Ya’ni, shu yo’llar bilan milliy rahbarlarimiz Markazning Turkistоndagi bоshqaruv faоliyatini cheklashga harakat qilganlar. Ular Turkistоnning Markaziy sоvet оrganlari yetarli darajada mustahkam ekanligiga, uni ajratmasdan - TASSR ga mustaqillik berish yo’li bilan bоshqarish mumkinligini qayta ta`kidladilar. Lekin ularning imkоniyatlari cheklangan edi. Milliy mustaqillikka bo’lgan har qanday qadam o’sha davrda "panturkizm" va "panislоmizm" deb bahоlanar edi. - Ya’ni, shu yo’llar bilan milliy rahbarlarimiz Markazning Turkistоndagi bоshqaruv faоliyatini cheklashga harakat qilganlar. Ular Turkistоnning Markaziy sоvet оrganlari yetarli darajada mustahkam ekanligiga, uni ajratmasdan - TASSR ga mustaqillik berish yo’li bilan bоshqarish mumkinligini qayta ta`kidladilar. Lekin ularning imkоniyatlari cheklangan edi. Milliy mustaqillikka bo’lgan har qanday qadam o’sha davrda "panturkizm" va "panislоmizm" deb bahоlanar edi.
- Hоkimiyat tarkibidagi milliy etakchilarning keskin talablari va vatanparvarlik chikishlari Markazning keskin nоrоziligiga sabab bo’lib. Ularni siyosiy jihatdan yakkalab ko’yish maqsadida, Markaz ularga karshi quvg’inni kuchaytirdi. 1920-yil 25-sentabrda Rоssiya Kоmmunistik Partiyasi (bоlsheviklar) Markaziy Қumintasi Tashkiliy byurosining qarоri bilan "qo’pоl xatоlari uchun" TKP MQ kоtibi Nazir Turaqulоv, Turkistоn Avtоnоm Respublikasi XKK raisi Qayg’usiz Оtabоev va TASSR MIQ raisi Abdulla Rahimbоevlar egallab turgan lavоzimlaridan оzоd qilindilar.
Davlat tuzilshi davlat shaklining muhim br turidir. Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadlar bilan belgilanadi. Davlat tuzilishiga uch narsa: birinchidan, muayyan davrda jamiyat va davlat oldida turgan iqtisodiy vazifalar va siyosiy maqsadlardir:
Ikkinchidan, davlatdagi millatlarning soni va o’zaro munosabatlari:
Uchinchidan, davlat hududining katta yoki kichikligi ta`sir etadi.
Davlat tuzilishi-davlatning ma`muriy-hududiy tuzilishi, uning bo’laklari, markaziy organlari, bu organlarning joylardagi mahalliy organlar blan o’zaro aloqalarining xususiyatlaridan iborat.
Milliy-davlat tuzilishi-davlatning tuzilishi, uning ma`muriy-hududiy bo’linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, davlat va uning tarkibiy qismlarining huquqiy holati, ularning vakolatlaridan iborat.
Har kanday davlat muayyan cheklangan hududda joylashadi. O’z hududini qo’riqlash uchun chegaralar o’rnatadi.
Shu hududda uning fuqarolari istiqomat qiladi. Fuqarolar sonining ortib borishi va yer maydonining kengayishi natijasida davlat o’z hududini muayyan hududiy qismlarga bo’ladi. Ular okruglar, viloyatlar, o’lkalar, shtatlar, kantonlar, gubernyalar uyezdlar va hokazolar deb nomlanshi mumkin. Shu hududlarda mahalliy-hududiy hokimiyat idoralari tashkil etiladi. Natijada davlat hokimiyati va boshqalarning markaziy va mahalliy idoralari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash ehtiyoji tug’iladi. Bu davlat tuzilishining zarurligini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir.
Ikkinchi sabab u yoki bu davlat aholisining ko’p millatliligidir. Har bir xalq, millat o’z an`analariga, davlatchilik tarixiy tajribasiga, madaniy, til va boshqa ma`naviy ehtiyojlarga ega. Shu kabi omillarni ham davlat tizimida nazarda tutish lozim buladi.
Uchinchi sabab, sub`yektiv va hatto, tasodifiy omillarga bog’liqdir. Bunday omillar mustamlakachilik ta`siri, siyosiy manfaatlar va ko’pincha boshqa holatlardan iborat bo’lishi mumkin.
