ushbu ulug‘ oyat chikdi: «Ey
payg‘ambar, kofirlarga va munofikdarga qarshi jaxd qilgil»
138
. Ulamo mazkur oyatning mazmunini amirlarga
tushuntirib bergandan keyin, boshlarini egib, jim bo‘lib qoldilar. Ularning xomushligidan dilim ranjidi.
O‘z-o‘zimcha kengashib, Hindistonni zabt etishga rozilik bermayotgan amirlarni mansablaridan olib, qo‘shinlarini
kutvollariga topshirsammikan, deb o‘yladim. Lekin o‘zim tarbiyalagan kishilar bo‘lganliklari uchun, ularni xarob
qilishni istamadim. Garchi yuragimni qonga to‘ldirib ezsalarda, ularga muloyimlik ko‘rsatdim. Oxiri fikrimga
qo‘shilganlarida, ko‘nglimda ularga nisbatan g‘ubor qolmadi. So‘ngra qaytadan kengash chaqirib, iqbolimiz xonasi–
Hindistonga yuzlanib, zafaru fath duosini o‘qidim.
HINDISTON POYTAXTI (DEHLI)GA LASHKAR TORTISH BORASIDA QILGAN KENGASHIM
Kobulda javong‘orning o‘ttiz ming otliq askari bilan turgan amirzoda Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog‘i
orqali yurib, Sind daryosidan o‘tgach, Mo‘lton
139
viloyati ustiga to‘satdan bostirib borib, zabt etishni tayinladim.
132
Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasidagi bu urush 1395 yil 17 aprelda Terek daryosi bo‘yidagi vodiyda bo‘lgan va Sohibqironning
g‘alabasi bilan yakunlangan. Shundan keyin Amir Temur, Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»larida keltirilishicha,
Dashti qipchoqqa qarashli qator viloyat va shaharlarni, Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy Berkani egallagan, Moskvagacha borgan. (–
А.А.)
133
Yetti iqlim tushunchasi fanda ilk bor Muqammad al-Xorazmiy tomonidan muomalaga kiritilgan. Xorazm, Movarounnahr, Farg‘ona,
Dashti qipchoq yerlari beshinchi va oltinchi iqlimlardan joy olgan. (–
А.А.)
134
Pirmuhammad Jahongir (1376–1406) – Amir Temurning nabirasi. Otasi Jahongir vafotidan (1376) keyin u Kobul, Qandahor, G‘azna va
Balxni idora qilgan.
135
Muhammad Sulton–Amir Temurning nabirasi. Jahongirning o‘g‘li (1376– 1403). Onasi Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning (1312–1341)
nabirasi Xonzoda begim bo‘lgan. Amir Temur o‘ziga valiahd etib tayinlagan. 1403 yili Qora shahar (Turkiya)da kasal bo‘lib vafot etgan.
136
Sulton Husayn–Amir Temurning nabirasi, qizi Aka Begi (Tag‘ayshoh)ning o‘g‘li.
137
Shohrux (1377–1447) – Amir Temurning kenja o‘g‘li, 1405 yildan Xuroson noibi, 1409–1447 yillarda Temuriylar saltanati oliy
hukmdori.
138
Qur’oni karim, Tahrim surasi, 9-oyat.
139
Mo‘lton–hozirgi Pokistondagi shahar.
Sulton Muhammadxon
140
, amirzoda Rustam
141
va boshqa amirlarga barong‘orning o‘ttiz ming otlig‘ini olib Sind
daryosidan kechib o‘tib, Kashmir tog‘i etagidagi yo‘l bilan, Lohur viloyatiga qo‘qqisdan bosqin qilishni buyurdim.
O‘zim o‘ttiz ming otliq askar bilan g‘o‘lni
142
boshqardim. Hindiston yurishiga jamlangan lashkarlar umumiy soni
to‘qson ikki ming otliqqa yetgan edi. Lashkarim soni Ollohning yerdagi elchisi Muhammad sallollohu alayhi vasallam
ismi shariflari soniga to‘g‘ri kelganligi uchun, bu tasodifni istiqbolning xayrli va muborak follari sirasiga kiritdim.
Otlanib yo‘lga tushdim va Badaxshon chegarasidagi Andarob degan joyga kelib tushdim. (Bu yerda bir necha kun
bo‘lib) Katur
143
tog‘ida istiqomat qilib turgan kofirlarni yengdim. Ularga jazo berganimdan so‘ng, dor ul-harb
bo‘lmish Hindiston g‘azovotiga yuzlandim
144
.
HINDISTONGA OLIB BORADIGAN
YO‘LNI AFG‘ONLARDAN TOZALASH UCHUN
QILGAN KENGASHIM
Shu orada menga arz qildilarki, bir to‘da afg‘onlar Hindistonga olib boradigan yo‘lga bosqin qilib, u yerda
qaroqchilik qilayotgan ekanlar. Xususan, bulardan Karkas
145
qabilasining boshlig‘i Muso Afg‘oniy haddidan
oshayotgan ekan. Mening vafodor xizmatkor va tobe’larimdan biri bo‘lgan Lashkarshoh Afg‘oniyni Pirmuhammad
Jahongir Eryob qal’asini qo‘riqlashga qo‘ygan edi. Muso Afg‘oniy mazkur qal’aga ot solib, shiddat bilan bosib olibdi,
Lashkarshoh Afg‘oniyni o‘ldirib, qal’adagilarning bor-yo‘g‘ini talab ketibdi.
Shu paytda (huzurimga) Lashkarshohning inisi Malik Muhammad dod-faryod ko‘tarib keldi. U og‘asini
o‘ldirgan Muso Afg‘oniyning jabru zulmidan shikoyat qildi. Men bo‘lsam (uning so‘ziga quloq solmagan bo‘lib):
«Hoy inson, Muso Afg‘oniy menga xayrxohlardan biridir», dedim va uni qamab qo‘yishlarini buyurdim. Amirlarim
meni nohaq zulm o‘tkazdi, deb aybladilar.
Biroq, buning aksincha, Muso Afg‘oniy Malik Muhammadning hibsga olingani haqidagi xabarni va mening
aytgan gaplarimni eshitib, ko‘ngli taskin topdi. Shundan keyin, uni huzurimga kelishini talab qilib yozgan yorlig‘imni
olgach, hadiksiramasdan darhol yetib kelib, qal’ani menga peshkash qildi.
Men u qal’ani tomosha qilish uchun ichkarisiga kirganimda, uning (Muso Afg‘oniyning) sipohiylaridan biri meni
o‘ldirish qasdida o‘q-yoy otdi. Keyin Muso Afg‘oniy o‘ziga yarasha jazosini topdi. Hindiston yo‘li ochildi.
DEHLI HOKIMI SULTON MAHMUD VA
MALLUXONLARNI YENGISH BOBIDAGI
KENGASHIM
Sulton Mahmud
146
, Malluxon
147
ikkisi ellik ming otliq va piyoda askar, 120 zanjirband fil bilan Dehli qal’asini
mustahkamlab, menga qarshi jangga shaylandilar. Ko‘nglim g‘ash bo‘ldi. Bordiyu Dehli qal’asining qamaliga
kirishsam, bu ish uzoq muddatta cho‘zilib ketsa, (unda nima qilaman?) Kengashni shundan topdimki, g‘anim lashkari
dadillanib, (qal’adan) chiqib, saf tortib jang maydoniga kirishi uchun, o‘zimni kuchsiz va (qo‘rqqandek) qilib
ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Shu sababdan, lashkardan uzoqrokda xandaq qazdirdim. Lashkarim bilan xandaq ichiga
yaxshilab joylashganimdan keyin, lashkarlarimning bir favjini dushmanga qarshi jangga tashladim. Dushman
140
... Sulton Muhammadxon – «Tuzuklar»ni asliyatdan forschaga tarjima qilgan tarjimon yoki xattot xatosi, aslida Sulton Mahmudxon
(1388–1402) bo‘lishi lozim, Chig‘atoyxon avlodi, Amir Temur hukmronligi davrida xon deb e’lon qilinganlardan biri. (–
А.А.)
141
Amirzoda Rustam (1381–1424) – Amirzoda Umarshayxning o‘g‘li. 1405–1408 va 1415 yillari Isfahon hokimi bo‘lgan. 1424 yili
Isfahonda vafot etgan.
142
G‘o‘l (yoki qo‘l, qalb) – lashkarning markaziy qismi.
143
Katur–Hindikushdagi tog‘li viloyat, Kofiriston, hozir Nuriston deb ham ataladi.
144
Hindistonga yurish 1398 yil aprel oyida boshlanib, 1399 yil aprel oyining 27 sigacha davom etgan.
145
Karkas–xato yozilgan. Kakar bo‘lishi kerak. Hozirgi Pokistonning shimoli-g‘arbida yashaydigan qabila. (–
А.А.)
146
Sulton Mahmud (Sulton Nosiriddin Mahmudshoh II)–Shimoliy hindistonni idora qilgan Tug‘luqiylar sulolasi (1320–1413)dan chiqqan
podshoh. U 1393–1399 yillari mamlakat hukmdori bo‘lgan.
147
Malluxon–Sulton Mahmudshoh hukmronligi davrida vazir va amiralumaro bo‘lib, hukumatni deyarli o‘zi boshqargan.
qarshisiga borgach, o‘zlarini kuchsiz ko‘rsatib, qo‘rqqanday bo‘lib chekinishlarini va g‘animlarni dadillantirib kelishni
buyurdim. Dushman lashkari bu holni ko‘rib o‘zlarini g‘olib hisoblab, gerdayib jang maydoniga chiqqan edilarki,
(mening) qahrli lashkarim favjlari bilan yuzma-yuz keldilar. Dehli hokimi sulton Mahmud jangga kirishdi va yengilib
tog‘ tarafga qochdi. Beqiyos xazina va mol-mulki sipohiylarimga nasib bo‘ldi.
Bir yil ichida Hindiston poytaxti Dehlini zabt etdim
148
va mazkur yilning oxirlarida saltanatim poytaxti
(Samarqand)ga qaytdim
149
.
GURJISTON MAMLAKATINI EGALLASH
UCHUN QILGAN KENGASHIM
Hindistondan zafar qozonib qaytganimdan keyin, hali safar charchog‘i chiqmay turib, ikki Iroq hokimlaridan
menga arznoma keldi. Yozishlaricha, Gurjiston kofirlari haddilaridan oshib, chegarani buzgan emishlar.
Men hamisha podshoxdar uchun kofirlarga qarshi g‘azovot qilishdan, mamlakatlarni zabt etishdan va
jahongirlikdan yaxshiroq ish yo‘q, degan fikrda edim. Gurjiston imonsizlarining tug‘yon ko‘targani haqidagi xabar
kelishi bilanoq kengash o‘tkazib, «o‘sha diyordagi boshqa buzuqi odamlarning ham bosh ko‘tarishiga yo‘l
ochilmasin», deya zudlik bilan ularni daf qilishga tutindim. Xind yurishidan kelgan sipohiylarimga «xohlovchilar shu
yerda qolsin, xohlovchilar men bilan borsin», deb ixtiyorni o‘zlariga berdim. Xuroson, Qandahor, Seyiston, Kermon,
Tabariston, Gilon, Mozandaron va Fors viloyatlaridagi lashkarlarimga jang hozirligini ko‘rib, Isfahon atrofiga kelib,
mening zafarli lashkarimga qo‘shilsinlar, deb yorlig‘lar jo‘natdim.
Xar bir mamlakatdagi itoatdan bo‘yintovlovchilarni turli yerlarga tarqatib yuborishni maslahat ko‘rdim.
Chunonchi, Xuroson va Forsdagi bo‘yintovlovchilarni Turonzaminga ko‘chirdim va bu mamlakatlarning sathini
ularning muxolifligidan tozaladim.
So‘ng Gurjiston viloyati qal’alarini zabt etish uchun o‘sha mamlakat ustiga otlandim. Sipohiylarning ko‘ngliga
nima o‘tirsa, shuni qildim. Boshimga po‘lat dubulg‘a, egnimga dovudiy sovut kiydim, belimga Misr qilichini bog‘lab,
bahodirligu kurash taxtiga o‘tirdim. Turonlik dovyuraklarga, Xuroson pahlavonlariga, Gilon va Mozandaron
botirlariga qo‘rqinch soldim va Sivos
150
hamda Gurjiston qal’alarini fath qildim. Qal’adan turib (qarshilik
ko‘rsatganlarning) barchasini mag‘lub etdim, qal’adan olgan o‘ljalarni esa g‘olib askarlarimga ulashdim.
Ozarbayjonlik buzuqi, bevosh kishilarni jazoladim.
Shundan keyin Malatiya
151
qal’asi va uning tevaragidagi yerlarni fath etishga kirishdim. O‘sha qal’alarni fath
aylab xotirjam bo‘lganimdan so‘ng Halab
152
va Hums
153
tomonlarga qarab yo‘naldim va bir oz harakat bilan bu
mamlakatlarni ham o‘zimga qaratdim. So‘ng Misr va Shom mamlakatlarini zabt etishga kamar bog‘ladim
154
.
MISR VA SHOM (MAMLAKATLARI)NI
FATH ETISH BOBIDA QILGAN
KENGASHIM
Mening shon-shavkatim va qudratim ovozasi (Rum) qaysarining
155
qulog‘iga yetdi. U o‘ziga qarashli Sivos hamda
Malatiya qal’alari hamda ularga tobe’ yerlarni zabt etganim, qal’alar ichidagi askarlarining barisini tarqatib, tevarak-
148
Dehli 1398 yil 18 dekabrda zabt etilgan.
149
Bu voqea 1399 yil 27 aprelda yuz bergan.
150
Sivos–Kichik Osiyoning yirik qal’a-shaharlaridan; o‘rta asrlarda Sebastiya deb nomlangan. «Sultoniya–Tabriz–Ko‘niyo» karvon yo‘li
ustida joylashgan shahar. hozirgi vaqtda Turkiyadagi shu nomdagi viloyat markazi. (–
А.А.)
151
Malatiya–Rum mamlakatining mashhur shaharlaridan. Hozirda Turkiyaning shu nomdagi viloyat markazi.
152
Halab – Shom(Suriya)ning shimolida joylashgan qadimiy shahar (milod.av. 20-asrdan ma’lum), o‘rta asrlarda Aleppo nomi bilan
mashhur bo‘lgan.
153
Hums–qadimgi Emessa, Osi (Oront) daryosi bo‘yida joylashgan va Shomga qarashli qadimiy shahar.
154
Misr va Shom zabtiga Amir Temur yetti yillik (1399–1404) yurish vaqtida, aniqrog‘i 1399–1401 yillari kirishgan.
155
Bu yerda Usmonli imperiyasi sultoni Yildirim Boyazid I (1389 –1402) nazarda tutiladi. 1403 yilning 8 martida Oqshaharda vafot etgan.
O‘rta asrlarda bitilgan tarixiy manbalarda Rum mamlakati sultonlari shu nom bilan atalgan. (–A.A.)
atrofga sochib tashlaganim haqidagi xabarni eshittach, tomirlaridagi g‘ayrat harakatga keldi va lashkarim zarbasidan
qochib, qaysar qoshida panoh topgan qora Yusuf Turkman
156
ig‘vosi bilan ustimga lashkar tortishga qaror qildi.
Qaysar baloga yo‘liqib, davlati vayron bo‘lishi yaqinlashib qolgandi, chunki u Qora Yusufning ig‘vosiga uchib,
menga qarshi lashkar tortgan edi. (Qolaversa) Misr va Shom qo‘shinlarini ham yordamga chaqirgan edi. Men
kengashib lashkarimni uch favjga ajratsam yaxshi bo‘lar, dedim. Biroq jangda yengish-engilish ishi takdir pardasi
ostida yashirinligi bois bu to‘g‘rida amirlarim bilan kengash o‘tkazdim. Ular sipohiylarga xos ish tutib, urush
ochmoqni maslahat berdilar.
(Shunday bo‘lsa) ham men qaysarning (g‘ayrat) o‘tini achchiq-chuchuk gap bilan so‘ndirmoqni maslahat ko‘rdim
va unga maktub yo‘lladim. Xatning qisqacha mazmuni shunday edi: «Eru ko‘kni yaratgan Tangri taologa cheksiz
shukrlar bo‘lsinkim, yetti ikdim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olam sultonlari, hokimlari
menga egilib, itoat halqasini jon qulokdariga takdilar. O‘z qadrini bilib, haddidan oshmay jasorat oyokdarini tiygan
bandasini Tangri yorlaqasin! Sening naslu nasabing qaerga borib taqalishi jahon xalqi oldida ma’lumdir. Shunday
ekan, holingga munosib ish tutib, jur’at oyog‘ini oldinga qo‘ymagilki, ranju mehnat balchig‘iga botib, balo chuquriga
yiqilgaysan. Iqbol eshigidan haydalgan bir to‘da ig‘vogar kishilar g‘arazli ishlarini bajarish uchun sening panohingdan
joy olib, uxlab yottan fitnani uyg‘otmishlar. Yana o‘shalarning ig‘vosi bilan davlating yuziga ofat va balo eshigini
ochmagil. (Darhol) Qora Yusufni mening oldimga yuborgil. Yo‘q esa taqdir pardasi ikki lashkar saflari to‘qnashganda
yuzingga ochilg‘usidir»
157
.
Maktubni tanilgan elchilarim bilan qaysarga yuborganimdan keyin Shom poytaxti (Damashq)ga borib turishga
qaror qildim. Hums va Halab yo‘li orqali u yerga ravona bo‘ldim. halab shahriga yetganimda Misr podshosi Malik
Barquq o‘g‘li Malik Faraj
158
mening Damashqqa kelayotganimni eshitib, shoshilinch ravishda Misrdan Damashqqa
qarab yo‘l olgani haqida xabar keltirdilar. Men Misr va Shom lashkarlarining qushilishiga iul quimaslik uchun zudlik
bilan otlanib, oldinga yurdim. Lekin Malik Faraj abjirlik qilib, mendan oldin Damashqqa yetib oldi. (Shunday bo‘lsa
ham) men uning orqasidan shaharga yetib bordim va Damashqni zabt etdim
159
.
RUM
160
MAMLAKATINI ZABT ETIB, QAYSAR
161
LASHKARINI SINDIRISH BOBIDA
QILGAN KENGASHIM
Shom shaharlarini zabt etganimdan keyin va Misru Shom podshosi Malik Faraj jang maydonini tashlab
qochgandan so‘ng, Rumga yuborgan elchim Yildirim Boyazidning teskari javobini olib keldi. Lekin
(Boyazid) Misr va Shom lashkari mendan yengilganini eshitgach, o‘ylanib qolgani va sarosimaga tushib,
shoshilinch ravishda yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini ham aytdi. Men esa kengashib Damashq
shahrini olib, Shom viloyatlarini bo‘ysundirgach, Mosul
162
yo‘li bilan Bag‘dodga qarab yurdim. Bu bilan
qaysarning menga qarshi urush qilish niyati bor-yo‘qligini bilib olmoqchi bo‘ldim.
Tabriz tarafga qarab borar ekanman, amirzodalardan ba’zilarini ko‘p sonli lashkar favjlari bilan Bag‘dod ustiga
jo‘natdim. Bu vaqtda Bag‘dod hokimi Sulton Ahmad Jaloyir shaharni va uning qal’asini qo‘rikdashni navkari Farajga
topshirib, yoniga ko‘p odamlarni qo‘shib bergandi. Amirzodalar Bag‘dodga yetib, shaharni qurshab oldilar. Ish urush
qilishga borib taqalgach, (chopar orqali) bor haqiqatni menga arz qildilar. (Bu xabarni) eshitib o‘zim Bag‘dodga borib,
shahar va qal’ani ozod etishga qaror berdim. Tabriz yo‘lidan orqaga qaytib, yurish bilan Bag‘dodga keldim va
ehtiyotkorlik bilan harbiy hiylalar ishlatib, qal’ani qo‘lga olishga kirishdim. Qamal muddati ikki oyu va yana bir necha
156
Qora Yusuf Turkman–1380–1468 yillari Iroq va Ozarbayjon ustidan hukm yuritgan Qora-qo‘yunlilar sulolasidan chiqqan hukmdor
(1388–1420). (–
А.А.)
157
Lekin Boyazid Yildirim Amir Temurning talabini inobatga olmagan, aksincha, unga haqoratomuz javob maktubi yo‘llagan.
158
Malik Barquq o‘g‘li Malik Faraj–1382–1517 yillarda Misr bilan Shomda hukmronlik qilgan Burjiylar sulolasidan chiqqan hukmdor
(1399–1405). Sharkdagi Amir Temurga qarshi kuchlar, To‘xtamish, Qora-qo‘yunli turkmanlari, Sulton Ahmad jaloyir va Rum sultonlari bilan
ittifokdosh bo‘lgan.
159
Bu voqea 1401 yil 11 yanvarda yuz bergan.
160
Rum–bu yerda: Usmonli sultonligi. (–
А. А.)
161
Qaysar–bu yerda: Usmonli sultoni Boyazid I Yildirim nazarda tutilgan. (–
А.А.).
162
Mosul–arab Iroqining shimolidagi katta shahar, Jazira o‘lkasining markazi.
kunga cho‘zilgandan keyingina qal’a bilan shahar ishg‘ol etilib, g‘alaba qozonildi
163
. Qal’a boshlig‘i Faraj Dajla
daryosida g‘arq bo‘ldi. Men shaharga kirdim va barcha bebosh, buzuqi kishilarni qatl etishni, qal’a va imoratlarni
buzib yer bilan barobar qilishni buyurdim.
Bag‘doddan keyin Ozarbayjonga keldim va o‘sha yerda bir qancha vaqt turib qoldim. Shu asnoda Qaysarning
Halab, Hums va Diyorbakr
164
viloyatlariga lashkar favjlarini yuborgani va mendan qochib uning panohiga kirgan Krra
Yusuf esa qaroqchilar boshlig‘iga aylanib, ayniqsa, ikki muqaddas shahar
165
ziyoratiga qatnovchilarning karvonlariga
ko‘p zarar keltirayotganligi xabari qulog‘imga chalindi. Buning ustiga o‘sha taraflardan bir jamoat kishilar kelib, ular
ham Qora Yusufning jabr-zulmidan arz qildilar. Shuning uchun uning jazosini berib, qaysarning ko‘zini g‘aflat
uyqusidan ochib qo‘yishim lozim ko‘rindi. Bu xususda maslahatni shundan topdimki, har bir shahar va qabiladan
lashkar to‘plab, qaysarning ustiga yopirilib borgayman. Lashkarlar jam bo‘lgandan keyin hijriy 804 yilning rajab
oyida (milodiy 1402 yil fevralida) Ozarbayjondan chiqib, unga qarshi jang qilish uchun yo‘lga tushdim. O‘zimdan
ilgari lashkarimdan bir necha favjini Rum mamlakati ustiga to‘satdan bosqin qilishga tayin etdim. Yana bir necha
favjga esa yo‘limizdagi to‘xtash manzillarini ko‘zdan kechirib, oziq-ovqatni hozirlab turishni buyurdim. O‘zim
Ankuriya
166
yo‘li bilan yurish qildim. qaysar to‘rt yuz ming otliq va piyoda askari bilan menga qarshi yuzlandi.
Urushni boshladim va uni yengdim
167
. Qaysarni lashkarboshilarimdan biri qo‘lga tushirib, huzurimga keltirdi.
Etti yillik yurishdan so‘ng zafar va nusrat bilan Samarqandga qaytdim
168
.
Do'stlaringiz bilan baham: |