Davlat tuzilishi oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo’lishi mumkin. Davlat tuzilishi shakli bevosita rasmiy hokimiyat bilangina emas, balki davlatning yana bir muhim xususiyati bo’lmish aholining hududiy uyushishi bilan ham bog’liqdir.
Davlat o’z ichki tuzilishiga, uning ayrim qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga, davlat hududi ayrim qismlarining huquqiy mavqeiga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Unitar davlat ayrim davlatlardan iborat emas, u yaxlit bo’lib, ma`muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, gubernyalar, grafliklar va shu singarilarga) bo’linadi.
Federativ davlatlar o’zlarining qonun chiqaruvchi organlariga, o’z hukumatlariga va sud organlariga ega bo’lgan bir necha davlatlardan tarkib topadi.
Davlatning bir qadar sustroq ittifoqi Konfederatsiyadir. U muayyan maqsadlarga-mudofaa uchun, umumiy xo’jalik muamolarini hal qilish va hokazolar uchun tuziladi.
Shunday qilib, davlat tuzilishi shakli deganda, davlat hokimiyatining ma`muriy-hududy uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan hududlarning, ayrim qismlarining, markaziy va mahalliy idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi.
Unitar (fransuzcha «unitaire»-«yagona» degani) davlat-oddiy va yaxlit davlatdir. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma`muriy-hududiy bo’linishiga ega. Birok ushbu hududiy qismlar davlat mustaqilligi alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy davlat idoralari va qonunchilikning yagona tizimi mavjud bo’ladi.
Hozirgi zamonda aksariyat ko’pchilik davlatlar tuzilishi bo’yicha unitar davlatlaridir. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar bo’lmaydi. Unitar davlatlar ichidagi ma`muriy-hududiy bo’linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyatining kuchi davlatning butun hududiga o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Shunday qilib, unitar davlat-shu davlatning ma`muriy-hududiy qismlar (viloyatlar, tumanlar, grafliklar, gubernyalar va shu kabilarga bo’linib, yagona tizimdagi hokimiyat va boshqaruv organlariga, Konstitutsiyaga fuqarolikka, muayyan hududga, davlat chegarasiga va o’z qonunchiligiga ega bo’lgan davlatdir.)
Federativ davlat (lotincha «feodus»-«ittifoq» degani)-murakkab davlat bo’lib, uning sub`yektlari davlat mustaqilligiga ega bo’ladi.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyot, yangi iqtisodiy muammolar va boshqa omillarning paydo bo’lishi natijasida yaqinlashuv (integratsiya) jarayonlari boshlanadi. Bular esa murakkab davlatlarning barpo etlishiga olib keladi.
Ittifoq federatsiyasining hududi undagi sub`yektlar hududlari majmuidan iborat. Har bir federatsiya o’z sub`yektlarining fuqarolari majmuidan iborat. Har bir federatsiya sub`yektlarining fuqarolari ayni paytda butun mamlakatning ham fuqarolari hisoblanadilar.
Bunday davlat yagona federal qurolli kuchlar, moliya, soliq va pul tizimlariga ega bo’ladi. Federal idoralar yagona tashqi siyosatni amalga oshiradilar. Federatsiya sub`yektlari ham o’zlarining qo’shinlariga ega bo’lishi mumkin.
Federal davlatda davlat hokimiyatining umumfederal (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud ) idoralari mavjud bo’lib, ularning qarorlari federatsiya sub`yektlari uchun uning vakolati doirasida majburiydir. Oliy federal idoralar qatorida federatsiya a`zolarining, sub`yektlarining ham oliy davlat idoralari mavjud bo’ladi. Federatsiyada davlat apparati ikki darajada bo’ladi: birinchisi, federal (ittifoq) davlat organlari; ikkinchisi, shtat, kanton, o’lka kabi davlat organlari.
Federatsiyaning o’ziga xos belgilaridan biri ikki fuqarolik bo’lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o’zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya sub`yekti fuqarosi ekanligini bildiradi.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston” , 2003.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. T.: “O’zbekiston” , 1996.
3. Karimov I.A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O’zbekiston” , 1996 .
- Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.: “O’zbekiston” , 1996.
- Qayumov R. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T.: “Adolat” ,1998 .
- U. Tadjixanov, X. Odilqoriev, A. Saidov. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T.: “Sharq” ,2001.
- www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |